Musurmonov Abbos dbg’I-60 Moliya fanidan Oraliq nazorat ishi 13-variant Savollar


Download 21.96 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi21.96 Kb.
#195662
Bog'liq
2 5240490516419709743


Musurmonov Abbos DBG’I-60

Moliya fanidan

Oraliq nazorat ishi

13-variant

Savollar:

1.Davlat qarzini samarali boshqarish.

2.Xorijiy davlatlarda davlat qarzi, yuzaga kelishi, davlat qarzini boshqarish va tartibga solish masalalari..

3.Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi.


Javoblar:

1. O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va byudjet mablag‘lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rnatadi. 2019-yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur.

Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq:

• tashqi qarzlarni olish davlat dasturi;

• ichki qarzlarni olish davlat dasturi. Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko‘rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo‘lgan qarzlar ro‘yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak. Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo‘lib, aks ettiriladi:

• bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar);

• maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar). Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida quyidagilar o‘z ifodasini topishi kerak:

• bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar:

(qarzlar) bo‘yicha:

a) jalb qilish manbalari;

b) qarzga olish summalari;

d) qaytarish muddatlari.

• maqsadli xorijiy qarzga olishlar:

(qarzlar) bo‘yicha:

a) yakuniy oluvchi;

b) qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo‘nalishi;

d) qarzga olish manbasi;

e) qazga olish summasi;

f) qarzni qaytarish muddatlari;

g) mablag‘larni byudjetga qaytarish bo‘yicha uchinchi shaxsning kafolati;

h) navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag‘lar hajmining baholanishi;

i) navbatdagi moliyaviy yilda mablag‘larning foydalanish hajmi prognozi (bashorati).

O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarining yagona emitenti bo‘lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi.

Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalarning mablag‘larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan moliyalashtirilayotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar olish yo‘li bilan qarz mablag‘larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning byudjetdan tashqari jamg‘arlariga ham tegishlidir.

Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha bosh vakil funksiyasini mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining topshirig‘iga ko‘ra va respublika byudjetining mablag‘lari hisobidan obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to‘lovlarni amalga oshiradi.

Davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

• “olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish (ko‘tarish), qimmatli qog‘ozlar va valyuta bozorlarida Markaziy bankning intervensiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan hisoblanadi;

• xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog‘ozlar bozoriga ta’sir ko‘rsatish uchun qarz olishning o‘zi emas, balki kreditlarning olinishi to‘g‘risida ishonch bo‘lishining o‘zi yetarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;

• davlat qimmatli qog‘ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga samarali va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishga uzoq muddatli monitar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodiyotning o‘sishiga erishish va h.k.lar) qo‘llanilsagina, erishish mumkin.

Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir konsepsiyaga ega bo‘lish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu konsepsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati va valyuta siyosati o‘rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat moliya tizimidagi o‘rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog‘liqligini aniqlash juda muhimdir. Davlat qarzlarini boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqishda eski majburiyatlarni ularning yangilarini jalb etish hisobidan qaytarilishi yyetarli darajada xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga olinmog‘i kerak. Shuningdek, davlat qarzlarini tartibga solishning yagona konsepsiyasi ishlab chiqilayotgan paytda bu qarzlar hajmining asoslanmagan tarzda oshirilib yuborilishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lida ta’sirchan to‘siq bo‘lishi mumkinligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim.

2. Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo‘lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga tegishli bo‘lgan xorijiy valyutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.

1970-yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va mazkur o‘zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi o‘zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular tomonidan butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko‘p sonli xorijiy filiallarga ega bo‘lgan transmilliy banklar muhim rol o‘ynadi.

Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo‘nalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham bo‘ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to‘lov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.

Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning o‘sishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir bo‘ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi yevrovalyuta bozorida keng qo‘llanila boshlandi.

1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo‘yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, evroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.

Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan boshqa muhim o‘zgarishlar ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi o‘zgarishlar, valyuta tizimi tamoyillarining o‘zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro‘y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.

Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko‘rsatadi hamda jahon moliya bozori o‘sishi sharoitini aniqlaydi.

Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

– valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining birxillashuvi; – valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta cheklovlarini tartibga solish;

– xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish;

– kredit, sug‘urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish;

– mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish.

Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin.

Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy subyekt hisoblanadi.

Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari bo‘lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valyuta kursini tartibga solish, valyuta zaxiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan.

Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo‘lib, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlarga ega bo‘lgan holda jahon xo‘jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi.

Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari – jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar.

Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o‘ynaydi.



3. Mahalliy byudjet shahar tuzilishining markazlashgan shakllangan moliyaviy jamg'armasi, shuningdek uning shakllanishi, shakllanishi, tasdiqlanishi va ijro etilishi jarayonidir. Uning bajarilishini nazorat qilish mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Smeta kompozitsiyasi, ayrim hududlar va shahar korxonalari hisob-kitoblari xarajatlarini o'z ichiga olishi mumkin.

Mahalliy byudjet har bir darajadagi yuridik jihatdan sobitqadam manbalar hisobidan shakllanadi. Byudjet mablag'lari mahalliy davlat soliq organlari tomonidan muayyan huquqlarni amalga oshirish, davlat tasarrufida bo'lgan xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar, kommunal mulkni ijaraga berish, subvensiyalar, subsidiyalar, transfertlar va hokazolarni topshirish uchun beriladigan chegirmalardir.

Budjetlar o'rtasidagi munosabatlar mablag'larning ba'zilari boshqalar mablag'lariga o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi: yuqori darajadagi mablag'lar quyi organlarga maqsadli mablag' ajratadi va hokazo. Bunday tartibga solishning maqsadi - turli darajadagi byudjetlar o'rtasida manbalarni taqsimlash.

Mahalliy byudjetga turli ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy dasturlar va hokazolarni amalga oshirish uchun mablag'larni o'tkazish mumkin bo'lgan maqsadli va zaxira mablag'lar kiritilishi mumkin. Budjetlar o'rtasidagi munosabatlar ularni normativ hujjatlarda belgilash yoki davlat va mintaqalar o'rtasida vakolatlarni taqsimlash to'g'risidagi bitimlar tuzish yo'li bilan tartibga solinadi.

Mahalliy byudjetni ko'zda tutadigan daromadlar va xarajatlar mahalliy voqealarni moliyalashtirishni va federal hokimiyatlarni Rossiya Federatsiyasi sub'ektlari sifatida qo'llashni alohida aks ettiradi.

Mahalliy soliqlar va imtiyozlar mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Mahalliy mablag'larni to'ldirish mahalliy aholining fikrini tuman aholisining bir martalik ixtiyoriy badallari shaklida hisobga olgan holda referendumlar o'tkazilishi mumkin. Shahar hududida ishlab chiqarilgan tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to'lov mahalliy byudjetga yo'naltiriladi. Byudjetdan tashqari fondlar Rossiya Federatsiyasi qonunlarida belgilangan muddatlarda va tartibda shakllantirilishi mumkin.

Agar ushbu manbalar etarli bo'lmasa, davlat federal organlari va Rossiya Federatsiyasi sub'ektlarining vakolatlari mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlariga yuqori darajadagi byudjetlarning boshqa daromad manbalariga o'tishi mumkin. Mahalliy byudjetning minimal darajasini baholashda o'tgan yillardagi balanslar hisobga olinmaydi.

Mahalliy byudjetlarning xarajatlari bevosita mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi . Ular aholining asosiy talablarini ijtimoiy standartlar darajasida qondirishni ta'minlashi kerak. Davlat vakolatlarini bajarish uchun foydalaniladigan mablag'lar har yili Rossiya Federatsiyasi ta'sis ob'ektlarining barcha byudjetlarida beriladi. Ushbu xarajatlar o'zgarishi federal davlat hokimiyati organlari tomonidan nazorat qilinadi. Yuqori darajadagi hokimiyat qarori mahalliy byudjet xarajatlarining oshishiga olib keladigan bo'lsa, ushbu mablag'lar ushbu qarorni qabul qilgan organlar tomonidan qoplanadi.



Davlat mahalliy byudjetning ushbu mablag'lardan foydalanish bo'yicha yo'nalishlarni erkin aniqlashga haqli mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanishini kafolatlaydi. Xuddi shu narsa yil oxirida shakllangan mablag'lar balanslarini yo'qotish uchun ham qo'llaniladi. Byudjetni tartibga solish eng kam ijtimoiy standartlarga, byudjet xavfsizligi me'yorlariga va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Mahalliy byudjet xarajatlar qismida joriy davrning va byudjetning byudjetiga bo'linadi. Birinchi guruh kapital qurilishni moliyalashtirish, yirik loyihalarga investitsiya qilish, uy-joy fondini ta'mirlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, o'quv jarayonini, sog'liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa sohalarni moliyalashtirishni o'z ichiga oladi. Ikkinchidan - kengaytirishni ko'paytirish uchun zarur bo'lgan xarajatlarni qoplash uchun mablag'lar ajratish: korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun kreditlar, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ekologiya dasturlari va boshqalar.
Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling