Mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisi an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlar
Download 22.26 Kb.
|
1 taq
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Buxoro vohasi aholisi oilaviy marosimlari, tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari va muammo tarixshunosligi”
Nafiddinova Xosiyat Ravshanovnaning “Mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisi an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlar” mavzusida 07.00.07. – Etnografiya, etnologiya, antropologiya ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi avtoreferatiga TAQRIZ Bugungi kunda xalqimiz tomonidan rivojlantirilib kelinayogan va bebaho madaniy merosga aylangan milliy marosimlar an’analarini zamonaviy metodologik yondashuvlarga asoslangan holda Buxoro vohasi misolida o‘rganishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Shu o‘rinda Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Nafiddinova Xosiyat Ravshanovnaning “Mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisi an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlar” mavzusidagi tadqiqotining asosiy maqsadi mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisining an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlarni tarixiy adabiyotlar va dala etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat. Ushbu tadqiqot kirish, uchta bob, xulosa kabi qismlardan tashkil topgan bo‘lib, Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, muammoning o‘rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, tadqiqot ob’ekti, predmeti, tadqiqotning ilmiy yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, aprobatsiyasi, natijalarning joriy qilinishi, e’lon qilinganligi hamda tarkibiy tuzilishi tavsiflangan. Dissertatsiyaning “Buxoro vohasi aholisi oilaviy marosimlari, tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari va muammo tarixshunosligi” deb atalgan birinchi bobida mavzuning o‘rganilganlik darajasi, turli manbalar va adabiyotlarda yoritilishi tavsiflangan. Marosimlarni o‘rganishda ayniqsa, elchilar, sayyohlarning asarlari, safar kundaliklari muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan. Buxoro vohasi xalqlari turmush tarzini o‘rganishga qiziqishning qadimdan tadqiqotchilar diqqat markazida ekanligi ushbu yig‘ilgan qimmatlt ma’lumotlarni tahlil etish jarayonida ma’lum bo‘ldi. SHuningdek, ushbu bobda mavzuga oid nazariy tushunchalar izohlangan va ularga umumiy ta’rif berilgan. Xususan inson hayoti davomida yaratilgan barcha marosimlarga umumiy ta’rif berilgan. Tadqiqot ishining “ Download 22.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling