Mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisi an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlar


Download 22.26 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi22.26 Kb.
#1498366
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
1 taq

“Xulosa” qismida muallif o‘tkazgan ilmiy tadqiqotning asosiy natijalari sifatida Buxoro vohasi Markaziy Osiyoning qadimiy madaniy maskanlaridan hisoblanib, butun insoniyat sivilizatsiyasiga o‘zining bebaho xazinasi bilan hissa qo‘shganligi,oilaviy marosimlarda vohadagi o‘zbek va tojiklar an’analarining o‘ziga xos xususiyatlari, ulardagi o‘xshash va farqli tomonlar, kundalik hayotiy ehtiyojlari va xo‘jalik mashg‘ulotlari tufayli vujudga kelgani, Buxoro vohasida aholining asosiy qismi qadimdan savdo-sotiq, tijorat bilan ko‘proq shug‘ullangani bois, bu erda nisbatan boy qatlam ko‘proq shakllangan. Bu esa marosimlarda o‘z aksini topgan. Bu yerdagi to‘y va marosimlar birinchidan xilma-xilligi bilan, ikkinchidan dabdabaliligi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Aholining o‘rtahol qatlami ham ularga taqlid qilib, marosimlarni shu tarzda nishonlagani, bolani tug‘ilishi bilan bog‘liq ko‘pgina urf-odat va marosimlar asosan ona va bolaning sog‘ligini asrashga va tiklashga, ularni ehtiyot qilishga qaratilganligi xalqning donoligiga ishora ekanligi, nikoh va uning davomi bo‘lgan to‘y va marosimlar o‘zida huquqiy, ijtimoiy iqtisodiy, diniy va magik xususiyatlarni mujassamlashtirgan murakkab jarayonligi, motam marosimlari esa xalq orasida marhumning boqiy dunyodagi “hayoti” bilan bog‘liq bo‘lganligi qolaversa “o‘lik behurmat bo‘lmasligi” uchun ham alohida mavqega egaligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Mazkur ilmiy tadqiqot ishi nazariy-metodologik jihatdan ham, muammoning qo‘yilishi nuqtai nazaridan ham ilmiy qiymatga ega. Dissertant tadqiqot davomida mavzuga doir ko‘plab yangi ma’lumotlarni ilmiy iste’molga kiritishga harakat qilgan.
Umuman Nafiddinova Xosiyat Ravshanovnaning tadqiqot ishi mustaqil bajarilgan tadqiqot bo‘lib, bugungi zamonaviy ilm-fan sohalarida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ishni rasmiy himoyaga tavsiya etish va ijobiy baholash mumkin deb hisoblayman.
Download 22.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling