Mutafakkirlarning bola tarbiyasiga oid qarashlari va ulardan tarbiya jarayonida foydalanish


Download 121.14 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi121.14 Kb.
#1509292
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIGA OID QARASHLARI VA ULARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI,
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI,
MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI


MAKTABGACHA PEDAGOGIKA
FANIDAN





MAVZU: “MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIGA OID QARASHLARI VA ULARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH”
Bajardi: 2-kurs talabasi
Ziyotova Munisa
Ilmiy rahbar: Abdulla Usmanov
NAVOIY-2022

M U N D A R I J A
Kirish ……………………………………………………………..…..………. ..3-7
Asosiy qism …………………………………………………………..…..… 7-27
1. Tarbiya jarayonining mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari………8-13
2. Sharq mutafakkirlarning merosi tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli sifatida.……………………………………………………….………………..14-19
3. Sharq allomalaring tarbiyaviy qarashlari.……,,,,….……………..……..…..20-24
4. Komil insonni tarbiyalashda oilaning o’rni ………………………..…........25-27
Xulosa………………………………………………………….…….… …….27-28
Adabiyotlar………………………………………………………………………29

KIRISH

Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi konsеpsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim konsеpsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Bukilmas iroda va jasorat na’munasini amalda namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”-degan fikrlarni aytib o’tgan.


Tarbiya yosh avlodni ma’lum maqsad yo‘lida kamol toptirish, uning ongi va xulq-atvorini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidir. Turli ta’riflarda tarbiya mazmuni turlicha talqin qilinsa ham, ularni bitta xususiyat-yosh avlodni kelgusi hayotga tayyorlashga yo‘naltirilganligi birlashtirib turadi. Turli jamiyatda, har-xil shart-sharoitda tarbiyaning maqsadi, mazmuni va amalga oshirish imkoniyatlari ham turlicha bo‘ladi. Tarbiya jarayoni aniq tarixiy sharoitda aynan o‘sha davr uchun dolzarb bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ya’ni tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmuidir.
Mutafakkirlarning bola tarbiyasiga oid qarashlari va ulardan tarbiya jarayonida foydalanish kerakligi har bir oilaning, pedagogning vaholanki jamiyatning muhim vazifasi ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Download 121.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling