Mustaqil yechish uchun masalalar: 1
Download 340.28 Kb. Pdf ko'rish
|
2.Mexanik tebranishlar.Matematik va prujinali mayatniklar.Garmonik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil yechish uchun masalalar: 1.
Mavzu: Mexanik tebranishlar Matematik va prujinali mayatniklar. Garmonik tebranishlar. Mexanik to’lqinlar. Asosiy formulalar: Mustaqil yechish uchun masalalar: 1.Agar 1 min.da 150 tebranish bo‘lib, tebranishlarning boshlang‘ich fazasi 45 0 ga teng va amplitudasi 5 sm bo‘lgan garmonik tebranma harakat tenglamasini yozing. Shu harakat grafigini chizing. 2. Amplitudasi 0,1 m, davri 4 sek. va boshlang‘ich fazasi nolga teng bo‘lgan garmonik tebranma harakat tenglamasini yozing. 3.Garmonik tebranishlar amplitudasi 50 mm, davri 4 sek. va boshlang‘ich fazasi π/4. 1) Mazkur tebranishning tenglamasini yozing. 2) t=0 va t=1,5sek bo‘ganda tebranayotgan nuqtaning muvozanat vaziyatdan siljishini toping. 3) Bu harakat grafigini chizing. 4. Tebranishlarning boshlang‘ish fazasi: π/4 bo‘lgan garmonik tebranma harakat tenglamasini yozing. Tebranishlar amplitudasi 5 sm va tebranishlar davri 8 sek. Bu hollarning hammasi uchun tebranishlar grafigini chizing. 5. Garmonik tebranayotgan nuqta harakat boshlanishidan qancha vaqt o‘tgach muvozanat vaziyatdan yarim amplitudaga teng siljiydi? Tebranish davri 24 sek, boshlang‘ich faza nolga teng. 6. Garmonik tebranishlarning bosglang‘ich fazasi nolga teng. Davrning qanday qismini o‘tgach nuqtaning tezligi maksimal tezligining yarmiga teng bo‘ladi? 7. x=7sin0,5t tenglama bo‘yicha tebranma harakat qilinayotgan nuqta harakat boshlanganidan qancha vaqt o‘tgach muvozanat vaziyatdan maksimal siljishga qadar yo‘lni o‘tadi. 8.Garmonik tebranish amplitudasi 5 sm, davri 4 sekundga teng. Tebranayotgan nuqtaning maksimal tezligini toping. 9. Nuqtaning harakat tenglamasi x=2sin(πt/2+ π/4) sm ko‘rinishda berilgan. 1) Tebranishlar davrini, 2) nuqtaning maksimal tezligini, 3) uning maksimal tezlanishini toping. 10. Nuqta garmonik tebranadi. Tebranishlar davri 2 sek, amplitudasi 50 mm, boshlang‘ich fazasi nolga teng. Nuqtaning muvozanat vaziyatidan 25mm ga siljigan paytdagi tezligini toping. 11.Garmonik tebranishlarning bosglang‘ich fazasi nolga teng. Nuqta muvozanat vaziyatidan 2,4 sm siljiganda nuqtaning tezligi 3 sm/sek bo‘ladi, 2,8 sm ga siljiganida esa tezligi 2 sm/sek bo‘ladi. Shu tebranishlar amplitudasi va davrini toping. 12.Nuqta bir vaqtda ikki x=2sinωt m va y=2cosωt m o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan tebranishlarda qatnashadi. Nuqtaning harakati traektoriyasini toping 13.Matematik mayatnikning so‘nish logarifmik dekrementi 0,2 ga teng. Mayatnikning bir marta to‘la tebranishida amplitudasi necha marta kamayishini toping. 14. 1 minutda tebranish amplitudasi ikki marta kamaysa, matematik mayatnikning so‘nish logarifmik dekrementi qanchaga teng bo‘ladi? Mayatnikning uzunligi 1m. 15. 1 minutda matematik mayatnikning so‘nuvchi tebranishi amplitudasi ikki marta kamaygan. 3 minda u necha marta kamayadi? 16. 100 g massali jism 1 sm amplituda va 10 Hz chastota bilan garmonik tebranmoqda. Jismga ta’sir qilayotgan kuchning maksimal qiymati qanday (N)? π 2 =10 deb hisoblang. 17. Mexanik tebranishlar x=0,3cos(16πt+π/2) qonuniyat bo‘yicha ro‘y beradi. Tebranishlar davrini (s) toping. 18. Bikrligi 100 N/m bo‘lgan prujinali mayatnikning tebranish qonuni x=0,01cos5t (m) ko‘rinishga ega. Mayatnikning maksimal kinetik energiyasi qanday (mJ)? 19. m=0,3 kg massali yuk bikrligi k=60 N/m bo‘lgan prujinada A=4 sm amplituda bilan tebranmoqda. Yukning muvozanat vaziyatidan o‘tishdagi tezligini (m/s) aniqlang. 20. Bikrligi 0,4 kN/m bo‘lgan prujinaga mahkamlangan 640 g massali yuk muvozanat vaziyatidan 1 m/s tezlik bilan o‘tishi uchun uni muvozanat vaziyatidan qanday masofaga (sm) chetlatish kerak? Download 340.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling