«Muhokamat-ul lug`atayn» da muallif tilning lug`at boyligi, fonetik tuzilishi va grammatik shakllari bilan birga so`z va iboralarning uslub xususiyatlarini predmet, belgi, harakat kabilarni turli tomondan ixcham-qisqa va aniqroq ifodalashda ularning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatdi. M: «... Xusn ta`rifida ulug`roq xoldakim, turklar meng o kuyupturlar». Bayt: «Aningkim, ol enginda meng yaratdi, Buyi birla sochini teng yaratdi» Deb yozadi shoir. - «Muhokamat-ul lug`atayn» da muallif tilning lug`at boyligi, fonetik tuzilishi va grammatik shakllari bilan birga so`z va iboralarning uslub xususiyatlarini predmet, belgi, harakat kabilarni turli tomondan ixcham-qisqa va aniqroq ifodalashda ularning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatdi. M: «... Xusn ta`rifida ulug`roq xoldakim, turklar meng o kuyupturlar». Bayt: «Aningkim, ol enginda meng yaratdi, Buyi birla sochini teng yaratdi» Deb yozadi shoir.
- Navoiy o`zbek tili bilan fors-tojik tilini qiyosiy o`rganish, o`zbek tilining lug`at boyligini ko`rsatishda xolisona fikrlarni bayon qiladi: birining ahamiyatini oshirib, ikkinchisini kamsitib qaramaydi. Balki har ikkalasi tilga barobar munosabatda bo`ladi, til hodisalarini, aniq faktlarni chuqur tahlil qilish asosida o`zbek tilining ham fors-tojik tili singari boy va go`zalligini, ixcham grammatik shakllarga ega ekanligini, unda chiroyli badiiy asarlar yaratish imkoniyatlari keng ekanligini namoyish qiladi. Bu haqda Navoiy sShunday deydi: «Bu so`zlardan xasm mundoq bilmasun va mudday bu nav` gumon qilmasunki, mening ta`bim turk alfozda muloyim tushgan uchun ta`rifida mubolag`a izxor qilurmen va forsiy iboratka munosabatim ozroq uchun inkor va nafiyga isror ko`rguzurmnkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istixosin kishi mendan ko`prak qilmaydur erkin va salox va fazodin mendin yaxshiroq bilmaydur erkin...». Darhaqiqat fors-tojik tili Navoiy uchun ikkinchi ona tiliday bo`lgan. U yoshligida ijodiy faoliyatini shu tilda she`rlar mashq qilish, yozish bilan boshlagan,umrining oxirigacha «Foniy» taxallusi bilan g`azallar, rivoiy va qasidalar bitgan, maxsus devon tuzgan. Uning fors-tojik tilidagi asarlarini ustoz Jomiy ham yuqori baholagan.
- Ikki tilni qiyoslab o`rganish jarayonida Navoiy bu tillarga boy barcha masalalarni to`la hal qilib berish vazifasini qo`ymaydi. U «Muhokamat-ul lug`atayn»da bu masalaning faqat bir tomoniga- asosan fors-tojik tiliga muqobil bo`lmagan o`zbekcha so`zlarni tahlil qilish bilan birga chegaralanadi, shular asosida ma`lum xulosalara keladi. Aksincha, fors-tojik tillarga arab tilidan kirib qolgan so`zlar haqida hech narsa demaydi. Xolbuki, o`zbek tilini himoya qilish, uni har xil ta`na- kamsitishlardan qo`tqarish uchun har ikkala tilning o`zaro bir-biriga ta`sirini ko`rsatish va shu orqali o`zbek tilining lug`at boyligi jihatidan badiiy asarlar yaratishga katta imkoniyatlarga ega ekanligini aniqlash lozim edi. To`g`ri, Alisher Navoiy arab va fors- tojik tillardan o`zbek tiliga kirib qolgan so`zlar haqida, o`zbek va fors-tojik tillarning o`zoro aloqasi haqida bo`nday deb ma`lumot beradi. «Har miqdorkim bu birining u biri bila omezish va gufti guzori bor, ul birining bu biri bila xamonchi takallum va guftori bor».
- Ammo qiyosiy tadqiqot o`zbek tilining fors-tojik tiliga ta`sirini va aksicha fors-tojik tilning o`zbek tiliga ta`sirini kengroq aniqroq yoritishni taqazo etadi. Demak, «Muhokomat- ul lug`atayn» o`zbek adabiy tilning takomiliga erishuvi uchun Navoiy olib borgan kurashining, u amalga oshirgan btun adabiy, ilmiy va ijtimoiy- siyosiy faoliyatining yakuni, umumlashmasi sifatida maydonga keldi. Alisher Navoiyning tula asos bilan va haqli ravishda o`zbek adabiy tilining asoschisi deb hisoblaymiz. Bu albatta, Navoiy qandaydir yangi bir til yaratdi degan ma`noni anglatmaydi. Ammo Navoiyning buyuk xizmatlarini kamsitish ham adolatdan emas. Shuni ta`kidlash kerakki, ikki shaxs, alohida bir kishi, hatto Navoiy singari daho iste`dod va qobiliyat sohibi bo`lsa ham, u o`z xalqi tilini yarata olmaydi. Biroq ona tilining takomili uchun, uning yashirinib yotgan juda katta imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishda nihoyatda vazifalarni bajarishi mumkin.
- Navoiy yaratgan juda ko`p hikmatli so`z va iboralar xalq maqollariga aylanib ketsa, uning obrazli badiiy iboralari esa xalqning ibratli hikmatlariga aylandi va o`zbek tili frazeologiyasini boyitdi. Bunday birikma va iboralar orqali u ijtimoiy hayotdagi voqea – xodisalarining xalq donoligiga xos tipik xususiyatlarni umumlashtirib, qisqa- lo`nda va mazmunli ifodalash namunalarni ko`rsatdi. hu tariqa Navoiy uzining badiiy asarlari orqali o`zbek adabiy tilining bitmas-tuganmas boyligini ko`rsatdi, uning istiqbollarini kelgusi taraqqiyot yo`llarini belgilab berdi. Navoiy bu to`g`rida faxrlanib, «Muhokamat-ul lug`atayn»da: «..umidim uldir va xayolimga andoq kelurkim, suzuv martabasi avjdin kuyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a`lo darajada o`zga erni beganmagay»degan edi. Bu sohada o`z faoliyati va xizmatlari haqida bir qancha faxriyalar yozdi.
Etiboringiz uchun raxmat!!
Do'stlaringiz bilan baham: |