Mutafakkirlarning bola tarbiyasiga oid qarashlari va ulardan tarbiya jarayonida foydalanish


Download 121.14 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi121.14 Kb.
#1509292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIGA OID QARASHLARI VA ULARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH

KURS ISHI MATERIALLARI. Mavzuni yoritishda «Ta’lim to’risidagi qonun» ta’lim sohasiga oid respublika qarorlari hamda bolalar adabiyoti yuzasidan darsliklar, ilmiy qo’llanmalar, masalaga oid ilmiy-uslubiy maqolalar nazariy asos bo’lib xizmat qildi.
KURS ISHINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Maktab va pedagogika koʼp asrlik tarixiy yoʼlni bosib oʼtgan, eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda milliy oʼz-oʼzini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bogʼlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakillantirish, pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish, pedagogik gʼoyalarni tahlil etish asosida ularni oʼquv-tarbiya jarayoniga tadbiq etilishini ko’rishimiz mumkin.
ISHNING TADQIQ USULLARI: Ishni yoritishda kuzatish, tavsiflash, tahlil qilish, dalillash, qiyoslash, zidlash kabi tahlil usullaridan samarali foydalanildi.
ISHNING TUZILISHI: Ish Kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1. Tarbiya jarayonining mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Tarbiyaning ijtimoiy hayotda tutgan beqiyos ahamiyati haqida Sharq va G‘arb mutafakkirlari, ko‘plab pedagog-olimlar tomonidan ta’rif berilgan.
Tarbiya yosh avlodni ma’lum maqsad yo‘lida kamol toptirish, uning ongi va xulq-atvorini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidir. Turli ta’riflarda tarbiya mazmuni turlicha talqin qilinsa ham, ularni bitta xususiyat-yosh avlodni kelgusi hayotga tayyorlashga yo‘naltirilganligi birlashtirib turadi. Turli jamiyatda, har-xil shart-sharoitda tarbiyaning maqsadi, mazmuni va amalga oshirish imkoniyatlari ham turlicha bo‘ladi. Tarbiya jarayoni aniq tarixiy sharoitda aynan o‘sha davr uchun dolzarb bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ya’ni tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmuidir.
Demak, tarbiyaning maqsadi, mazmuni va vositalari u amalga oshirilayotgan jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan ham qadimdan axolinining chorvachilik, dehqonchilik yoki boshqa soha bilan shug‘ullanishidan kelib chiqqan holda tarbiya jarayoni ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan.
Tarbiyaning bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotganligini xususida, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagicha fikr yuritadi; “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq.
Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz”.
Shaxs hayoti davomida juda ko‘p stixiyali va maqsadli ta’sirlarga duch keladi. Muhit, obyektiv borliqning ta’siri shaxs uchun, tarbiya uchun boshqarilmaydigan ta’sirlar sirasiga kirsa, Ota-onalar, tarbiyachilar, maktab o‘qituvchilarining ta’siri boshqariladigan ta’sirlar hisoblanadi. Ko‘pchilik tarbiyaviy ta’sirlar yig‘indisi shaxs darajasida maqsadli o‘zgarishlarni keltirib chiqara oladigan yagona tarbiya jarayoniga aylanadi.
Agar hayvonot dunyosida asosan instinktlar yordamida rivojlanadigan bo‘lsa, inson bolasi aynan tarbiya, ya’ni maqsadli tashkiliy – uslubiy ta’sirlar yordamida kamolga yetadi. Bu ta’sirlar oiladagi an’analar va urf – odatlarga tayanadigan bo‘lsa, ta’lim muassasalarida maxsus ma’lumotlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Shu boisdan, o‘zining kelajagini, ertangi kunini o‘ylaydigan davlat, jamiyat birinchi navbatda yosh avlodga, uning ta’lim-tarbiyasiga asosiy e’tiborni qaratadi. Yosh avlod taqdiriga befarq bo‘lgan jamiyatning ertangi kuni tanazzulga yuz tutadi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidanti Islom Karimov bu haqda shunday degan edi: “...ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojlanishini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu boisdan bu sohaga yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi...
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”.
“Ta’lim-tarbiya o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan bir jarayonning – shaxsning shakllanishi va rivojlanishi jarayonining ikki tomonidir. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlash jarayonini, shu jumladan ta’lim va bilim olishni ham o‘z ichiga oladi. Bir butun tarbiya jarayonida uning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qismi ajratiladi: hayotni bilish va unga munosabatni shakllantirish. Hayotni bilish asosan ta’limning vazifasi bo‘lsa, tarbiyaning vazifasi unga nisbatan munosabatni shakllantirishdan iborat”.
Darhaqiqat, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy pozitsiyasi uning turli vaziyatlardagi xulq-atvorni belgilab beradi. Shaxsning pozitsiyasi qanchalik aniq va barqaror bo‘lsa, hayot sharoitlarining salbiy ta’siri shunchalik kam bo‘ladi. Barqaror qarashlar va mustahkam e’tiqodga ega bo‘lgan shaxsning o‘zi atrofidagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiya bir butun jarayon bo‘lib, uning turlarga bo‘linishi ham mazkur murakkab jarayonni chuqurroq tahlil qilish va o‘rganish maqsadida shartli ravishda amalga oshiriladi. Xohlagan o‘qituvchidan “O‘quvchilarni o‘qitish osonmi yoki ularni tartibga chaqirib, sinfni tinchlantirishmi?” – deb so‘rasangiz, bir ovozdan “Sinfda tartib bo‘lsa, o‘qitish juda oson”. – deb javob berishadi. O‘zimiz ham shunday javob bergan bo‘lardik. Buning boisi nimada?
Chunki, Tarbiya o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘ta murakkab jarayon. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  1. Tarbiyaning maqsadga yo‘nalgan jarayon ekanligi.

  2. Tarbiyaning kompleksli amalga oshirilishi.

  3. Tarbiya jarayonining ikki tomonlama jarayon ekanligi

  4. Tarbiyaning ko‘p qirrali jarayon ekanligi.

  5. Tarbiya jarayonining uzoq muddatliligi.

  6. Tarbiya natijasini tezda aniqlab bo‘lmasligi.


Download 121.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling