Mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisi an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlar


Buxoro vohasi oilaviy munosabatlari, tarbiya an’analari va marosimlarning etnolokal xususiyatlari”


Download 22.26 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi22.26 Kb.
#1498366
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
1 taq

Buxoro vohasi oilaviy munosabatlari, tarbiya an’analari va marosimlarning etnolokal xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobi uch paragrafdan iborat. Birinchi paragraf bolaning tug‘ilishi, sunnat va muchal to‘ylari bilan bog‘liq oilaviy marosimlarga bag‘ishlangan. Ushbu marosimlar vohada katta tantanalar bilan nishonlanganligi va bu o‘z navbatida aholining azaldan dabdaba va tantanaga o‘chligini namoyon etishi qayd etilgan. Bobning ikkinchi paragrafi nikoh marosimlariga bag‘ishlangan. Barcha SHarq mamlakatlaridagidek, Buxoro vohasida ham nikoh muqaddas bitim, oila esa buzilmas qo‘rg‘on deb e’tirof etilgan. Ikkinchi bobning uchinchi paragrafi esa dafn marosimlariga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu marosimlarning kishilar hayotidagi o‘rni va vohaga xos urf-odat va an’analari ochib berilgan. Xususan, Buxoro vohasi dafn marosimlarida bugungi kundagi o‘ziga xoslik va an’analarning mavjudligi yoritilgan.
Dissertatsiyaning “Mustaqillik yillarida voha aholisi ijtimoiy hayotida oilaviy marosimlarning o‘rni, undagi o‘zgarishlar va transformatsion jarayonlar” deb nomlangan uchinchi bobida bugungi kunda oilaviy marosimlarni o‘tkazishda yuz bergan o‘zgarishlar, yangiliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Insonlar hayoti davomida turli irim-sirimlarga ishonib, turli ta’qiqlar va tabularga amal qiladi. Marosimlarni o‘tkazish jarayonida ham biz xuddi shunday tabularga duch kelamiz. Ushbu bobda shuningdek, voha xalqigagina xos bo‘lgan “Sallabandon” marosimiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Sallabandon-bu kelinchakning tom ma’noda haqiqiy ayollar safiga kirganini anglatuvchi marosimdir. Eng muhimi tadqiqotning ushbu qismida dabdabali marosimlarni qisqartirish borasidagi harakatlar boshlanganiga bir asrdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsada, bu borada etarli natijaga erisha olmaganligimiz, ushbu masaladagi qaror va farmonlar oddiy xalq tomonidan qanchalik iliq kutib olinsa, ba’zi bir amaldorlar, o‘ziga to‘q badavlat oilalar bu dabdababozlikni davom ettirayotganligi holatlari uchrab turganligi alohida qayd etilgan.
Dissertatsiyaning
Download 22.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling