Mustaqillikning huquqiy asoslari. Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati


-savol: O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikni shakllantirilishi va uning ahamiyati; J


Download 21.34 Kb.
bet4/5
Sana10.11.2023
Hajmi21.34 Kb.
#1762208
1   2   3   4   5
Bog'liq
TARIX (2)

34-savol:
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikni shakllantirilishi va uning ahamiyati;
J: Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.
Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro” qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi.
mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” izchil amalga oshirilayotgandemokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi.
Partiya” so’zi lotincha “part” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “ish”, “qism” degan ma’nolarni anglatadi. 
35-savol:
Respublikada fuqarolik jamiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalarning o’rni;
J: Siyosiy partiyalar ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
36-savol:
O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki;
J: Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o'zini o'zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo'ldi. XX asrning o'rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko'ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to'g'risidagi tushunchalarni o'rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to'g'risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda ko'plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o'rtasida o'zaro kelishuv va muvofiqlashuv ro'y beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita shug'ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o'rtasidagi munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 21.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling