Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”
Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va
Download 79.05 Kb. Pdf ko'rish
|
A30RT4Q8EPzjOJCxVy1rc03lPonEPQnW6XRKOKvw
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Totalitarizm virusi»
Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va
«O’zbek modeli»ni ishlab chiqishning zarurati O'zbekistonning uzoq davr sho'rolar mamlakati tarkibida rivojlanishi, kommunistik partiya siyosati tufayli milliy o'zlik, milliy qadriyatlar va madaniyatning inqirozga uchrashi, sobiq totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan rejali iqtisodiyot, mam- lakatning inqirozlar arafasiga kelib qolganligi rivojlanishning faqat va faqat O'zbekistonga xos bo'lgan modelini ishlab chiqish va qo'llash zaruratini keltirib chiqargan edi. O'zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakka hokim mafkura zulmi ostida yashadi. Kommunistik mafkura o'z tabiatiga binoan totalitar ruhdagi mafkura bo'lib, u asosan hayotning barcha jabhalarini egallashga, har bir insonning shaxsiy hayotini ham butunlay nazorat qilishga da'vogar edi. Totalitar mafkura o'z tabiati va xarakteridan kelib chiqib «buyuk kelajak» uchun o'tmishni ham, boshqa har qanday mafkuralarni ham inkor etgan edi. Jamiyatning barcha sohasidagi hokimiyat butunlay partiyaga tegishli bo'lib, kommunistik partiya bilan davlat apparati bir-biri bilan chirmashib va qo'shilib ketgan edi. Shuningdek, jamiyatning davlatlashtirish darajasi ham o'zining eng yuksak cho'qqisiga chiqib, davlatdan mustaqil bo'lgan ijtimoiy hayot va jamiyatning demokratik institutlari butunlay yo'q qilindi: kommunistik partiyadan boshqa barcha partiyalar tor-mor qilindi, barcha jamoat tashkilotlari va nodavlat birliklar hukmron partiyaga bo'ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi o'rni pasayib, kommunistik partiya qonun bilan cheklanmagan va qonunga bo'ysunmagan cheksiz vakolatlarga ega bo'ldi. Kommunistik partiya apparati iqtisodiyotning barcha sohalarini monopoliya qilib olgan holda ma'muriy- buyruqbozlik usulida rahbarlik qila boshladi. Kommunistik partiya shaxs hayoti, oila, din, san'at, fan, madaniy an'analar kabi ijtimoiy hayot sohalarini ham o'z nazorati ostiga olib, bu sohalardagi qadriyat va me'yorlarni belgilab berishga ham da'vogarlik qila boshladi. Jamiyat a'zolarining erkin fikrlash, mehnat qilish va o'z shaxsini intellektual va ma'naviy jihatlardan yuksaltirish, yaratuvchilik ijodiy qobiliyatini takomillashtirish kabi sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari totalitar rejim tomonidan siqib qo'yilganligi uchun ham sobiq sho'ro jamiyati o'zini o'zi rivojlantirish va yangilash imkoniyatlaridan deyarli mahrum bo'lgan edi. Shuning uchun ham bu jamiyat tez o'zgarayotgan dunyoga nisbatan moslasha olmadi. Kommunistik partiya va davlatning ishlab chiqarish va moddiy-ma'naviy boyliklarni taqsimlashdagi o'rnining beqiyosligi, ularning xususiy mulkchilik va bozor raqobatchiligini ta'qiqlash siyosati, shuningdek, ortiqcha ijtimoiy differensiatsiyaga yo'l qo'ymasligi oqibatlarida jamiyat va davlat rivojlanishidagi barcha maqsadlar majburlash vositalarida amalga oshirila boshlandi. Boshqacha aytganda, boshqaruv noiqtisodiy usullarda, ya'ni iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini hech bir hisobga olmagan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham jamiyatda demokratiya unsurlarining shunchaki yashashi uchun biron-bir imkoniyat ham yo'q edi. Davlat hokimiyatining barcha jabhasi faqat kommunistik partiyaga tegishli edi. Bu holatni taniqli siyosatshunos Xanna Arendt o'zining «Totalitarizm virusi» nomli asarida quyidagicha ifodalaydi: «Partiya doimo Download 79.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling