Mustaqillik yillarida shahar qurilishi madaniyatıning rivoji Reja: Mustaqillik yillarida zamonaviy arxitektura 2
Download 37.01 Kb.
|
Bazarbayeva Kamila Shaharsozlik tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshi. Amfiteatr, 2006-y. Arxitektorlar S. Sutyagin, A. Zohidov. Umumiy ko‘rinishi, birinchi va ikkinchi qavat tarhlari.
Qarshi bosh rejasi. Shaharning 2700 yillik yubileyiga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazish munosabati bilan (2006-yil, oktabr) Qarshi ayniqsa o‘zgarib ketdi. Me’moriy obidalari, tarixiy inshootlar qayta tiklandi va ta’mirlandi hamda sport va ta’lim sohasida yirik zamonaviy majmualar, binolar tiklandi. Dam olish joylari bunyod etildi — bolalar parki zamonaviy jihoz va dizayn bilan to‘la qayta qurildi, Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i o‘ziga xos rejalar bilan qayta tiklandi. Yubiley tantanalari — Qarshining 2700 yillik to‘yi 2006-yilda qurilgan 2800 tomoshabinga m o‘ljallangan «Amfiteatr»da (arxitektorlar S.Sutyagin, A. Zohidov, rassom B. Niyazov, konstruktor A. Braslavskiy va boshq.) o‘tkazildi. «Amfiteatr» majmui bog‘ hududida (Alisher Navoiy nomidagi bog‘) va viloyat hokimiyati m a’muriy binolariga yaqin joyda, Qarshi shahar markazi mufassal rejalashtirishning bosh rejalari va loyihalariga muvofiq joylashtirilgan. Xalq ommasining yirik tomoshagohi o‘laroq Tarix Muzeyi (loyihaviytaklif) bilan majmuada u muhim madaniy-ma’rifiy markazni yuzaga keltiradiki, uning ahamiyati viloyat markazidan ancha tashqariga chiqib ketadi.Amfiteatr oldidagi bog‘ hududi har ikkala majmua uchun «ochiq foye» — yozgi istirohatgoh hisoblanadi, Alisher Navoiy nomidagi bog'ning umumiy landshaft yechimi, ma’muriy binolar, bosh maydonni «oilali bog1» yangi haykaltaroshlik kompozisiyasi bilan bog‘lovchi piyodalar sayilgohi birlashib yaxshilab obodonlashtirilmoqda va ko‘kalamzorlashtirilmoqda.«Amfiteatr»ning hajm-kenglik echim konsepsiyasi mazkur majmuaning shaharsozlik vaziyati, amaliy vazifasi va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan.Qarshi. Amfiteatr, 2006-y. Arxitektorlar S. Sutyagin, A. Zohidov. Umumiy ko‘rinishi, birinchi va ikkinchi qavat tarhlari. Tom oshabinlarning am fiteatrga joylashuvi majmua uchala sektorlaridagi har bir o‘rindan sahnaning yaqqol ko‘rinib turishini ta’minlaydi.«Amfiteatr»ning minbarlari ostida tomoshabinlar uchun xizmat ko'rsatish xonalari bo'lgan uch vestibyul (uch sektordan har birining o‘rtasida), chekkadagi sektorlar biqini tom ondan ikki vestibyul joylashtirilgan, shulardan biri artistlar uchun boMib, artistlar, mashq, pardozxonalari bilan bog‘lanib ketgan va hokazolar; ikkinchisi esa xizmatchi vestibyul bo‘lib, unda ma’muriy, texnik va ombor xonalari joylashgan.Markaziy sektor minbari ostida ikki qahvaxonadan tashqari VIP mehmonlar uchun xona loyihalashtirilgan, uning alohida eshigi bo‘lib, «Amfiteatr»ning mehmonlar uchun belgilangan sektoriga olib chiqadi.Piyodalar va transport kiradigan uch pandusli keng sahna (diametri 30 m) bog‘ tomondan qo‘shaloq ustunli arkli devor bilan qurshalgan, ustunlar tagidagi hovuzda otilib turuvchi faworalar konsert boshlanishi oldidan, tanaffus chog‘ida va konsertdan keyin tomoshabinlar u yoqdanbu yoqqa yurganida ishga tushixilib, «parda» hosil qilinadi, (aslida esa maysazorga almashtirilgan).Arkli devor o‘rtasida sakkiz metrli ochiq joy bor, bu erdan bog‘va sahna yaqqol ko'rinib turadi, sahnadagi tom osha voqealari orqadagi cheksiz bog‘ manzarasi bilan ulanib, ajoyib kenglik hosil qiladi (yubiley konsertida postanovkachi rejissyor buni ajoyib tarzda namoyon etdi).Markaziy sektoming eng baland joyida (+6, 30) ovoz rejissyori va sahnani yoritish xonasi joylashgan.Har uchala sektoming uzunasi bo‘ylab ro‘paradan yorituvchi chiroqlami, ovoz kuchaytirgich jTihozlarini, teleko‘rsatuvni uzatish postlarini joylashtirish uchun texnik xonalar silsilasi (19,50 belgida) loyihalashtirilgan edi; xonalar silsilasi ustidan burma soyabon (havo buzuq vaqtlarda) o‘matilgan, u amfiteatr minbarlari ustidan 15 m va fasadlar tomonga 4,5 m chiqib turadi. Devor yoqalab saf tortgan uchi yunoncha uslubdagi naqshli bezakdor ustunlar, ikki hashamdor sopol manzara (panno) - u markaziy sektorga olib kiruvchi eshikni qurshab olgan — qizil granitdan yotiq yo‘llar tortilgan travertin sayqalli sifatli pardoz, ayvonchalaming mehrobsimon eshiklari, tabiiy marmar qoplamali poydevorlar, devor tagidan yastanib cho‘zilgan maydon va chamanzorlar (loyihada bu erda ham faworalar bo‘lishi ko‘zda tutilgandi) butun majmuaga manzaradorlik va tantanavor tus berib turadi. Ma’lumki, shaharsozlikning zamonaviy tamoyillari Navoiy shahar qurilishida ham o‘z ifodasini topgan. Download 37.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling