Mustaqillikka erishish arafasida


Download 134.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.11.2023
Hajmi134.12 Kb.
#1795825
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tarixdan referat



TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 
MARKETING (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA) YO’NALISHI 
1-KURS OMR-75 GURUH TALABASI AXMADOVA KAMOLA MIRAXMAD 
QIZINING
“MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA 
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR” 
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
 
 
 
 
REFERAT 
 
 
 
 


Reja: 
1.
XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy va ma’naviy 
hayotidagi inqirozli holat 
2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi”, 
“O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar 
3. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari 
4. I.Karimov – O‘zbekistonning birinchi prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va 
uning tarixiy ahamiyati 


XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy 
hayotidagi inqirozli holat 
XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati tobora 
pasayib, xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab 
chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy, oziqovqat, agrar, energetika, ekologiya va 
boshqa 
sohalardagi 
dasturlar 
samara 
bermadi, 
iqtisodiy 
ziddiyatlarni 
chuqurlashturib yubordi. Iqtisodiyot ekstensiv yo‘lda tobora ko‘p qo‘shimcha 
mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo‘lida depsinayotgan 
edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar uning 
yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli 
xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan 
chetda, orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning 
sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. 
Ma’muriybuyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotda partiyaviy rahbarlik va uning 
mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar 
edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda 
tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, 
giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni 
kemirmoqda edi. Buyruqbozlik – boshqaruv usuli, sansalorlik, qog‘ozbozlik, 
majlisbozlik iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga 
to‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, 
sust, beparvo edilar, huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Xo‘jalikni 
boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar hukmron bo‘lib, 
ular xo‘jalik xodimlarining har bir qadamini nazorat qilib, 20 tashabbuskorlikni 
bo‘g‘ar edi. Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdan tortib 
respublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiy ahvolni bo‘yab ko‘rsatish, 
barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu sanolar o‘qish rasm 
bo‘lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri, deb hisoblanib 
kelingan SSSRda inqirozli holat shakllanib yetilgandi. KPSS Markaziy 
Qo‘mitasining 1985-yil aprelida bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, 
SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum 
jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini 
yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985–1986-yillarda Markazdagi rahbariyat 
tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda 
murakkabligi hali to‘la idrok etilmagan edi. Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm 
“afzalliklari”dan foydalanib jamiyatni “qayta qurish”ga, sotsializmni yaxshilashga 


umid bog‘lar edi. 1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy 
rahbarlikni saqlab qolgan holda xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urinish 
ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy 
sistemaga urilib barbod bo‘ldi. 80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh 
qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini 
cheklashga, davlat va xo‘jalik organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga, 
xalq deputatlari sovetining to‘la hokimiyatini ta’minlashga urinish bo‘ldi. Ammo, 
bu sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. To‘g‘ri, jamiyatni demokratlashtirish, 
oshkoralik, turli xil fikrlar birldirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo‘yildi. 
Matbuotda, radio va televideniyeda turli xil fikrmulohazalar erkin aytiladigan bo‘ldi. 
“Qayta qurish” siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro‘y berdi. 
Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini 
ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va 
eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq 
xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri 
yo‘l tutildi. Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqarish uchun 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda 
rejalashtirish asosida boshqarish va 21 taqsimlash yo‘lidan tartibga solinadigan 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish kerakligini o‘z vaqtida payqamadi, buni juda kech 
tushundi. 1990- yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati anglandi, 
dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq, vaqt ham boy berilgan edi. Iqtisodiyot 
batamom barbod bo‘lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv 
mexanizmi falaj bo‘lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, tanazzulga
parokandalikka yuz tutgan edi. O‘zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar 
yo‘lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan 
edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo‘ldi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy 
hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o‘z xalqining or-nomusi, qadr-qimmatini 
himoya qilishga qodir bo‘lmagan, siyosiy irodasi bo‘sh kishilarning respublika 
rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog‘liq edi. Ularning ojizligi orqasida respublika 

Download 134.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling