Mustaqillikning huquqiy asoslari. Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
Download 21.34 Kb.
|
TARIX (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-savol: O’zbekiston Respublikasidagi fuqarolik jamiyati institutlarining shakillanishi va faoliyati; J
28-savol: Mustaqillikning huquqiy asoslari. Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati; J: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan fuqarolarning davlatimiz Bosh qomusiga, huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga, Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi hamda himoya qilinishi darajasiga munosabatini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. So‘rov natijalari ishtirokchilarning aksariyat qismi Konstitutsiyamizga O‘zbekiston mustaqilligining mustahkam huquqiy poydevori, huquq va erkinliklarning ishonchli kafolati sifatida qarashini ko‘rsatdi. Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi. “Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan. 29-savol: O’zbekiston Respublikasidagi fuqarolik jamiyati institutlarining shakillanishi va faoliyati; J: Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo'lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g'oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyatining asoslari quyidagilardan iborat: 1. Iqtisodiy asos 2. Ijtimoiy-siyosiy asos 3. Ma'naviy asos Fuqarolik jamiyati – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo'lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki. Fuqarolik jamiyati – bu rivojlangan mamlakatlarda va O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Shu yil 22-fevralda Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasida Oʻzbekiston Prezidenti ishtirok etdi va nutq soʻzladi. Davlatimiz rahbari unda mamlakatimizda demokratik yangilanishlarni yana-da chuqurlashtirishning yangi siyosiy kursi boshlanganini taʼkidladi. Shu bilan birga, konseptual, strategik va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Inchunin, fuqarolik jamiyati institutlarini yana-da rivojlantirish masalasiga alohida urgʻu berildi. Bu Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini institutsional qoʻllab-quvvatlash, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga koʻtarish bilan bevosita bogʻliq masalalardir Download 21.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling