Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”
Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari: umumiylik va o'ziga xoslik
Download 79.05 Kb. Pdf ko'rish
|
A30RT4Q8EPzjOJCxVy1rc03lPonEPQnW6XRKOKvw
Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari: umumiylik va o'ziga xoslik
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida bir-birlaridan farqlanadigan uchta mamlakatlar guruhlari shakllandi. Birinchi guruhga bozor tizimiga o'tishi ko'proq sezilayotgan mamlakatlar kiradi. Ular Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Boltiq bo'yi mamlakatlaridan iboratdir. Ularning bozor iqtisodiyotiga o'tishi nisbatan ko'proq sezilayotganligiga qator omillar sabab bo'lmoqda: ma'muriy-buyruqbozlik tizimi davrida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllanganligi, G'arbiy Yevropa bilan yaqin aloqalari, tarixan yaqin turishi, xalq xo'jaligini nisbatan muvozanatlashganligi yoki nomutanosibliklarning nisbatan kamligi, bozor tizimiga o'tish zaruriyati masalasida aholining barcha qatlamlari o'rtasida o'zaro konsensusning mavjudligi. Ikkinchi guruhga bozor iqtisodiyotiga o'tish qator mashaqqatli qiyinchiliklar bilan kechayotgan, bu jarayon birinchi guruh mamlakatlarga nisbatan sekinroq amalga oshayotgan mamlakatlar — Rossiya, aksariyat MDH mamlakatlari, Bolgariya, Ruminiya, Albaniya, Mo'g'iliston kabilar kiradi. Bu mamlakatlar bozor iqtisodiyotining barqaror an'analariga ega bo'lmaganligi, ma'muriy- buyruqbozlik tizimini shakllanishi an'anaviy tizimlar asosida kechganligi bilan ajralib turadi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot tuzilmalaridagi nomutanosibliklar, kuchli baravarlashtirishga moyilliklar, bozor iqtisodiyotiga o'tish masalasida jamiyatda konsensusning kamligi, rivojlangan mamlakatlardan nisbatan ajralib turishi, harbiy mojarolar xavfining ko'pligi kabi omillar ularni bozor iqtisodiyotiga o'tishini qiyinlashtirmoqda. Uchinchi guruhga Sharqiy Osiyo (Xitoy va Vyetnam) mamlakatlari kirib, ulaiga ma'muriy-buyruqbozlik tizimi hukmronligi qisqa davrda kechganligi, bozor iqtisodiyotiga o'tish an'anaviy patriarxal tizirri asosida boshlanganligi, o'tish boshida sanoatining kam rivojlanganligi, jiddiy nomutanosibliklarni yo'qligi, shuningdek avtoritar siyosiy hokimiyatni saqlab qolganligi, aholi mentaliteti bozor munosabatlarini rivojlanishiga moyilligi kabilar xos edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling