Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”


Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo‘llari


Download 79.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana04.11.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1747129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
A30RT4Q8EPzjOJCxVy1rc03lPonEPQnW6XRKOKvw

Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo‘llari. O'tgan zamonda «jahon sotsialistik tizimiga» kirgan mamlakatlar tajribasi
ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tishning uchta asosiy yo'lini namoyon etdi: birinchi (tarixan
xiyla erta) — bozor insti- tutlarini asta-sekin shakllantiradigan evolutsiyaviy (tadrijiy) yo'l (Xitoy, O'zbekiston,
qandaydir jihatdan Vengriya); ikkinchi - «shok terapiyasi» bo'lib, u yoki bu darajada Rossiyada, markaziy va Sharqiy
Yevropaning ko'pchilik mamlakatlarida (klassik shaklda — Polshada) qo'llandi; uchinchi - inqilobiy yo'l. Bu yo'l XX
asrdan boshlab bir necha mamlakatlarda o'z ifodasini topdi. Lekin, bu yo'lning oxir-oqibati totalitar jamiyat qurish
bo'lganligi uchun o'tish yo'li sifatida o'z ahamiyatini yo'qotib bormoqda.
Bu har ikki yo'lning o'zaro farqlanishi tizimga oid o'z- garishlarni va barqarorlik chora-tadbirlarini amalga
oshirish muddatlarida, xalq xo'jaligini bozor mexanizmlari bilan qamrab olish darajasi, davlatning muvofiqlashtirish
funksiyasi hajmi kabilardagi turli xilliklarda ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishda evolutsiyaviy yoki «shok terapiyasi» nafaqat siyosiy rahbariyat irodasiga, balki
jamiyatdagi muhitda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillarning darajasiga bog'liqligi bilan o'zini
namoyon qildi. Evolutsiyaviy yo'l bir necha avlodlar almashinuvi kechgan qishloq xo'jaligi nisbatan rivojlangan,
xususiy tadbirkorlikka moyil aholisi bo'lgan, og'ir sanoat va harbiy-sanoat majmuasi ulushi unchalik katta boimagan,
siyosiy va xo'jalik yurituvchi elita orasida islohotlar o'tkazishdan manfaatdor bo'lgan mamlakatlar uchun xos bo'ldi.
«Shok terapiyasi» yo'li noilojlik natijasida ko'riladigan chora- tadbirlar oqibatida tanlandi. Ko'pchilik holatlarda
bu yo'l ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan meros bo'lib qolgan og'ir moliyaviy ahvolga barham berish, tuzilmaviy
nomutanosibliklar tufayli keskin tovar defitsitini paydo bo'lganligi bilan ham bog'liq bo'ldi.
Evolutsiyaviy yo'l («gradualizm»). Bozor iqtisodiyotiga o'tishning evolutsiyaviy yo'lini quyidagi umumiy
qirralarini ajratib ko'rsatish mumkin:


Bozor munosabatlari dastlab ishlab chiqarish va iste'mol mollari savdo-sotiq sohalarini qamrab oladi, so'ngra
investitsiya sohalariga tarqaladi.
Baholarni erkinlashtirish (liberallashtirish) islohotlarning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladi, lekin bu
jarayonda ko'pincha yirik monopolistik moyilliklar mavjud bo'lgan sohalarda aholi hayot darajasining tushib
ketmasligi uchun baholar davlat tomonidan nazorat qilib borish taqozo etiladi.
Yuqori inflatsiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida qattiq moliyaviy siyosat olib boriladi.
Bozor infratuzilmalari faol ravishda shakllantiriladi, xususiy tadbirkorlik, xususan mayda ishlab chiqarish va
xizmat ko'rsatish sohalari rag'batlantiriladi.
Qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq iste'mol mollarini ishlab chiqaruvchi sohalarni rivojlantirishga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirish bozor mexanizmlarini yanada rivojlantirishning o'ziga xos eneigiya manbayi bo'lib, uning
natijasida iste'mol bozori toidiriladi, islohotlarni chuqurlashtirishning ijtimoiy jihatlari mustahkamlanadi.
Davlat o'zining uzoq muddatga mo'ljallangan islohotlar strategiyasi asosida bosqichma-bosqich, qadamba-
qadam ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bozor munosabatlariga almashtira boradi. Jumladan, bu kabi jarayon
Vengriyada 1968-yildan 1990- yilgacha davom etdi, O'zbekistonda 1991-yildan, Xitoyda esa 1979-yildan buyon
davom etmoqda.
Islohotlarning boshlanishi iste'mol bozorida o'sishga moyil bo'lgan muvozanatni o'rnatish bilan bog'liq bo'lib,
bunda nafaqat tez moslashuvchan baholar tizimi yordamida, balki xususiy sektorda iste'mol mollarini ishlab
chiqarishni tezlik bilan rivojlantirish
,
ular bilan bozorni to'ldirish, xizmat ko'rsatishni kengaytirish vositasida
o'zgarishlar chuqurlashtirilib boriladi.



Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling