Mustaqillikka erishish arafasida oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja: XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat


Download 25.26 Kb.
bet2/5
Sana13.01.2023
Hajmi25.26 Kb.
#1090075
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 topshiriq tarix

Prezidentlik boshqaruvi shakliga о‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi.
1990 yil 24 mart kuni О‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 – sessiyasi SSSR doirasida birinchi bо‘lgan siyosiy hujjatni — «О‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish tо‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi va О‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug‘aniyevich Karimov О‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, О‘zbekiston — SSSR respublikalari ichida birinchi bо‘lib о‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
О‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qо‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat О‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» О‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bо‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib О‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi.
Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan О‘zbekistonda respublikaning iq­tisodiy va siyosiy h­ayotiga doir masalalar musta­qil tarzda ­hal q­ilina boshlandi.
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX asrning 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi kо‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni о‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil bahorida Sovet Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbо‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4 mayda), Estoniya (8 may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. Bu holat SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir kо‘rsatdi.
1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, О‘zbekiston, Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bо‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yо‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bо‘ldi.
1991 yilga kelib О‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991 yil 15 fevralda О‘zbekiston Oliy Kengashi
Download 25.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling