Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari
Kengaygan birikma – yaxlit holda bitta murakkab bo‘lak o‘lib keladi
Download 119 Kb.
|
MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Payt holi
Kengaygan birikma – yaxlit holda bitta murakkab bo‘lak o‘lib keladi.
Durdona qozon-tovoqlarni yuvib (murakkab payt holi), idishlarni javonga tergach (murakkab payt holi), «Alisher Navoiy» videofilmini tomosha qilish uchun (murakkab maqsad holi) televizorni yoqdi. Sevaraxon (ega) choyni keltirib (murakkab payt holi), dasturxon yozgach (murakkab payt holi), shirinliklarni olish uchun (murakkab maqsad holi) javon oldiga bordi. (kesim) —3 ta kengaygan birikma bor. O‘ng qo‘lni ko‘krakka qo‘yib (murakkab ravish holi), boshni sal egib (murakkab ravish holi), lablarda mayin tabassum bilan (murakkab ravish holi) salom bering. Payt holi – ish-harakat yoki holatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? qay vaqt? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Payt holi ko‘pincha ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan ifodalanadi. Bundan besh yil ilgari, o‘sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi so‘z birikmalari ham birgina payt holi sanaladi. Tunda sovuq, ertalab tuman, tushda issiq, namozgar yomg‘ir, hozir yulduzlar charaqlab turgan oydin kecha. Hozir maktab o‘quvchisiman, kelasi yil talaba bo‘laman. O‘rin holi – makon-zamon (jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish) kelishiklaridagi so‘zlar yoki ko‘makchili otlar va o‘rin ravishlari bilan ifodalanadi. O‘rin holi o‘zi ergashgan so‘zga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo‘lsin. Bunda bor harorat, muhabbat. Bunda qurtlar ipak to‘qiydi. Uy ichida odam ko‘p edi. Ravish holi – ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qanday ahvolda? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Ravish holi ravish, fe'l va ko‘makchili otlar bilan ifodalanadi. Ravish holi kesimga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi, ko‘pincha o‘zi ergashgan so‘zdan oldin keladi. Bola epchillik bilan turdi, qisqa va lo‘nda javob berdi. Mardlarcha kurashdi. Botirlarcha harakat qildi. Senday yashayman. Bolalarday gerdaymayman. Pastkashlardek yalinmayman. Yig‘lab-yig‘lab marza olsang, o‘ynab-o‘ynab sug‘orasan. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling