Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”


O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini ishlab chiqilishi va uni amalga oshirish jarayoni


Download 79.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana04.11.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1747129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
A30RT4Q8EPzjOJCxVy1rc03lPonEPQnW6XRKOKvw

O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini ishlab chiqilishi va uni amalga oshirish jarayoni
O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish strategiyasi o'ziga xos tarixiy rivojlanish sharoitlari va mamlakatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy muhitni e'tiborga olgan holda ishlab chiqildi. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab sobiq
totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan o'tkir muammolarni bartaraf etishga kirishildi. O'tmishdan quyidagi
muammolar qolgan edi: bir tomonlama iqtisodiyot; ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, baholarni belgilash,
boy tabiiy va mineral-xomashyoviy resurslardan foydalanish tuzilmalarining mustamlakachilik siyosati ostida
qolganligi. Ana shunday sharoitlarda ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga o'tish,
jahon iqtisodiy integratsiyasiga kirish konsepsiyalarini ishlab chiqishga kirishilgan edi.
Prezident I .A. Karimov tarixiy shart-sharoitlar va bozor iqtisodiyotiga o'tish zaruratidan kelib chiqib 1992-
yilning 2-iyulida quyidagi vazifani qo'ygan edi: «O’zbekistonning yo'li shuki, biz tinchlik va osoyishtalikni saqlab,
bozor iqtisodiyotini shoshmasdan, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratib
berib, ana undan keyin amalga oshirishga bel bog'ladik»sl.
Prezident I.A.Karimov 1992-yilda o'zining «O’zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asarida bozor
iqtisodiyotiga o'tishning iqtisodiy sohadagi dolzart) vazifalari sifatida quyidagilarni ilgari surdi:
- milliy boylikning ko'payishini, respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish
sharoitlarini ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish;
- ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma- bosqich shakllantirish, tashabbuskorlik va
ishbilarmonlikni butun choralar bilan rivojlantirish, tadbirkorlikka erkinlik berish, tajribalar va iqtisodiy yangiliklarni
rag'batlantirish, iqtisodiy omillar vositasini ishga solish, tayyorga ayyorlikni batamom tugatish;
- mulk egalari huquqlarining davlat yo'li bilan himoya qilinishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakli —
shirkat, davlat, xususiy hamda boshqa mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirish. Shu asosda
insonning mulkdan bego- nalashtirilganiga barham berish;


- iqtisodiyotni o'ta markazlashtirmaslik hamda yakkahokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning
mustaqilligini kengaytirish. Davlatning xo'jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechish. Buyruqbozlik bilan
o'z hukmini o'tkazib, tazyiq qilish, hamma narsani to'ralarcha belgilab, cheklab qo'yish kabi o'zini oqlamagan eski
usullarni qat'iyan tugatish. Iqtisodiy vositalar ustun mavqeni egallaydi.
O'zbekistonda markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiga o'tish
konsepsiyasi v; prinsiplari I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Ayniqsa u ishlab chiqqan «O’zbek modeli»ning
besh tamoyili bozo; iqtisodiyotiga o'tishning zamonaviy va milliy qirralarini o'zida ifoda etdi. Bu beshta asosiy
qoidalarning mohiyati quyidagicha ifodalandi:

Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling