Mustaqillikning huquqiy asoslari. Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati


-savol: Mustaqillik yillarida allomalarning yubiley sanalarini nishonlanishi; J


Download 21.34 Kb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi21.34 Kb.
#1762208
1   2   3   4   5
Bog'liq
TARIX (2)

32-savol:
Mustaqillik yillarida allomalarning yubiley sanalarini nishonlanishi;
J: Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Boxovuddin Nakshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.

Barcha viloyatlar va shaharlarda xar yili Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1OOO yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi.

Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bagishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Al-jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima kilinib, nashrdan chiqarildi.

1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi.

Dunyoda hech bir xalq o‘zbeklarchalik buyuk madaniy va ma’naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xaritani ochish, uni o‘rganish, undan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yulidan bormoqda.

Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999 yil 17 dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18 dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Yeusiboy ugli tavalludining 175 yilligi, 1998 yil 24 oktabr kuni esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Yurtboshimiz tantana qatnashchilariga yullagan tabrigida ulug‘ ajdodlarimizning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni nihoyatda bebaho ekanligi alohida ta’kidlangan.


33-savol:
O’zbekistonda Fuqarolik jamiyatini rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari;
J: demokratik huquqiy davlat qurilishining nazariyasi va tajribasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi darajasi bilan bog‘liqdir. Zamonaviy O‘zbekistonda demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlariga fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi bilan yaqin aloqadorlikda qaraladi.
Yangi O‘zbekistonda demokratiya nafaqat fuqarolarning erkinligi, huquq va qonuniy manfaatlarining taʼminlanishi asosidagi xalq hokimiyatini, balki ularning kafolatlari izchil amalga oshirilishini ham anglatadi. Bunda fuqarolik jamiyati institutlari, birinchi navbatda, ommaviy axborot vositalari, internet resurslar, blogerlar va NNT tomonidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutiladi. Faqat fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligi tufayligina odamlar hayotining munosib sifatini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash mumkin.

Download 21.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling