Mustaqillikka erishish arafasida oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Download 289.33 Kb.
bet8/8
Sana08.01.2022
Hajmi289.33 Kb.
#244108
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
islom

4

Darhaqiqat oʻsha vaqtlarda bunday xolatni respublikamizning barcha viloyatlarida kuzatish mumkin edi. 1990-yil oxirlarida respublikada 100 mingdan ortiq xalq xoʻjaligi obyektlari oʻrganildi. Sanitariya holati, sanitariya-gigiyena qoidalari va meʼyorlariga javob bermaydigan obyektlar

uch guruhga boʻlinib, ulardan 1117 tasi (1,5%) birinchi, 11817 tasi (11,2) ikkinchi, 88439 tasi (87,2%) uchinchi guruhga kiritildi. Oʻzbekiston xalq xoʻjaligining 87,2 foiz obyektlari ekologiya-gigiyena talablariga javob bermas va atmosfera havosi, suv va tuproqni bulgʻash manbi boʻlib hisoblanar edi. Birgina sanoat obyektlarining 1989-yildagi ekologik-texnikaviy tasnifi boʻyicha Andijon viloyatida 723 ta sanoat obyeklaridan 595 tasi (82,3%), Namangan viloyatida 698 ta sanoat obyektidan 582 tasi (63,4), Fargʻona viloyatida 700 sanoat obyektidan 475 tasi (67,8%) qoniqarsiz axvolda boʻlib, ekologik-gigiyenik talablarga javob bermagan. Sanoat obyektlarining bunday ahvoli, paxta yakka xokimligi uchun ishlatilayotgan pestitsidlar, ularning saqlash tartibiga amal qilinmasligi atmosferaning ifloslanishi va insonlar salomatligiga katta zarar yetkazdi. Respublika boʻyicha kattalar va oʻsmirlarning umumiy kasallanish intensiv koʻrsatkichi 1976-yildagi 2466,5 dan 1990-yilda 3598,6 ga yetdi. Tibbiyot statistikasi koʻrsatkichlariga qaraganda, asab tizimi, teri, teri osti kasalliklariga chalinish faqat 1989-yilda 1,4, marta, qon aylanish tizimi kasallanishi – 1,3, marta oʻsgan. Faol sil kasalligiga chalinish 3 foizga koʻpaygan. 1990-yil oxiridagi maʼlumotlar koʻra respublikada bolalar oʻlimi yuqoriligicha qolayotganini, sobiq Ittifoqdagi koʻrsatkichdan ikki marta koʻp boʻlgan. Oʻzbekistonda har yili 200 mingga yaqin kishi yuqumli sariq (gepatit) kasalligi bilan ogʻrigan. Bunday kasallanish Fargʻona, Andijon va Namangan shaharlarida eng yuqori hisoblangan. Oʻzbekistonda 1 yoshgacha boʻlgan goʻdaklarning nobud boʻlishi ittifoqdosh respublikalar orasida yuqori boʻlgan.

. Markazning Oʻzbekistonda amalga oshirgan qatagʻon siyosati. “Paxta ishi” “Oʻzbek ishi” nomli kampaniyalar.


Download 289.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling