Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov
Buxoroda Mutal Burhonovning uy-muzeyi ochildi
Download 1.03 Mb.
|
Mutal
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUTAL BURXONOV UY-MUZEYIGA SAYOHAT (FOTOREPORTAJ)
Buxoroda Mutal Burhonovning uy-muzeyi ochildiBuxoro shahrining Bahouddin Naqshband ko‘chasida milliy musiqa san’ati namoyandalaridan biri Mutal Burhonovning uy-muzeyi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Foto: O‘zA Uy-muzey Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qo‘riqxonasining filiali maqomida tashkil etildi. Mutal Burhonov umrining so‘nggi davrlarida, 1997—2002 yillarda o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahardagi mazkur mahallada, ushbu uyda yashadi. Bu yerda bastakor hayoti va ijodi bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq foto suratlar, turli hujjatlar, musiqa asboblari, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari jamlangan. Foto: O‘zA Muzey “Mutal Burhonov umr yo‘li”, “Bastakor ijod xonasi”, “E’tirof, ehtirom”, “Musiqa tarixi” kabi bo‘limlardan iborat. Uy-muzeyida Markaziy Osiyoda musiqa san’ati rivojlanishiga oid hujjatlar, XVIII asrda Buxoroda shakllangan “Shashmaqom”ning dastlabki notaga solinishi, u bilan bog‘liq ilk tadqiqotlar, O‘zbekiston madhiyasi musiqasining yaratilish jarayoni aks etgan lavhalar ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz. MUTAL BURXONOV UY-MUZEYIGA SAYOHAT (FOTOREPORTAJ)11.01.2022 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘grisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir. O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo‘r ehtirom bilаn qаrаsh O‘zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.Mutal Burhonov musiqasi, Abdulla Oripov so'zi.2020-yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Tarix va madaniy meros fakulteti "Islom tarixi va manbashunosligi" yo‘nalishi I-kurs talabalari Mutal Burxonov uy-muzeyida bo‘lishdi.BuxDU tuzilmasidagi Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori A.HamroyevBuxDU Matbuot xizmati Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarib qoʻyish hangomasi yoxud Mutal Burhonov uy – muzeyi nega “Obod mahalla” dasturi doirasida obod boʻlmay qoldi?15:12 06 Aprel 2021 Madaniyat 2053 0 Yaqinda saytimizda atoqli bastakor, Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi musiqasi muallifi Mutal Burhonov uy – muzeyiga doir maqola eʼlon qilingandi. Unda ushbu maskan joylashgan bino oldidagi koʻngilni xira etadigan manzara toʻgʻrisida ham qisqacha toʻxtalib oʻtilgan edi. Shundan soʻng bizda uy – muzey kirish qismidagi noxush holat, uning sabablarini chuqurroq oʻrganish fikri tugʻildi. Aniqlanishicha, bu maskan 2018-yilda Buxoro davlat muzey – qoʻriqxonasi tomonidan joriy taʼmirlangan va moddiy texnika bazasi mustahkamlangan. Jumladan, u zamonaviy vitrinalar, kompyuter jamlanmasi, konditsioner, pult, videokuzatuv moslamalari bilan taʼminlandi. Bino kirish qismida bruschatkali yoʻlak, nogironlar yoʻlakchasi, metall ushlagich, soyabon, svetodiotli targʻibot tablosi oʻrnatildi.Havoza yangilandi.Bu ishlarga 18 million soʻm miqdorida mablagʻ sarflandi. Uy – muzeyning 2018-yilgi koʻrinishi Darhaqiqat, bizga uy – muzey filiali mudiri S. Qobilov taqdim qilgan, 2018-yilda olingan suratlarga boqib, chindan ham maskan atrofi obodonlashtirilganini, yon – atrof saranjom – sarishta, koʻrkam qiyofa kasb etganini koʻrish mumkin. Uy – muzeyning 2018-yilgi koʻrinishi Uy – muzeyning 2018-yilgi koʻrinishi Ammo oradan koʻp vaqt oʻtmay muzey oldidagi bruschatkali yoʻlak, metall ushlagich, naves yaʼni soyabon buzib tashlandi. Tok kesildi. Bu shahardagi Gʻ.Gʻulom, Turki Jandi MFYlari qatorida M. Burhonov mahalla fuqarolar yigʻinining “Obod mahalla” dasturiga kiritilganidan soʻng roʻy berdi.Chunonchi,Buxoro shahar hokimining 2019-yil 20 va 29-avgustdagi farmoyishlariga koʻra, B. Naqshband koʻchasi 182/1-uyda joylashgan Mutal Burhonov uy – muzeyi taʼmirlanadigan boʻldi. Qurilish- taʼmirlash ishlariga shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachi etib belgilandi. Mazkur boshqarma zimmasiga bir qator vazifalar, jumladan, obyektda qurilish – montaj ishlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash masʼuliyati yuklandi. 29-avgustdagi 201F- sonli farmoyishda uy oldida dam olish maskani qurish, hatto uy – muzey yonida M. Burhonov haykalini oʻrnatish vazifasi ham qoʻyildi. Buyurtmachi bilan pudratchi tashkilot –«Feruz – Farrux invest» masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida shartnoma tuzildi.Har ikkala farmoyishning bajarilishini nazorat qilish esa oʻsha paytda shahar hokimining oʻrinbosari vazifasida ishlayotgan Oʻ. Jumayev ( ayni paytda esa u shahar hokimi)zimmasiga yuklandi. Niyatlar yaxshi edi, albatta.Negaki, maqsad amalga oshsa davlatimiz Madhiyasi musiqasi muallifining uy – muzeyi yana-da obod boʻlar, sayyohlik obyekti sanalgan bu goʻshaning fayziga fayz qoʻshilardi. Ammo... Shu ikki farmoyish hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan manzilli roʻyxat asosida «Feruz – Farrux invest» MCHJ tomonidan uy- muzeyni joriy taʼmirlash ishlariga kirishildi. Mazkur tashkilot ishchilari loyihada koʻzda tutilgan yumushlarni bajarish maqsadida 2018-yilda uy – muzey oldida barpo qilingan yoʻlak, metall ushlagich, soyabonni buzib tashlashdi. Gulzor esa tuproq bilan toʻldirilib, katta yoʻlak qurish uchun tayyorlab qoʻyildi.Keyin esa... - 2019-yilning sentyabr oyida «Feruz – Farrux invest» masʼuliyati cheklangan jamiyati hokimiyat tashkilot hisob raqamiga pul koʻchirmaganini vaj qilib, ishni chala tashlab ketdi,- deydi S. Qobilov.-Bino old qismi tugul muzey ichidagi bir qator yumushlar ham bajarilmay qoldi.Hozirgi kunda katta yoʻlak boʻlishi koʻzda tutilgan hududda uch tup archa koʻchati oʻtqazildi.Yer agʻdarib qoʻyildi.Loyihaga koʻra bu joyda bruschatkali yoʻlak qurilishi lozim.Eski gulzor oʻrni qum – shagʻal bilan toʻldirilgan. Uy – muzeyning hozirgi holati Maʼlum boʻlishicha, nafaqat bastakor uy – muzeyi, balki M. Burhonov nomi bilan ataluvchi mahallada ham “Obod mahalla” dasturida koʻzda tutilgan baʼzi ishlar chala – chulpa bajarilgan.Chunonchi, Koʻksaroy koʻchasidagi bir qator koʻpqavatli turar – joylarda bino fasad qismi va uy tom qoplamalari taʼmirlanmagan. Aytmoqchi, shahar hokimi farmoyishida koʻzda tutilgan M. Burhonov haykalini oʻrnatish masalasi ham yechimini topganicha yoʻq. Ajablanarlisi, shahar hokimi farmoyishida M. Burhonov haykalini oʻrnatish haqida soʻz boradi. Amalda esa «Feruz – Farrux invest» MCHJ uy – muzey hovlisida M. Burhonov byustini oʻrnatish uchun Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, haykaltarosh, yakka tartibdagi tadbirkor Bekmurod Hakimov bilan 2019-yilda shartnoma tuzgan.Vaholanki, haykal bilan byust oʻrtasida ancha – muncha farq bor. Aytmoqchi, haykaltarosh ham shartnoma shartlari bajarilishiga ishonib, ijodiy ishga kirishgan. Ammo oradan bir yildan ziyod vaqt oʻtsa hamki moliyalashtirishdan darak yoʻq. Uy – muzeyning hozirgi holati Bizdagi maʼlumotlarga qaraganda, byust uchun 50 million soʻm, uy – muzey atrofini obodonlashtirish uchun esa 600 million soʻm mablagʻ ajratilishi kerak edi. «Nahotki, Oʻzbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohibi, Davlat Madhiyasi musiqasi muallifi Mutal Burhonov byusti va uy – muzeyni obodonlashtirish uchun bir yildan buyon shu mablagʻ topilmasa”, deydi oʻzining yozma murojaatida haykaltarosh. Yuqoridagilardan koʻrinadiki, bu holga uy – muzeyning ham, mahalla fuqarolar yigʻinining ham dahli yoʻq. Hamma gap “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlarning chala bajarilganida. Uy – muzeyning hozirgi holati Shunday ekan, haqli savol tugʻiladi: “Obod qishloq”dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining 2019-yil 15-apreldagi yigʻilishi bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro shahar hokimi tomonidan qabul qilingan ikkita farmoyish ijrosi nega taʼminlanmadi? Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarishni eslatuvchi holat yuzaga kelgani uchun kim masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi? Bu savollarga buyurtmachi tashkilot- shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Buxoro shahar hokimligidan javob kutib qolamiz. Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi” Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling