Mutaxasislik fanlarni o‘qitish metodikasi
Download 48.86 Kb.
|
Махсус фан 4 (2)
4.1. O‘qitishning omillari
Yigirmanchi asrning oxiri ta’limdagi innovatsiyalarga katta turtki berdi. Innovatsiyalar - bu pedagogik tizimni sifat jihatidan takomillashtirish uchun xizmat qiladigan g‘oyalar, jarayonlar, vositalar va natijalarning yaxlitligidir. I.I.Podlasiy fikricha, yangiliklar kiritishniig zamonaviy jarayoni tahlili quyidagi darajalarni ajratish imkonini beradi: Past daraja. Bunga, nomlar, ta’riflar va shunga o‘xshash o‘zgartirishlar nazarda tutilgan innovatsiyalar misol bo‘la oladi. O‘rta daraja - mohiyatiga tegmasdan shaklini o‘zgartirish. YUqori daraja - tizim yoki uning asosiy komponentlarini o‘zgartirish. Faqat oxirgisining ilmiy va amaliy ahamiyatga egaligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Qolganlari esa pedagogik nazariya va amaliyotni chalg‘itadi. Bunday "innovatsiyalar"dan faqat ularning tashabbuskorlari manfaatdor bo‘ladi. Ayrim baholashlarga ko‘ra ajratilgan darajalar orasidagi foiz hisobidagi nisbat 80:17:3 ni tashkil qiladi. Millatning innovatsion qobiliyati rivojlanishining yorqin misoli Kadrlar tayyorlash milliy dasturidir. Ma’lumki, ta’limga kiritiladigan har qanday yangilik pedagogika fanining ob’ektiv qonun va qonuniyatlariga mos bo‘lishi kerak, aks holda ular xom xayol bo‘lib qoladi. SHunga qarab, pedagogikaning muhim nazariy qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Bo‘lar o‘qitishning maxsulligi va omillari, uning qonun va qonuniyatlari, printsip va qoidalari. Hisobsiz to‘siqlardan asta-sekin o‘tib borib, o‘qitish jarayonlarining kechishi va natijaliligiga barcha sabablarning bir yo‘lakay ta’sirini qarama-qarshiliklarsiz tasvirini yaratishga yaqinlashishning boshqa yo‘ln yo‘q SHuningdek, bo‘lganidek, o‘qitish sabablarining barchasini xolis tahlil qilishga imkon beradigan ilmiy nazariya ham hozircha yo‘q. SHuning uchun ham agar pedagoglar o‘qitish jarayonini boshqarishni o‘rganib olishga, belgilangan muddatlarda ma’lumotlilikning berilgan darajasiga erishishga iitilsa, u holda ular yakuniy natijalar ulardan bog‘liq bo‘lgan barcha sabablarning bilimlarini to‘liq hajmda egallashlari kerak. Boshqacha yo‘l umuman mavjud emas. Hozirgi pedagogik atamashunoslikda o‘qish jarayonining borishi va natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablarni omillar deb atash qabul qilingan. Ilk maxsus sabab deganda qanchalik kichik bo‘lmasin, albatta, alohida bo‘lgan, biroq bundan keyin uning ma’nosini yo‘qotmasdan turib tashkil etuvchi qismlarga bo‘laklab yuborish mumkin bo‘lmagan sababni tushunamiz. Bunday ilk mahsul sababni elementar (boshlang‘ich) sifatida ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Ilk maxsul sabablar o‘qish jarayoni davomida o‘zgarishi, turli qiymatlar olishi mumkin, ularning ta’sir jadalligi o‘zgarmas bo‘lib qola olmaydi. Omil bu bir gypyhga kiruvchi kamida ikkita ilk mahsul sababdan tashkil topgan ahamiyatli sababdir. Ayrim omillar birlashtirilib, umumiy omil tashkil etiladi. Umumiy didaktik omil qoida tarzida, ko‘p miqdordagi ilk mahsul sabablarni va bir nechta omilni o‘z ichiga oladi. Umumiy omillarni keyingi birlashtirish iatijasida kompleks omil hosil bo‘ladi. Ko‘p mikdordagi ilk maxsul sabablarni, shuningdek omillar va umuman omillarni o‘z ichiga oladi. Tabaqalanishning cho‘qqisida dastlab kompleks, umumiy va ayrim omillarga kiritilgan, muayyan guruhdagi barcha ilk maxsul sabablarni istisnosiz birlashtiradigai bosh omillar turadi. O‘zoq muddatli tadqiqotlar natijasida o‘quv jarayoni natijasining shakllanishini jamlab aniqlaydigan to‘rtta bosh omil ajratilgan: 1. o‘quv materiali; 2.tashkiliy-pedagogik ta’sir; 3.o‘quvchilarning o‘qishga moyilligi; 4.vaqt.
Download 48.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling