Mutaxasislik fanlarni o‘qitish metodikasi


O‘qitishning qonun va qonuniyatlari


Download 48.86 Kb.
bet3/8
Sana02.01.2022
Hajmi48.86 Kb.
#197849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Махсус фан 4 (2)

4.2. O‘qitishning qonun va qonuniyatlari

“Qonun” va “qonuniyat” tushunchalari pedagogikada muhim ahamiyatga egadir. Qonuniyat ob’ektiv, muhim, zaruriy, umumiy, turg‘un va muayyan sharoitlarda qaytariladigan o‘zaro bog‘lanishlarni ifoda etadi. Qat’iy aniqlangan qonuniyatlar qonun hisoblanadi. Qonuniyatlar faqat:


  • orasidagi bog‘lanishlar aniqlanayotgan ob’ektlar aniq qayd etilgan;

  • bu bog‘lanishlarning turi, shakli va tabiati o‘rganilgan;

  • bog‘lanishlarning ta’sir ko‘rsatish (paydo bo‘lish) chegarasi aniqlangan hollarda ilmiy qonun sifatida ta’ riflanadi.

SHuni ta’kidlash kerakki, sovet pedagogikasi mafko‘raviy sarqitlanish sharoitlarida o‘qitishning qonun va qonuniyatlarini ishlab chiqa olmadi. SHuningdek, "Rossiya pedagogik entsiklopediyasi"da (M. 1993 y.) "Qonunlar" maqolasi umuman yo‘q, qonuniyatlar esa qisqachagina “Didaktik qonuniyatlar" maqolasida ta’rifsiz va mazmunini yoritmasdan sanab o‘tilgan. U erda "Didaktik qonuniyatlarning yaxlit ierar- xik tizimi haligacha to‘zilmagan, buning sababi - didaktikaniig ilmiy-iazariy vazifalari etarli darajada rivojlanmagan", -deb ko‘rsatilgan.

Mazkur bo‘limda Torndaykning dunyo mamlakatlarining ko‘pchilik pedagoglariga ma’lum bo‘lgan 5 qonuni, o‘qitish qonuniyatlarining 6 umumiy va 6 xusuiylari keltirilgan.

Pedagog uchun qonun va qonuniyatlarni bilish o‘qitishning taklif etilayotgan yangi yo‘llari va metodlarini ilmiy asosda baholash uchun zarur. CHunki ular ob’ektiv, sezilarli darajada, zaruriy, umumiy, barqapop va ma’lum sharoitlarda o‘zini bildiradigan o‘zaro bog‘lanishlarga mos kelishi kerak.

Torndayk qonunlari:



  1. O‘zaro bog‘langanlik qonuni: agar ikkita ruhiy akt o‘zaro bog‘liq holda rivojlansa, ulardan birining qaytarilishi ikkinchisiiing paydo bo‘lishi yoki mustahkamlanishiga olib keladi.

  1. Mashq qilish qonuni: mashq qilish jadalligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’sirga bo‘lgan javob shunchalik yaxshi o‘zlashtiriladi va u xotirada shunchalik o‘zoq vaqt saqlanadi.

  1. Jadallik qonuni: javobni mashq qilish qanchalik jadal bo‘lsa, u shunchalik yaxshi o‘zlashtiriladi va shunchalik o‘zoq vaqt xotirada qoladi.

  2. Assimilyatsiya (singdirish) qonuni: har bir yangi rag‘bat ilgari xuddi shu rag‘bat bilan bog‘liq bo‘lgan reaktsiyani keltirib chiqarish xususiyatiga ega.

  3. Natijalik qonuni: yoqimli oqibatlar bilan birga kechadigan reaktsiya mustahkamlanadi; agar u yoqimsiz oqibatlar bilan birga kelsa, uni bostirishga yoki undan qutilishga intiladilar.

O‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari:

  • o‘zining ta’siri bilan o‘qitish mahsuldorligiga sabab bo‘ladigan bosh yoki

kompleks omillarni ajratish;

  • to‘la aniqlangan, noto‘g‘ri izohlashga yo‘l qo‘ymaydigan mohiyatlami ajratish va

ular orasidagi umumiy bog‘lanishlami qayd etish;

  • ifodalangan fikrlaming ixchamligi va aniqligi bilai tavsiflanadi.

Bu umumiy qonuniyatlarning ta’siri ko‘plab xususiy juftlangan bog‘lanishlarni bo‘laklarga ajratish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu talablarga o‘qitish jarayonining ushbu qonuniyatlari javob beradi.

  1. O‘qitish maqsadi qonuniyati.

O‘qitish maqsadi: a) jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; b) jamiyatning ehtiyoji va imkoniyatlari; v) pedagogika fani va amaliyotiniig o‘sish darajasi va imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

  1. O‘ qitish mazmuni qonuniyati:

O‘qitish mazmuni: a) ijtimoiy ehtiyojlar va o‘qitish: maqsadlari; b) ijtimoiy va ilmiy-texnik rivojlanish sur’ati; v) o‘quvchilarning yoshiga qarab imkoniyatlari; g) o‘qitishning nazariy va amaliy rivojlanish darajasi; d) o‘quv muassasasini moddiy- texnik va iqtisodiy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

  1. O‘qitish sifati qonuniyati.

Har bir yangi bosqichning samaradorligi: a) avvalgi bosqichning mahsuldorligi va unda erishilgan natijalar; b) o‘rganilayotgan materialning hajmi va harakteri; v) o‘rgatuvchilarning tashkiliy-pedagogik ta’siri; g) o‘quvchilarning o‘qishga moyilligi; d) o‘qish muddatiga bog‘liq.

  1. O‘qitish usullari qonuniyati.

Didaktik usullar samaradorligi: a) usullarni qo‘llashni bilish va ko‘nikmalar; b) o‘qitish maqsadlari; v) o‘qitish mazmuni; g) o‘quvchilarning yoshi; d) o‘quvchilarning o‘qish imkoniyatlari (o‘qishga moyillik); e) moddiy-texnik ta’minot; j) o‘quv jarayonini tashkil etishga bog‘liq.

  1. O‘qitishni boshqarish qonuniyati.

O‘qitishniig mahsuldorligi: a) o‘qitish tizimidagi qaytib baholanishlar jadalligi; b) yo‘naltiruvchi ta’sirlarning asoslanganligiga bog‘liq.

  1. O‘qitishni rag‘batlantirish qonuniyati.

O‘qitishning mahsuldorligi: a) o‘qitishning ichki rag‘batlari (sa-bablari); b) tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy) rag‘batlarga bog‘liq.

Xususiy (aniq) o‘qitish qonuniyatlarining ta’sir doirasi o‘quv jarayo-nining alohida tashkil etuvchilariga yoyiladi. Zamonaviy fanga juda ko‘p miqdordagi aniq qonuniyatlar ma’lum. Ularning bir qismini izohsiz keltiramiz.



Didaktik (mazmun-jarayoili) qonuniyatlar:

  • - O‘qitish natijasi (ma’lum chegaralarda) o‘qitish davomligiga to‘g‘ri proportsional

bo‘ladi;

  • Berilgan hajmdagi bilimlar, ko‘nikmalarning o‘zlashtirish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) o‘rganiladigan o‘quv materialiniig miqdori yoki talab qilinadigan harakatlar hajmiga proportsional bo‘ladi;

  • Berilgan hajmdagi bilimlar, ko‘nikmalarning o‘zlashtirish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) o‘rganiladigan o‘quv materiali shakllanadigan harakatlarning qiyinligi va murakkabligiga teskari proportsional bo‘ladi;

  • O‘qitish natijalari (ma’lum chegaralarda) o‘qiyotganlarning o‘qitish maqsadlarini anglab etishiga to‘g‘ri proportsional holda bo‘ladi.

  • O‘qitish natijalari (ma’lum chegaralarda) o‘zlashtiralayotgan mazmunni

o‘quvchilar uchun ahamiyatliligiga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘qitish natijalari o‘quvchilarni o‘qish faoliyatiga jalb etish usuliga bog‘liq

(L.V.Zankov).

  • O‘qitish natijalari qo‘llanilayotgan usullarga bog‘liq.

  • O‘qitish natijalari qo‘llanilayotgan vositalarga bog‘liq.

  • Berilgan hajmdagi bilish, ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olish pedagog hosil qilgan o‘quv vaziyatiga bog‘liq.

  • O‘qitish natijalari o‘quv materialini o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lib yuborish usuliga bog‘liq.

  • O‘qitish natijalari o‘qituvchi maxoratiga (malakasi, kasbini bilishi) to‘g‘ri proportsional bog‘lanishda bo‘ladi.

  • «Bajarish» yo‘li bilan o‘qitish, «eshitish» yo‘li bilan o‘qitishdan 6-7 barobar mahsuldorroqdir.

Gnoseologik qonuniyatlar

  • O‘qitish natijalari (ma’lum chegaralarda) o‘quvchilarning o‘qishni uddalashiga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘qitish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga to‘g‘ri proportsional.

  • Bilimlar, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) bilim, ko‘nikmalarni amaliy qo‘llash hajmiga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘quvchilarning aqliy rivojlanishi o‘zaro bog‘langan bilimlar, ko‘nikmalar, ijodiy faoliyat tajribasi hajmini o‘zlashtirishga to‘g‘ri proportsional (I.YA.Lerner).

  • O‘qitishning natijalari o‘rganilayotgan predmetni ob’ekt tariqasidagi sifatini o‘z ichiga olgan bog‘lanishlarni qo‘llay olishga bog‘liq.

  • O‘qitish natijalari o‘quvchilar uy vazifasini bajarishining doimiy va muntazamligiga bog‘liq.

  • Bilimlar, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish mahsuldorligi o‘qish ehtiyojiga to‘g‘ri proportsional bog‘lanishda bo‘ladi.

  • O‘quvchilarnipg ijodiy fikrlash mahsuldorligi yiriklashtirilgan o‘qitish qadamidan foydalanganda yaxshilanadi, bilimlarni yodlab, eslab qolish samaradorligi esa (ma’lum chegaralarda) materialni kichiklashtirilgan portsiyasidan foydalanishda yaxshilanadi.

  • O‘zlashtirish mahsuldorligi o‘qitishniig muammolilik darajasi, o‘quvchilar uchun ahamiyatli va ularning kuchi etadigan muammolarni echishga jalb qilish jadalligiga bog‘liq.

Psixologik qonuniyatlar

  • O‘qitish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) o‘quvchilarning o‘qish faoliyatiga qiziqishiga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘qitish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) o‘quvchilarni o‘qish imkoniyatlariga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘qitish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) mashq qilish miqdoriga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘qitish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) mashq qilish jadalligiga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘qitish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) o‘quvchilarniig bilim faolligi darajasiga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘qitish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) o‘quvchilarning diqqati darajasi va matonatiga to‘g‘ri proportsional.

  • Aniq o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalari o‘quvchilarning aniq bilimlar, ko‘nikmalarni egallash qobiliyati, o‘qiyotganlarning shaxsiy ishtiyoqiga bog‘liq.

  • O‘qitish mahsuldorligi o‘qitilayotganlarniig fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va alohida xususiyatlariga bog‘liq.

  • O‘qitish natijasi (ma’lum chegaralarda) xotiraning rivojlanish darajasiga bog‘liq.

  • O‘qitilganlik o‘qitishga moyillikka to‘g‘ri proportsional.

  • O‘qitish mahsuldorligi (ma’lum chegaralarda) o‘qituvchining ishlash qobiliyatiga to‘g‘ri proportsional.

  • O‘smirlik yoshida maktab davomati yomonlashadi: 6-10 va 16-17 yoshga qaraganda 11-15 yoshda u o‘rtacha 25 % past bo‘ladi.

  • YOst qonuni. Ikki bir xil kuchga ega assotsiatsiyada, ulardan biri ikkinchisiga qaraganda eskiroq, keyingi qaytarishda eski assotsiatsiya yaxshiroq faollashadi.

  • O‘rganilgan materialni eslab qolish mustahkamligi bu materialni qayta tiklash usuliga bog‘liq (E.R.Xilgard).

  • Faoliyat mahsuldorligi ko‘nikmalarning shakllanish darajasi va o‘quviga bog‘liq.

  • Takrorlashlar miqdori o‘qitish mahsuldorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi (fon Kube).

  • O‘rganib bo‘lingan o‘quv materialini esda saqlash foizi bu material hajmiga teskari proportsional (G.Ebbingauz).

  • Boshqa teng sharoitlarda materialni taqsimlab yodlab olish samaradorligi to‘plab yodlab olish samaradorligidan yuqori bo‘ladi.

  1. O‘qitishning samaradorligi (ma’lum chegaralarda) bog‘lanish chastotasi va hajmiga to‘g‘ri proportsional.

  2. Bilimlar sifati iazoratning samaradorligiga bog‘liq. Nazorat chastotasi o‘qitish davomiyligining funktsiyasidir.

  3. O‘qitish sifati o‘quv jarayonini boshqarish sifatiga to‘g‘ri proportsional.

  4. Boshqarish samaradorligi boshqaruvchi axborot miqdori va sifatiga, boshqaruvchi ta’sirlarni qabul qilayotgan va qayta ishlayotgan o‘quvchilarning xolatlari va imkoniyatlariga to‘g‘ri proportsional bog‘lanishda bo‘ladi.

  5. Agar bajarilishi kerak bo‘lgan harakat modeli - «harakatlar dasturi» va uning natijalari - «maqsadlar dasturi» miyada faoliyatning o‘zidan ilgarilab ketsa, o‘qitish mahsuldorligi ortadi (I.K.Anoxin).

Ijtimoiy qonuniyatlar

  1. Individning rivojlanishiga u bevosita yoki bilvosita muloqotda bo‘ladigan barcha boshqa individlarning rivojlanishi sabab bo‘ladi.

  2. O‘qitish mahsuldorligi bilishga oid aloqalarniig hajmi

va jadalligiga bog‘liq.

  1. O‘qitish samaradorligi intellektual muhit darajasi, o‘zaro o‘qitish jadalligiga bog‘liq.

  2. O‘qitish samaradorligi musobaqa natijasida yuzaga keladigan bilishga bo‘lgan intilishniig keskinlashuvi sharoitida oshadi.

  3. O‘quvchiniig guruhdagi mavqei

  1. u egallagan pozitsiya

  2. u bajarayotgan rol

v) akademik yutuq va muvaffaqiyat

g) individual sifatlarga bog‘liq

  1. O‘qitish samaradorligi o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti sifatiga bog‘liq.

  2. Didaktogeniya (o‘qituvchining o‘qitilayotganlarga qo‘pol munosabati) o‘qitish samaradorligining butunlay guruhda, har bir alohida o‘quvchida pasayishiga olib keladi.

Tashkiliy qonuniyatlar

  • O‘qitish samaradorligi tashkil etishga bog‘liq. Faqat o‘quvchilarda o‘qishga ehtiyojni o‘stiradigan, bilishga qiziqishni shakllantiradigan, bilish faolligini rag‘batlantiradigan o‘qitishni tashkil etish yaxshi hisoblanadi.

  • O‘qitish natijalari (ma’lum chegaralarda) o‘quvchilarning o‘qish mehnatiga, o‘zining o‘qish vazifalariga munosabatiga to‘g‘ri proportsional.

Aqliy toliqish sezgi a’zolari ishining sekinlashishiga olib keladn: to‘rt soatlik o‘quv mashg‘ulotlari tahliliy a’zolarning idrok etish xususiyatini ikki martadan ko‘proq pasaytiradi (Vager, Blajek).

  • O‘quvchilarning aqliy ish qobiliyati sog‘lig‘ining ahvoli, aqliy faoliyat tartibi, jinsi, yoshi, yil fasli, xafta kuni, sutka vaqtiga bog‘liq.

  • O‘quvchilarning aqliy faoliyatidagi faolligi o‘quv mashg‘ulotlarning jadvali, unda jismoniy tarbiya va mehnat darslarining qo‘yilgan joyiga bog‘liq.

Pedagogik qonun va qonuniyatlar pedagoglarga didaktik jarayonlarning ob’ektiv rivojlanishining umumiy ko‘rinishi tushunchasini beradi. Lekin ular amaliy faoliyat uchun bevosita ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmaydi, ular faqatgina yning texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish uchun nazariy asos bo‘ladi. O‘qitishni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar, ularni amalga oshirish printsiplari va qoidalarida keltirilgan. Asos qilib olingan, rasm bo‘lib qolgan printsiplar quyidagilar hisoblanadi:

  • onglilik va faollik;

  • ko‘rgazmalilik;

  • doimiylik va ketma-ketlik;

  • mustahkamlik;

  • ilmiylik;

  • tushunishga osonlik;

  • nazariyani amaliyot bilan aloqalari.

Bu printsiplar va ular asosida to‘zilgan qoidalar mazko‘r qo‘llanmaning hajmi cheklanganligi sababli keltirilmagan. O‘qish ko‘rsi jarayonida tinglovchilar sanab o‘tilgan printsiplar qayd qilingan tarqatma materiallar oladilar.

4.3. O‘quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil




Download 48.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling