Shunga qaramay, o`zbek adabiyotida hali badiiy-g`oyaviy jihatdan yuksak asarlar juda kam edi. O`zbek adabiy til va jonli so`zlashuv tilining boy imkoniyatlari hali to`laligicha namoyon bo`lgan emas edi, uning boy xazinasi shoirlar nazaridan yashirin qolib kelmoqda edi. «Bu alfoz va iboralarda bu nav`daqoyiq ko`pdurkim, bu bukunga degincha hech kishi haqiqatga mulohaza qilmagal jihatidin bu bu yashurun qolibdur». Bu davrlarda fors-tojik adabiy tili va adabiyoti esa ko`p asrlik katta taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan edi, uning lug`at boyligi, xilma-xil badiiy tasvir vositalari, uslub rang-barangligi va imkoniyatlari buyuk so`z san`atkorlari tomonidan mukammal ishlanib sayqal topgan edi. Fors-tojik adabiyoti haqida, uning imlo-qofiya va lug`ati haqida bir qator kitoblar, tazkiralar ham yaratilgan edi. hu sababdan shoirlar nazdida bu tilda she`rlar bitish, asarlar yozish bir muncha osonroq va engilroq ko`rinar edi. Hatto ko`pgina o`zbek yozuvchi-shoirlari ham o`z asarlarini ona tilida emas, balki fors-tojik tilida yozar edilar. Buni Navoiy ham qayd qiladi: «Va hunariz turkning sitam zarif yigitlari osonlikka bo`la forsiy alfoz bila nazm ayturga mashg`ul bulubturlar». Xolbuki, turkiy elatning nufuzi ancha ko`paygan, mavqei kengaygan bir davrda mamlakatda ko`proq xalq bilan xalq tilida so`zlashishi lozim edi. - Shunga qaramay, o`zbek adabiyotida hali badiiy-g`oyaviy jihatdan yuksak asarlar juda kam edi. O`zbek adabiy til va jonli so`zlashuv tilining boy imkoniyatlari hali to`laligicha namoyon bo`lgan emas edi, uning boy xazinasi shoirlar nazaridan yashirin qolib kelmoqda edi. «Bu alfoz va iboralarda bu nav`daqoyiq ko`pdurkim, bu bukunga degincha hech kishi haqiqatga mulohaza qilmagal jihatidin bu bu yashurun qolibdur». Bu davrlarda fors-tojik adabiy tili va adabiyoti esa ko`p asrlik katta taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan edi, uning lug`at boyligi, xilma-xil badiiy tasvir vositalari, uslub rang-barangligi va imkoniyatlari buyuk so`z san`atkorlari tomonidan mukammal ishlanib sayqal topgan edi. Fors-tojik adabiyoti haqida, uning imlo-qofiya va lug`ati haqida bir qator kitoblar, tazkiralar ham yaratilgan edi. hu sababdan shoirlar nazdida bu tilda she`rlar bitish, asarlar yozish bir muncha osonroq va engilroq ko`rinar edi. Hatto ko`pgina o`zbek yozuvchi-shoirlari ham o`z asarlarini ona tilida emas, balki fors-tojik tilida yozar edilar. Buni Navoiy ham qayd qiladi: «Va hunariz turkning sitam zarif yigitlari osonlikka bo`la forsiy alfoz bila nazm ayturga mashg`ul bulubturlar». Xolbuki, turkiy elatning nufuzi ancha ko`paygan, mavqei kengaygan bir davrda mamlakatda ko`proq xalq bilan xalq tilida so`zlashishi lozim edi.
- Buning ustiga o`zbek kitobxonlarining fors-tojik tilini bilgan o`qimishli bir qismidan tashqari, xalqning asosiy ko`pchiligi bu adabiyotdan bahramand emas edi. Buni yaxshi tushungan Navoiy «Arbain» asarida bunday deydi: Forsiydonlar aylabon idrok, Oriy erdi bu naf`din atrok. Istadimki, bu xalq ham bori Bo`lmagaylar bu naf`din oriy.
- Binobarin dastlab Navoiyning o`zi fors-tojik adabiyoti namunalarini chuqur o`rgandi, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Hoqoniy, Anvariy, Sa`diy, Hofiz Fariddin Attor, o`z ustozi va do`sti Abduraxmon Jomiy va boshqalarning boy adabiy merosini o`zlashtirdi, ularning adabiy-ijodiy an`analarini ona tilida davom ettirdi, «Xazoyin-ul maoniy»dagina 16 xil adabiy janrda asarlar yaratdi. Buyuk shoir «Xamsa», «Lison-ut tayr» , «Maxbub-ul qulub», «Nazm-ul javohir», «Nasoim-ul muhabbat», «Arbain» singari shox asarlar bilan o`z xalqining adabiy-badiiy durdonalardan bahramand qildi, ayni zamonda o`z xalqi orasidan etishib chiqqan shoirlar ona tilida asarlar yaratishga da`vat etdi.
- Navoiy «Muhokamat –ul Lug`atayn»da o`zbek tilining boyligi, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini asoslab bergandan keyin shoilarga murojaat qilib bunday deydi: «Andin so`ngrakim, turk tilining jome iyati muncha daloil bila sobit bo`ldi, kerak erdimki, bu xalq orasidin paydo bo`lg`on tab` salohiyat va tab`larini o`z tillari torg`och, o`zga til bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikkalasi til bila aytur qobiliyatlari bo`lsa, o`z tillari bila ko`proq aytsalar erdi va yana bir til bila ozroq aytsalar erdi. Va agar mubolag`a qilsalar, ikkalasi til bila teng aytsalar erdi. Bu ehtimolga xud yo`l bersa bo`lmaskim, turk ulusining xush tab`lari majnun sort tili bila nazm aytkaylar va bilkul turk tili bila aytmagaylar, balki ko`pi ayta olmagaylar...».
- Navoiy ona tilini forsig`oylar tanasidan butunlay xolos etish uchun ona tilini tahqirlagan, uni mensimagan shoirlarga qarshi keskin kurash olib bordi. U ilm-fanda arab tili va badiiy adabiyotda fors-tojik tili an`analarini keskin rad etdi, ona tilining boyligini, badiiy-uslubiy vositalari, imkoniyatlarini namoyish etdi. hoir barcha badiiy asarlari «Majois-un nafois» va boshqa ilmiy asarlarini ona tilida yaratdi. Navoiy «Muhokamat-ul lug`atayn»da boshqa-boshqa oilaga mansub bo`lgan ikki tilni bir-biriga qiyoslab o`rganish orqali o`zbek tilining ham boy tillardan bo`lib, g`oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratishda u katta imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlaydi, uning to`liq ma`noda rivojlangan adabiy til ekanligini amaliy ravishda va ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |