Mustaqillik yillarida shahar qurilishi madaniyatıning rivoji Reja: Mustaqillik yillarida zamonaviy arxitektura 2
Mustaqillik yillarida Nukus va Qarshi shaharlari
Download 37.01 Kb.
|
Bazarbayeva Kamila Shaharsozlik tarixi
3.Mustaqillik yillarida Nukus va Qarshi shaharlari
Nukus bosh rejasi. Qoraqulpog'iston poytaxti Nukus shahrining yangi bosh rejasi « 0 ‘zshaharso/lik*> (arxitektor Ye. Gogin, 2002—2006- yy.) instituti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikaning yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari hisobga olingan. Yangi bosh rejani ishlab chiqishda mualliflar Jamoasi shahaming mavjud qurilishidan kelib chiqdi. U oldingi bosh rejalar asosida amalga oshirilgan bo‘lib, eng so‘nggisi 1982—83-yy.da ishlab chiqilgan va tasdiqlangan edi. 1982-y.da shaharni shimoli-sharq yo‘nalishda rivojlantirish haqidagi yechim bosh rejaga asos bo'lgandi, unga ko‘ra aeroport boshqa joyga ko‘chirilishi lozim edi. Afsuski aeroport boshqa joyga ko‘chirilmadi va shu munosabat bilan yangi bosh reja masalasi ko'ndalang bo‘ldi. Yo‘l harakatining istiqboldagi rivojlanishi, sharqdan shimol tornon o'tuvchi «Ipak yo‘li» xalqaro shohrohining paydo bo‘lishini hisobga olib, shaharni yaqin 20 yil ichida rivojlantirish faqat shimoli-g‘arb tomonda, Amudaryo yoqalab amalga oshirilishi mumkin edi. Bu shahar muhitini rivojlantmshning iqlim jihatdan qulay tumandir va mavjud shaharsozlik vaziyatidagi eng to‘g‘ri yechimdir. Shahar transport tizimi bilan 8 turar-joy tumaniga bo‘lingan, ular to‘rt rejaviy tumanga kiradi. Har bir turar-joy tumani o‘z jamoat markaziga ega bo‘lib, ular shahar ahamiyatidagi turli inshootlardan tarkib topgan. Bu markazlardan ayrimlari rejaviy tumanlar markazlari bilan biriktirib yuborilgan. Shaharning dov-daraxtli hududlari o ‘z joylarida saqlab qohngan hamda shimoliy va shimoli-g'arbiy yo'nalishlarda rivojlanib bormoqda. Shahar hududi bo'ylab janubiy sanoat zonalari va sanoat inshootlari joylashuvi ham daxlsiz qoldirilgan. Dov-daraxtli hududlardan suv muhofazasi zonalarida joylashgan qator korxonalar boshqa joyga ko‘chirib ketildi. Shahar muhitini rivojlantirish munosabati bilan loyihada shimolig'arbiy yo‘nalishda mana shu hududda yangi yirik rejaviy tuman qurish ko‘zda tutilmoqda. Uning o£z markazi bo‘lib, transport harakatlari bilan bog‘langan, yagona piyoda yoMlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Piyodalar yo‘li eski shahar, yangi shahar va yangi turar-joy rejaviy tuman — uchalasini bir-biriga ulashi lozim. Yangi tumanda 2,4 va 5 qavatli, oldida ozroq yeri bor kottej xilidagi turar-joy uylari qurish ko‘zda tutilmoqda. Yakka tartibdagi turar-joylar va ko'pqavatli turar-joydan farqli o'laroq bu xildagi uy murakkab iqlimli bu hududda yashash sharoitini yaxshilash imkonini beradi. Boz ustiga, 2—3 xildagi bunday uylar shahardagi asosiy tumanlami shakllantiradi va qurilishlarga muayyan shaharsozlik hamda tashqi shinamlik bag'ishlaydi. 9 qavatli uylar faqat tegishli shaharsozlik tarmoqlarida va oz miqdorda joylashtiriladi. Aholini hisobga olish uchun loyiha hisob-kitob muddatlariga o'rtacha yillik o‘sishni quyidagicha belgilab chiqqan: —2010-yilga -1,25 %, 2020-yilga — 1,3 %.Bosh rejada birinchi navbatga aholi 285 ming nafar, ikkinchinavbatga esa 325 ming nafar odam ko'zda tutilmoqda. Shahar ma’muriy-jamoat markazi Dosnazarov (sharqda), Sh.Rashidov (shimolda), Amir Temur (janubda) ko‘chalari oralig'idarivojlantiriladi; Qizketgan anhori g'arbiy chegara bo‘lib xizmat qiladi.Asosiy jamoat inshootlari shaharning asosiy «o‘qi» Qoraqalpog‘istonko‘chasi bo‘ylab qad ko‘targan.Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy shahar shohrohko‘chalarining asosiy tarmog'i o‘z ahamiyatini saqlab qoladi va faqat ayrim joylardagina yo‘nalishlarga o‘zgartishlar kiritilib, shahar aholisiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash kerak bo‘ladi. Nukus shahrining qiyofasi yildan-yil o‘zgarib bormoqda. Shahar sifatida zamonaviy Nukus tarixi 1934-yildan boshlanadi1. Mana shu tarixan qisqa davr ichida Nukus 300 ming aholilik zamonaviy katta poytaxt shahriga aylandi. Ayniqsa so‘nggi, Mustaqillik yillarida shahar tanib bo‘lmas darajada o'zgarib ketdi. Noyob jamoat binolari qad ko‘tardi, ular arxitekturasida o'zigii xoslik va milliy kolorit yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mavjud inshootlami qayta tiklash bo‘yicha katta ijodiy ish qilindi. « 0 ‘zshaharsozlik* instituti ishlab chiqqan Nukus markazi shaharning miqyosli ncgi/ini tashkil etadi va u hozirgi vaqtda jadal qurib bitkazilmoqda. Murkn/ nrxitcktuniviy-rcjaviy tuzilmasini shakllantirish mufassal rejalashtirish loyihasi bo'yieha asosiy shohroh ko‘chalari orqali shaharning bonhqn omilari bir-biri bilan o‘zaro chatishib ketgan rejaviy tuzilma yaralish imkonini beradi. Nukus faqat yangi hududhtrni o'lushtirish yoMi bilangina emas, balki mavjud uylami qayta tiklash hisobiga ham qad rostlamoqda. Sobiq 1-va 3-sonli tibbiyot bllim yurt lari kasb-hunar kollejlariga aylantirib, qayta qurildi, u erda zamonaviy talablarbo‘yichao‘quvchilar uchun yangi sharoitlar yaratilgan.Qator kollejlar va akademik liscylar qurildi. Faqat so‘nggi yillardaQoraqalpog‘iston Respublikasi Xo'jalik sudi binosi, Nukus avia guruhi idorasi, ichki ishlar shahar bo'llmi binosi, xotin-qizlarga maslahat berish bo‘limi bo‘lgan 130 o‘rinli tug'uruqxona, 2000 ishchi o‘miga ega markaziy bozor va uning bcshta bo'limi, QKning qator binolari, Banklaming binolari, Arxitektorchilik davlat qo‘mitasi ma’muriy binosi, Biznes-markaz binosi va hoka/.olar qurila boshladi. Amudaryo ustidan temir yo‘l ko'prigi va Uchquduq—Nukus yangi temir yo‘H qurilishi yirik voqea bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges va Vazirlar Mahkamasining 7 qavatli m a’muriy binosini (arxitektor J. Berdixanov, K. Molutov, B. Miraliyev) shaharmarkaziy qismidagi nodir arxitektura inshootlari sirasiga kiritish mumkin. Har ikkala bino ham 2000-2002 yy.dagi qayta tiklanishdan keyin zamonaviy qiyofa va o‘ziga xos intererga ega bo'ldi. Nukusdagi I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Davlat san’at muzeyi qurilishida (arxitektorlar S.Sutyagin va I.Li, 2003-y.) an’analami o'zlashtirishga mutlaqo yangicha yondashilgan. U nafaqat mamlakatimizda, balki undan uzoqlarda ham san’at durdonalari ichida munosib o‘rin tutadi.Nukus qurilishida monumental haykaltaroshlikka va arxitektura hamda san’atning uyg'unlashuviga katta o‘rin berilgan. Mustaqillik yillarida «Motamsaro ona» (arxitektor O.To'raniyozov, haykaltarosh Sh. To‘legenov, 1999-y.), Mirzo Ulug'bek (arxitektor, K. Molutov, 1994-y.), Ajiniyoz Qo‘siboy (arxitektor K. Molutov, haykaltaroshlar A. Rahmatullayev, L. Ryabsev, 1999-y.) kabi buyuk shaxslarning haykallari yaratildi.Beruniy tumani ma’muriy markazi Beruniy shahrining hozirgi aholisi53,3 ming nafar odam bo'lib, 1850,6 ga maydonni egallagan va Nukus shahridan 138 km uzoqlikda joylashgan. U bo‘yi 5,5 km va eni 4 km ga cho‘zilgan ixcham rejaga ega. Unda sanoat va obodonchilik hududlari yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Sanoat hududi asosan, shahaming shim oli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismini egallagan, obodonchilik hududi esa uning shimoliy, markaziy, sharqiy va janubiy qismlarida joylashgan. Turar-joy manzilgohlari bir qavatli yakka tartibdagi rejali uylardan iborat bo'lib, ikki qavatli seksiya uylarning uncha katta bo‘lmagan guruhlari bilan birgalikda shahar ko‘chalarining har ikki tarafini to'ldirib turadi.Shahar yangi bosh rejasida («О‘zshaharsozlik», 2005-y.) mavjud shahar tashkil etuvchi negizlar saqlanib qolgan va yengil sanoat korxonalari bilan ba’zi qo'shimchalar kiritilgan. Shaharni shimoliy va qisman sharqiy va g‘arbiy yo‘naIishIarda ko'proq rivojlantirish taklif etilgan, shahaming sharqiy qismida «Ipak yo‘li» avtobani va g‘arbda aylana shohroh paydo bo‘lishi singari rejaviy cheklovlar hisobga olingan. Foydalanish bo‘yicha shahar loyihaviy hududi sanoat va obodon qismlariga bo'linadi, ular shahar rejaviy asosini tashkil etuvchi to‘rt shaharsozlik turkumiga kiradi. Bu turkumlaming har biri turli inshootlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi (xizmat ko‘rsatish markazlari, sanoat korxonalari, turar-joy uylari, o‘quv yurtlari, parklar). Shaharsozlik tarmoqlari turar-joy qurilishining turli mahallalarini birlashtiruvchi asosiy piyoda y o ‘llarda joylashgan. Shahar m arkazi negizi mavjudinshootlardan iborat. Loyihada markaz ahamiyati ko‘zda tutilganparklar negizida qo‘shimcha ko'kalam/.orlashtirish, tuman hokimiyatiro ‘parasidagi markaziy maydonni kengaytirish, Beruniy muzey majmuini rivojlantirish, shahar janubiy qismida sport majmui bunyodetish bilan kuchaytirish taklif etilgan. Zamonaviy Beruniy shahri yirik ulov almashtirish tarmog'i hisoblanadi, bu yerda davlatlararo, respublika va viloyat ahamiyatidagiavtoyo‘llar kesishadi. Loyiha bo'yiclia ular qisman qayta tiklanib,zamonaviylashtirilishi kerak. Ilisob-kitob muddatiga bozor hududi hisobiga 350 yo‘lovchigacha bo'lgan avtovokzalni kengaytirish ko‘zda tutiladi. Temir yo‘l stansiyasi lieruniy shahridan 14 km uzoqlikda joylashgan. Havo yoMlarida yuk tashish hozirgi vaqtda va istiqbolda Nukus hamda Urganch shaharlari aeroportlari orqali amalga oshiriladi. Loyiha bo‘yicha mavjud ko'ehalar tuzilmasi takomillashtiriladi va shahar umumiy arxitekturaviy-rcjaviy tuzilishida faol ishtirok etadi. Ko‘chalar yoqalab umumshahar tashkilotlari ko'paytiriladi, yangi madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlari, o‘quv yurtlari va shunga o‘xshash shaharbop binolar va inshootlar paydo bo‘ladi. Yangi turar-joy tumanlariga xizmat ko‘rsatishni hal etish uchun shimoliy yo‘nalishda shahar rivojlanishini hisobga oluvchi tizimlar yaratish, shuningdek shahaming shimoliy qismida yangi kichik markazlar paydo bo‘lishi ko‘zda tutiladi.. Download 37.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling