Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov


Mutal Burhonov — O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasi muallifi


Download 1.03 Mb.
bet4/8
Sana23.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1224078
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mutal

Mutal Burhonov — O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasi muallifi


10 dekabr` — O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. CHorak asrdan oshiqroq vaqt o'tibdiki, bu musiqa er yuzida xalqimiz hurligi, davlatimiz mustaqilligi, g'urur va iftixorimiz, shonu shavkatimiz timsoli sifatida yangrab kelmoqda.
Uning musiqasi muallifi — buyuk bastakor, benazir iste'dod sohibi Mutavakkil Burhonov.
O'zbekiston xalk artisti Mutavakkil Burhonov 1916 yilda Buxoro shahrida tavallud topdi. Tengqurlari orasida nozik qalbi va teran mushohadasi bilan ajralib turadigan Mutavakkil o'sha davrning mashhur xofiz va bastakorlari Domla Halim Ibodov, Ota Jalol, Ota G'iyos, Levicha Hofiz singari ulug' san'at fidoyilari izidan bordi, musiqa bastalashni chin dildan orzu qildi. Va shu maqsadi sari tinmay intildi, kurashdi, o'qib o'rgandi va nihoyat orzulari ro'yobga chiqdi.
O'tgan asrning 90 yillari oxirida Buxoro viloyat televideniesida ishlab yurganimda menga Mutavakkil Burhonov ijodiy faoliyati hamda Davlat madhiyasining yaratilish tarixi haqida ko'rsatuv tayyorlash vazifasi topshirildi. O'shanda u kishi bilan ilk bor uchrashish va xonadonlarida bo'lish baxtiga musharraf bo'lganman.
Uylari chog'roq, lekin fayzli va orasta ekan. Devorlarda eski suratlar, musiqa asarlarining notalari tushirilgan namunalar, cholg'u asboblari va qadimiy so'zana osig'lik turardi. O'shanda chin dilan, samimiy suhbatlashgandik. Qarshimda ham qadimiy, ham zamonaviy musiqa bilimdoni turganligini, bu xazinadan hozir foydalanib qolishimni, bunday fursat har doim ham bo'lmasligimni anglaganman.
Buyuk bastakor al`bomidan o'rin olgan lirik romanslar, jozibali badiiy simfonik asarlar, “Abu Ali Ibn Sino”, “Surayyo”, “Maftuningman” singari kinofil`mlarga bastalangan musiqiy durdonalar , o'zbek musiqa san'atining oltin fondiga ko'rk bag'ishlab turgan “Alisher Navoiyga qasida” nomli opera katta shuhrat qozondi. 
Mutal Burhonov ijodi, ayniqsa, mustaqillik yillarida yanada gullab-yashnadi, yuksak qadrlandi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
O'sha suhbatimizda buyuk bastakor xuddi bugungi kunlarni bashorat qilganday shunday degani hamon esimda : “Butun umrim davomida odamlar yodida qoladigan, sira eskirmaydigan, hamma jo'r bo'lib kuylaydigan qo'shiq yaratish niyati bilan yashadim. Niyatim sof edi. Men Davlat madhiyasi musiqasi muallifi sifatida bugun ana shu niyatimga etdim. SHuni bilamanki, meni xalqim hech qachon unutmaydi. Usmon Nosir aytganidek:
Bargdek uzilib ketsam
Unutmas meni bog'im,
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur
Ming yillardan keyin ham,
Unutmas meni bog'im...”
Darhaqiqat, buyuk bastakor bashorat qilganidek, u bugun qalblarimiz va xotiralarimizda yashamoqda. Ilohim, ruhlari shod bo'lsin!

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling