Mustaqillikka erishish arafasida oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja: XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi inqirozli holat


«О‘zbekistonning davlat ramzlari tо‘g‘risida»


Download 25.26 Kb.
bet3/5
Sana13.01.2023
Hajmi25.26 Kb.
#1090075
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 topshiriq tarix

«О‘zbekistonning davlat ramzlari tо‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
О‘zbekistonning о‘z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyo’lida О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «О‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bо‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini О‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga о‘tkazish» tо‘g‘risida qabul qilgan qarori ham О‘zbekiston SSR Prezidenti I.A. Karimov, О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati О‘zbekistonning siyosiy – iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isboti edi.
1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz о‘zining ta’sir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991 yil aprelda Novo – Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bо‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bо‘lmaydigan choralar tо‘g‘risida» qо‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9 + 1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr – mulohazalarga rozi bо‘lganini kо‘rsatadi.
1991 yil 3 iyunda Novo – Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari о‘rtasida uchrashuv bо‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi tо‘g‘risida keskin munozara bо‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr – mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi tо‘g‘risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jо‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi О‘zbekiston Oliy Sovetida 1991 yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo – Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil – kesil tayorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bо‘ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tо‘g‘risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bо‘lgani holda
Download 25.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling