Mustaqillik darsi: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston! Mavzu
Download 488.5 Kb.
|
2 5453952272226582672
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatan bu – ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar, nozu- ne’matlar.
- III. “Zakovat” o’yini
- IV. Donishmandlik sahifasi
II. Aqliy hujum: Bolalar, siz Vatan deganda nimani tushunasiz? Vatan bu – kindik qonimiz to’kilgan tuproq; Vatan bu – beshigimiz, ko’chayu-mahallamiz, uyimiz, turar joyimiz; Vatan bu – muqaddas ona tilimiz; Vatan bu – buyuk millatimiz; Vatan bu – ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar, nozu- ne’matlar. “1991 yil 1 sentabr O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kun. Endi u o’z bayrog’i, gerbi, milliy valyutasi, Konstitutsiyasi, milliy urf – odatlari, qadriyatlariga ega. O’zbekiston Respublikasini Mustaqil davlat sifatida 120 davlat tan oldi. Mana yigirma olti yildirki, shu mustaqillikni mustahkamlash uchun barcha sohalarda qizg’in ishlar olib borilmoqda. Istiqlol davrida Vatanimizda juda katta o’zgarishlar ro’y bermoqda.Bizning erksevar, ko’p millatli , mehnatsevar xalqimiz haqiqiy vatanparvar bo’lib, ona yurt ravnaqi, obro’yi uchun hamisha tinmasdan mehnat qilishga harakat qilmoqda. Ilm-fan yo’lida, san’atda, sport madaniyatida, sanoat, qurilish, harbiy, xalqaro sohalarda ham o’zining olamshumul yutuqlarini qo’lga kiritmoqda. Yoshlarimiz jahon arenalarida ko’pdan ko’p yutuqlarni qo’lga kiritmoqdalar. Ularga qarab turib shu aziz Vatanda har bir inson baxtli bo’lsin, baxtimizga hech qachon ko’z tegmasin degimiz keladi. III. “Zakovat” o’yini O’zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan? O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? O’zbekiston Respublikasida qaysi til Davlat tili hisoblanadi? O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi qachon qabul qilingan? O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi nimani anglatadi va qachon tasdiqlangan? O’zbekiston Respublikasi madhiyasi qachon tasdiqlangan? O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qachon tasdiqlangan va u nimani anglatadi? O’zbekiston Respublikasi qanday tabiiy boyliklarga ega? O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1-bo’lib qaysi davlat tan olgan? Qanday unvonlarni bilasiz? IV. Donishmandlik sahifasi Bulbul chamanni sevar,Odam Vatanni. Vatan gadosi – kafan gadosi. Vataning tinch – sen tinch. Eli baquvvatning – beli baquvvat. Vatan taqdiri har bir kishining taqdiridir. Vatanparvarlik bobolardan qolgan meros. Ona yurt – oltin beshik. O’z diyorini gullatganni baxti gullaydi. Har bir nihol o’ziga xos tuproqda ildiz otadi. Vatan uchun qurbon bo’lganlarning hoki muqaddasdir. O’z uyim – o’lan to’shagim Vatanim Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zim xoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, Vatanim… Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o`zing mehri - Ilig`imsan, Vatanim. Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko`ringan da'vo qilgan, Ming bir yog`i ochilmagan Qo`rig`imsan, Vatanim. Sen Ho`jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig`i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko`rgan cho`pon Yoningda qon yig`lagan bir Shoiringga qarab qo`y, Gar Qo`qonga yo`ling tushsa, Detdomlarni so`rab qo`y. Hech bo`lmasa Usmon hokin Keltirmoqqa yarab qo`y, Olislarda qurib qolgan Qudug`imsan, Vatanim… Tegib turgan chinorim, Ota desam, O`glim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo`ynimdagi iftixorim, Bo`ynimdagi tumorim, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, VATANIM ! Cho`lig`imsan, Vatanim. Download 488.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling