Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”


O'tish davri iqtisodiyotining tabiiy-evolutsiyaviy turi


Download 79.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana04.11.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1747129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
A30RT4Q8EPzjOJCxVy1rc03lPonEPQnW6XRKOKvw

3.O'tish davri iqtisodiyotining tabiiy-evolutsiyaviy turi. U o'tish davri jarayonlarining xarakteri bo'yicha (ayniqsa, global
o'tish jarayonlari uchun) ajralib turadi. Lekin, lokal o'tish davri iqtisodiyoti ham evolutsiyaviy qonuniyatlar ta'siri ostida
shakllanadi. Shuning uchun o'tish davri iqtisodiyotining bu turi asosiy tur hisoblanadi. Evolutsiyaning borishida — tarixiy
taraqqiyotning bir pog'onasidan ikkinchisiga o'tishida u asos bo'lib xizmat qiladi.
4. O'tish davri iqtisodiyotining islohotchilik-evolutsiyaviy turi. U ham o'tish jarayonlari xarakteri bo'yicha ajralib turadi
va jamiyatni isloh etish uchun ishlab chiqilgan dastur asosida ongli ravishda muvofiqlashtirish asosida kechadi. Bu jarayonda
evolutsiyaning borish qonuniyatlari saqlanib qoladi. Lekin, bunda evolutsiya zo'rlik bilan emas, balki islohotchilik o'zgartirishlar
uchun ishlab chiqilgan qonunlarga muvofiq tezlashtiriladi. O'tish jarayonining bu turida evolutsiyaning sotsiomadaniy omillari
muhim ahamiyat kasb etadi. Unga misol tariqasida qator industrial mamlakatlarda amalga oshirilgan texnotron turga mansub
bo'lgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning zamonaviy dasturlarini keltirish mumkin.


O'tish davri iqtisodiyotini o'z boshidan kechirayotgan mamlakatlardagi islohotlarning borishi va ularning
natijalarini qanday bo'lishi dastlabki boshlang'ich shart-sharoitlarning qanday bo'lishiga bog'liqdir.
O'zgarishlarning 
muvafaqqiyatli kechishida 
quyidagi boshlang'ich shart-
sharoitlar muhim o'rin tutadi:
xususiy sektorning 
iqtisodiyotdagi ulushi
ma'muriy-buyruqbozlik 
tizimi mavjudligining 
davomliligi
tuzilmaviy 
nomutanosibliklarning hajmi, 
xalq xo'jaligini militarlashish 
darajasi
aholining mehnat etikasi va 
ustunlik qiladigan xo'jalik 
yuritish mentaliteti
ichki va tashqi makroiqtisodiy 
muvozanat darajasi (xususan, 
inflatsiya va tashqi qarzlar hajmi va 
boshq.)
jamiyat va iqtisodiyotning bozor 
tizimidagi mamlakatlarga 
nisbatan ochiqligi



Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling