Mustaqillikka erishish arafasida oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja: XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat


O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun


Download 25.26 Kb.
bet5/5
Sana13.01.2023
Hajmi25.26 Kb.
#1090075
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 topshiriq tarix

O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin qo`ydi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yolidagi barcha to‘siglar olib tashlanishi, har bir respublika so`zda emas, balki amalda tenglar orasida teng lozim edi.
Ayni shu maqsadlarni ko`zlab, O’zbekistonOliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o`z ishini boshladi. O`zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash lozim. Unda «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to`g`risida»gi hamda «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to'ggrisida»gi masalalar kun tartibiga qizg`in muhokama qilindi. O’zbekistonRespublikasining davlat mustaqilligi to`g`risida birinchi prezident I. Karimov ma'ruzasi tinglandi. U o`z nutqida 1991-yil o`rtalarida markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil 19-21-avgust kunlari Moskvada Favqulodda Holat Davlat Komiteti a'zolarining fuqarolar boshiga azob-uqubatlar solishga intilishganini, butun-butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo'lganliklarini ro`yi rost ochib tashladi. Alg`ov-dalg`ovli kunlarda ham O`zbekistonning o`z yo`li va maqsadi borligini, bu xalq manfaatiga mos yo'l ekanligini, qan-day qilib bo'lmasin, undan qaytmaslik lozimligini aytdi. Shuningdek, ma'ruzada mustaqil davlatlar maqomiga to`xtalib: «Bo`lajak Mustaqil davlatlar... erkin, mustaqil va teng huquqli bogib qolishlari, o'ziarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o'zi ma'qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o`rnatish, diplomatik va konsullik alogalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. Yana ta'kidlab aytaman, bu hech kimning buyrug'isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz xohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo`ymoqchiman: O`zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning xohish-irodasi o`z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu xohish-irodasi biz uchun muqaddasdir», — degan fikr bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so`ng «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to`g`risida»gi qonunni qabul qildilar.
So`ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot qabul qilindi. O’zbekiston SSRning nomi O’zbekiston Respublikasi deb o`zgartirildi. Mustaqillik e' lon qilingan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e'lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o`zbek xalqining asriy orzusi ro`yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo'ldi.
Download 25.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling