Mustaqillik yillarida barcha sohalar singari O‘zbekistonda qonunchilik sohasida ham ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Xususan qonun ijodkorligi va uni takomillashtirishga qaratilgan mustahkam huquqiy bazaning yaratilishi


-modda. Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi


Download 42.29 Kb.
bet17/21
Sana06.11.2021
Hajmi42.29 Kb.
#170951
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Qonun ijodkorligi

24-modda. Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi

Oldingi tahrirga qarang.

Qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza o‘tkazilayotganda qonun loyihasi normalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.

Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilganidan keyin amalga oshiradi.

(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)


Download 42.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling