Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan


Download 86.8 Kb.
bet9/15
Sana20.10.2023
Hajmi86.8 Kb.
#1711618
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asosla-fayllar.org

````

Uzoq muddatli
Qisqa muddatli
1.5 -rasm. Tadbirkorlik tizimida marketing – miks elementlari
Marketing – miks nazariyasi va amaliyotinig rivojlanishi va uning asosida korxona va firmalarda marketing tadbirlarining rejalashtirilishi marketing – menejment nazariyasi, uslubiyoti va usullarining shakllani- shiga olib keldi. Marketing menejmentning ilmiy yo‘nalish va tadbirkorlikni tashkil qilishga yangicha yondashuv sifatida shakllanishi- ga nafaqat marketingning qo‘llanilishi, balki bozor sharoitida firma va korxonalarning maqsadli ravishda faoliyatini yo‘naltirilganligi, avvalambor, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish so‘ngra foyda olish yotganligi sabab bo‘ldi. Marketing jarayonini turli vaziyat- lardan kelib chiqqan holda boshqarish, tegishli marketing siyosati va

tadbirini qo‘llash raqobat sharoitida juda muhimligini firmalar juda yaxshi anglab oldi. Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovar va xizmatlar yetib borguncha qanchadan qancha muloqot auditoriyasi obyektlariga duch kelinadi, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir albatta yuqori madaniyat va hamkorlik asosida amalga oshirilsa, natija yuqori bo‘ladi.


1980-yilning o‘rtalarigacha marketing tovarlarni taqsimlash va sotish usuli sifatida qaralganligi bozor va kuchli raqobat sharoitida tovar va xizmatlar bozori tarmog‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, marketing tizimi subyektlari o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarini yuqori darajada o‘rnatishga to‘sqinlik qildi. Marketing jarayonlarining ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilganligi marketingni boshqarish kon- sepsiyasining sotishga yo‘naltirilganligini chekladi. Demak, bu mar- keting faoliyatida sotish, reklama, taqsimlash va narx shakllanishidan tashqari marketing funksiyasining integrallashgan funksiyasi, ya’ni marketingni boshqarish iqtisodiyotning har bir bosqichi uchun muhim funksiya sifatida shakllandi.
    1. Marketing tamoyillari



Marketing tamoyillari – bu marketing asosining tub mohiyatini ochuvchi asosiy holatlar, talablar majmuasidir. Marketing mohiyatidan kelib chiqqan holda, quyidagi tamoyillar marketing faoliyatida asosiy hisoblanadi.
  1. «Iste’molchi - shoh».


  2. «lshlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas, sotiladigan mah- sulotlarni ishlab chiqarish».


  3. «Mahsulot yaratish bilan uning iste’molchisini ham yaratish ke- rak».


  4. «Tovar bozorlariga differensiyalashgan holda yondashish kerak».


  5. «Korxona iste’molchining talabini qondirish bilangina o‘z foy- dasi va obro‘siga ham ega bo‘lishi kerak».


Tamoyillarga yondashuvlar quyidagilardan iborat:


  • Iste’molchiga kerak narsani ishlab chiqarish.


  • Bozorga tovar va xizmatlar bilan emas, balki iste’molchilar muammolarini hal qiluvchi vositalar bilan chiqish.


  • Tovar ishlab chiqarishni iste’molchilarni va talabni o‘rgangan- dan so‘ng yo‘lga qo‘yish.


  • Firmaning ishlab chiqarish – eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish.


  • Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun maqsadli dasturli va kompleks yondashuvdan foydalanish.


  • Mahsulotning bozor talablariga moslashishi uchun taktika va strategiyani kerakli vaqtda qo‘llash, tovarning iste’molchiga yetib kelgunigacha bo‘lgan jarayonda marketingni samarali qo‘llash.


  • Korxona faoliyatini uzoq muddatli samarali kommunikatsiya bilan ta’minlash orqali tovarning bozordagi mavqeyini mustahkamlash.


  • Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida ishlab chiqarish- ning ijtimoiy va iqtisodiy omillarini inobatga olish.


  • Korxonalar rejasini bozorga asoslangan holda ishlab chiqish.


  • Tarmoqlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish orqali talab va taklifni muvofiqlashtirish.


  • Firmaning raqobatbardoshlik ustunliklari va imijini kuchaytirish uchun faol harakat qilish.


Shunday qilib, marketing tamoyillari – marketingning ma’no- mohiyatiga asosiy talablarini belgilovchi qoidalardir.


Marketingning o‘ziga xos quyidagi asosiy prinsiplari mavjud.



  1. Download 86.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling