Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”


Download 79.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana04.11.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1747129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
A30RT4Q8EPzjOJCxVy1rc03lPonEPQnW6XRKOKvw



2.mavzu: MUSTAQILLIK VA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHNING 
“O'ZBEK MODELI”.
O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT 
QURISHDA O'TISH DAVRI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI.
1.«Model» tushunchasi va zamonaviy modellarning qisqacha tasnifi.
2.Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va
«O’zbek modeli»
ni ishlab
chiqishning zarurati.
3.Bozor iqtisodiyotiga o'tish tushunchasi.
4.Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari: umumiylik va o'ziga xoslilik.
5.O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini ishlab chiqilishi va uni amalga 
oshirish jarayoni.
Reja:


«Model» tushunchasi va zamonaviy modellarning qisqacha tasnifi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar natijasida
rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi. «Model» tushunchasining talqinlari turlicha bo'lib, ular
ba'zan umumiylik jihatlariga ega bo'lsada, ko'pincha bir-biriga unchalik mos kelmaydi. Ba'zi olimlar
modelni «davlat tuzumi» desa, boshqalari «ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» deb talqin etadi. Yana ba'zilari esa
uni «ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo'li shaklining chizgilari (ko'rinishi)», deb talqin etadi. Ba'zi o'zbek
olimlarining fikricha, model – «iqtisodiy bazisning asosi bo'lgan huquqiy, ma'muriy, xo'jalik (bank, kredit,
soliq va boshqa) mexanizmlar yordamida muvofiqlashadigan o'zaro iqtisodiy munosabatlarning keng
ko'lamli tizimidir». Shuningdek, model ko'pincha «rivojlanish modeli» yoki «iqtisodiy rivojlanish modeli»
tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Aksariyat olimlarning fikricha, model «jamiyatda amal
qilayotgan mulkiy munosabatlar va tashkiliy shakllar asosida ro'y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlaryig'indisi
mazkur jamiyatning iqtisodiy modelini tashkil etadi». Model mohiyatini tushunish asosida jamiyatning xo'jalik
hayotining ko'plab qonuniyatlarini anglab yetish mumkin.
Keyingi o'n yilliklarda bozor, buyruqbozlik va aralash modellarni bir-biridan ajratib ko'rsatish rusumga kirdi.
Aksariyat mamlakatlar intilayotgan model – bu bozor iqtisodiyoti modelidir.
Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti tarmoqlanib ketgan biznes huquqiy me'yorlari muhitida bir-biriga o'zaro ta'sir
etuvchi, turli-tuman ishlab chiqaruvchi, tijoriy, moliyaviy va axborot kabi ko'plab tuzilmalaridan iborat – bozor
deyiladigan yagona tushunchada o'z ifodasini topadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: xo'jalik faoliyatining erkinligi; bozor
subyektlarining teng huquqli bo'lishi; iqtisodiy mas'uliyat va tadbirkorlar tavakkal qilishga moyilligi; iqtisodiy
raqobat; mollarga baho belgilash erkinligi; moliyaviy ko'rsatkichlarning yetakchilik roli; bozorning barchaga
taalluqli bo'lishi; bozorning ochiqligi; davlat tomonidan muvofiqlashuvi; aholini ijtimoiy himoyalash.



Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling