Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov


Download 1.03 Mb.
bet3/8
Sana23.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1224078
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mutal

Mutal Burhonov


O’zbekiston Davlat madhiyasi musiqasini yaratgan taniqli bastakor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi M. Burhonov «O’zbekiston xalq artisti» unvoni, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Davlat mukofotlari sohibidir. Bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov 1916 yilda Buxoroda tug’ilgan. Musiqadan ilk saboqni Samarqand musiqa va xoreografiya institutida, so’ng Moskvada taniqli musiqa allomalaridan oldi.
Tarjimai hol
1941 — 1942 yillarda Moskva mudofaasi ko’ngillilari safida bo’ldi, sog’ligi yomonlashganligi sababli Toshkentga qaytdi va ijod bilan shug’ullandi. 1947 yilda yana o’z ishini davom ettirib, 1949 yilda Moskva konservatoriyasini bitirdi.
M. Burhonov ijodiy faoliyatini 30 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, dastlab «Ey, bulbul», «Ishk o’ti» (Mashrab), «Ishqida» (Uyg’un), «Tabassum qilmading» (Navoiy), «Namedonam chi nom dorad» (Hofiz) kabi romanlarni yozdi, 1941 yilda Uyg’un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» she’riy dramasiga musiqa, 1942 yilda T. Jalilov, T. Sodiqov, M. Vaynberg, A. Klumovlar bilan hamkorlikda «O’zbekiston qilichi» musiqali dramasiga musiqa bastaladi.
1947 yilda shoir Temur Fattoh she’ri asosida O’zbekiston Davlat madhiyasi musiqasini yaratdi. O’rta Osiyo xalqlari qo’shiqlarini o’zbek xalq cholg’u asboblari va jo’rsiz xor uchun qayta ishladi. «Samolyot» (H. Olimjon), «Kapalak» (3. Diyor), «Vatan qo’shig’i», «Ashula bayrami» (G’. G’ulom) kabi mashhur bolalar qo’shiqlarining ham muallifidir.
Bastakor 50 yillarda «Bahor qushlari» vokal poema, «Abu Ali ibn Sino» simfonik syuita, yakkaxonlar, xor va simfonik orkestr uchun asarlar hamda 1968 yilda «Alisher Navoiyga qasida» (A. Oripov) kabi katta shakldagi musiqa asarini yaratdi. Uning yarim asrdan ziyod davr mobaynida turli janrlarda yaratgan qo’shiqlari, lirik romanlari, jo’rsiz xor uchun qayta ishlangan Sharq xalqlari kuylari, jozibali vokal simfonik asarlari, kino musiqalari zamonaviy musiqa san’atimizning «Oltin xazina»sidan o’rin oldi.
«Abu Ali ibn Sino», «Samolyotlar qo’nolmadi», «Maftuningman», «Orol baliqchilari» (I. Ikromov, M. Levievlar bilan hamkorlikda), «Surayyo», «Boy ila xizmatchi», «Istiqbol yo’li» kabi badiiy filmlarning musiqalari ham M. Burhonov qalamiga mansub.
Bastakor hozirgi mustaqillik kunlarida yanada katta g’ayrat bilan qizg’in ijod etmoqda. «Alisher Navoiy» (1991) operasini, O’zbekiston Davlat madhiyasi musiqasini yaratdi. Abdurahmon Jomiy she’riga bastalangan «Shiru shakar» yangi qo’shig’i va qatag’on yillarida shahid bo’lgan Fayzulla Xo’jaev, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat kabi elning asl farzandlari va o’zining akasi va amakilarining porloq xotiralariga bag’ishlangan «Abadiy xotira» rekviem-marsiyasini yaratdi.
Taniqli bastakor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi M. Burhonovning o’zbek musiqa san’ati ravnaqidagi xizmatlari yuksak taqdirlandi. U «O’zbekiston xalq artisti» unvoni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Davlat mukofotlari sohibidir. O’zbekistok Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling