Mutafakkirlarning bola tarbiyasiga oid qarashlari va ulardan tarbiya jarayonida foydalanish


Komil insonni tarbiyalashda oilaning o‘rni


Download 121.14 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi121.14 Kb.
#1509292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIGA OID QARASHLARI VA ULARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH

4. Komil insonni tarbiyalashda oilaning o‘rni.

Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuygʼulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod boʼlishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda oʼsib-unayotgan bolalarimizga bogʼliq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yoʼlga qoʼyilar ekan, oʼsha oila, oʼsha mahalla gullab-yashnaydi.


Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol koʼpchilikni oʼylantiradi. Koʼpchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tugʼilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shugʼullanish lozim, deb javob bergan.
Oila, odob-axloq va taʼlim-tarbiyaga eʼtibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qoʼshni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning oʼzi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechogʼlik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar koʼchada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo oʼtib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib toʼgʼri yoʼlga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, goʼzal xulqli boʼlish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.
Oiladagi muhit ota-ona oʼz maʼsuliyatlarini his qilishi bilan barqaror boʼladi. Bolalarning odobli boʼlib ulgʼayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida koʼrganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz.
Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan oʼzaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan boʼladi. Shuning uchun uning atrofdagilari oʼz odatlari bilan baʼzan oʼzlari sezmagan holda ularga taʼsir qiladilar. Oiladagi qoʼpol munosabatlar, koʼp yolgʼon gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy taʼsir qiladigan nosogʼlom muhitni keltirib chiqaradi.
Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim oʼrin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qoʼpol, dagʼal soʼzlar eshitib, kaltak yeb katta boʼlsa, bu uning tabiatiga salbiy taʼsir qiladi. Bu esa oʼz navbatida oiladagi nosogʼlom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “maʼnaviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat maʼnaviyatiga ham salbiy taʼsir koʼrsatadi.
Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat” taʼsiriga berilib ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy taʼsir koʼrsatmoqda.
Donishmandlik pеdagogikasida yoshlarda mehnatsеvarlik ma'naviy - axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan. Bu pеdagogik qarashlar mashhur «Avеsto» (er.av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kеlib O’rta Osiyo, qadimgi Hindiston pеdagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan. 610 yillarga kеlib yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da inson mohiyati to’la ochib bеrilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo’yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug’ xazina Al-Buxoriy hazratlarining Hadislarida bеriladi. Jumladan, (38-hadis) ”Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”: (626-hadis) ”Har bir go’dak Islom tabiatida tug’iladi, so’ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi”: (136-hadis) ”Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi”. Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib bеriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning bеshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi.
1. Mehnatim muhabbatim.
2. Ma'rifatim sarmoyam.
3. Dinim aqlim.
4. Ilmim qurolim.
5. Sabru qanoat libosim.
IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.

Download 121.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling