Mustaqillik me'yoriy huquqiy asoslarining yaratilishi


Mustaqillik deklaratsiyasining qabulqilinishi


Download 81.21 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi81.21 Kb.
#1444412
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillik

Mustaqillik deklaratsiyasining qabulqilinishi

  • O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi huquqiy demokratik davlat barpo etish borasida qat’iy qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Endilikda Moskva tomonidan qabul qilingan barcha qarorlar respublika hududida qonuniy kuchga kirmog‘i uchun O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim edi. 
  • Shu bilan birga, “davlat suvereniteti”, “davlat chegarasi” kabi atamalar joriy etilib, ularning daxlsizligi e’lon qilindi.
  • Bu hali to‘liq davlat mustaqilligini anglatmas edi, ammo O‘zbekiston yillar mobaynida yig‘ilgan iqtisodiy-siyosiy muammolarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analari, e’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari, umuminsoniy qadriyatlar hamda demokratik tamoyillar asosida nisbatan mustaqil holda hal etishga kirishmog‘i mumkin edi.
  • Mustaqillik deklaratsiyasi asosida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kabi fundamental ahamiyatga ega huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 

Mustaqillik deklaratsiyasining qabulqilinishi

  • O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.
  • O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi Respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
  • O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas.
  • O‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.

Download 81.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling