Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”


O'tish davri iqtisodiyoti o'zining quyidagi


Download 79.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana04.11.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1747129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
A30RT4Q8EPzjOJCxVy1rc03lPonEPQnW6XRKOKvw

O'tish davri iqtisodiyoti o'zining quyidagi 
asosiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
o'tish davrida 
iqtisodiyotning 
o'zgarib turishi,
uning beqarorligi
o'tish davri 
iqtisodiyotining 
muqobillik 
xarakteri
alohida o'tish davri 
iqtisodiyoti shakllari 
vujudga keladi va 
unga amal qilina 
boshlaydi.
o'tish davri 
iqtisodiyotidagi 
ziddiyatlar alohida 
xarakter kasb etadi
o'tish davri 
iqtisodiyotining 
tarixiyligi


Tarixda o'tish davri iqtisodiyotining har xil turlari bo'lganligini bilamiz. Ular o'tish jarayonlari xarakteri va miqyosi bo'yicha
bir-birlaridan ancha farqlanadi:
1.O'tish davri iqtisodiyotining lokal turi. U qandaydir mintaqa yoki alohida mamlakatning o'tish holati miqyosini
xarakterlaydi. Lokal tur asosida har bir iqtisodiyot rivojlanishining o'ziga xos jihatlari, turli mamlakatlar va mintaqalar
rivojlanishining notekisligi yotadi. Lokal o'tish davri iqtisodiyotida o'tish jarayonlaridagi umumiylik va alohidalik birligi
mujassamlashadi. Angliya, Fransiya va Germaniya mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti turli shakllarda va o'ziga xos jihatlar asosida
shakllandi. O'tish davri iqtisodiyoti turlarini miqybslari bo'yicha tasniflashtirishda lokal o'tish davri iqtisodiyoti uning boshlang'ich
turi sifatida tahlil etiladi.
2.O'tish davri iqtisodiyotining global turi. U o'zida o'z- garishlarning yagona jarayonini, yoki butun dunyo xo'jaligi
miqyosini, yoki sivilizatsiya doirasidagi (Sharq, G'arb) o'z- garishlarni ifodalaydi. Lokal darajadagi o'zgarishlar megaiqtisodiy
o'tish jarayonlarini rivojlanishiga ta'sir qiladi. Bu jarayonda paydo bo'lgan moyilliklar mintaqalardagi jarayonlarga teskari ta'sir
ko'rsatadi. Makroiqtisodiy jarayonlar mustaqil omillar ta'sirida rivojlanadi: xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi,
transnatsiona! korporatsiyalarni paydo bo'lishi, millatlararo ishlab chiqarish va o'zaro almashuvlar.

Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling