Mutaxasislik fanlarni o‘qitish metodikasi


Axborot texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni


Download 48.86 Kb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi48.86 Kb.
#197849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Махсус фан 4 (2)

4.5. Axborot texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni.

Hozirgi zamon yoshlarini fan asoslari bilan qurollantirishda, o‘qitishning ilg‘or pedagogikaviy texnologiyalari yutuqlari asosida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» talablarini bajarish maqsadida ularning aqliy tafak- kurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumiy ta’lim maktablari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir.

Bu maqsadni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O‘quv- tarbiyaviy jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» uning ikkin- chi va uchinchi boqichlarida bajariladigan asosiy vazifalardan biri sifatida belgila­nadi. Bunga sabab:

  1. Aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirishning birdan-bir yo‘li eng ilg‘or pedagog tadbirlardan foydalanish.

  2. Fan va texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligini va ularni yoshlar ongiga to‘la-to‘kis sindirish va yoshlarni hayot talablariga javob beradigan holda tayyorlash uchun vaqtning kamligi va boshqalar.

Bu maqsadga erishish uchun taraqqiy etgan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelayotgan pedagogik texnologiyalarni hamda xalqimizning boy milliy ta’lim manbalaridan foydalanib O‘zbekistonning milliy pedagogik texnologiyasini yaratish zarur.

Bu muammoni echishdagi tezkor usullardan eng qulayi va har tomonlama za­ruriy ma’lumotlarni qisqa vaqtda to‘plash, taqqoslash, sintez qilish va ularning eng muhimlarini ajratib olishga imkon beruvchilari elektron kutubxonalar, telekonferentsiyalar va internetdan foydalanish hisoblanadi.

Internet hozirgi kunda axborot texnologiyalari tizimining ajralmas qismi bo‘lib, undagi asosiy bug‘in, bu o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan komp’yuterlardir. Komp’yuterlar aloqa vositalaridan farqli ularoq, foydalanuvchiga ma’lumotni ko‘rish, o‘qish va eshitish asosida ma’lumotdan unumli foydalanishga imkon yaratadi. Bun- dan tashqari unda ma’lumotni o‘zatish, qabul qilish tezligi o‘ta yuqoridir.

Ma’lumki, internetga ulanish modem orqali amalga oshiriladi. Modem, o‘z navbatida, abonentga internet xizmatini ko‘rsatuvchi pravayder orqali mavjud telefon tarmog‘iga ulanadi,bu esa internetning har bir xonadonga yaqin orada kirib kelishini ta’minlaydi. Bu haqda vatandoshimiz Zokirjon Furqatning 1896 yilda Sankt- Peterburgda bo‘lganida Popov tomonidan ko‘rsatilgan ixtironing taassuroti natijasida yozgan etti misrali she’rini eslash joiz, «Bu ixtiro shunday olamshumul ahamiyatga egaki, yaqin kelajakda shu erdan turib, farg‘onalik suxbatdoshim bilan ham ko‘rib, ham gaplashishga muyassar bo‘laman».

SHu bilan birga, ishlab chiqarishdagi ko‘plab yosh mutaxassislarning malakala- rini, iloji boricha, tez va soz oshirishga imkon beruvchi pedagogikaviy usullardan biri masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yish ham bu kundagi dolzarb muammolardan hisoblanadi, chunki ko‘plab mamlakatlarda o‘qitishning turli xil usullaridan va bar­cha hozirgi zamon telekommunikatsiyaviy texnologiyalardan foydalanib masofadan o‘qitish amalga oshiriladi. Bu esa juda ko‘plab talabalar va talabgorlarni bir vaqtda eng so‘nggi va dolzarb muammolar bilan ko‘rollantirishga imkon beradi. Bu ularni ta’limning muhim qismlaridan bo‘lgan mustaqil ishlashga o‘rgatishni ta’minlashga olib boruvchi usuldan iborat.

Ko‘plab mamlakatlarda masofadan o‘qitishda darsni tashkil qilishning turli usullaridan va talabalar kontengentining aniq maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy telekommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Masofadan o‘qitishning birinchi navbatdagisi sirtdan o‘quvchi talabalar va malakasini oshirish zarur bo‘lgan texnik xodimlar uchun amalga oshirilishi bugungi kundagi eng dolzarb muammodan iborat.

Masofadan o‘qitishni amalga oshirishda birinchi asosiy va zaruriy muammolardan biri o‘zatiladigan darsning har tomonlama tarixiy, ilmiy,amaliy muammoli va nihoyat, etarlicha ko‘rgazmali hamda u yoki bu xodisa,qonun yoki texnologik jarayonga bog‘lik bo‘lgan va uning mazmunini to‘ldiruvchi aniq va tushunarli ilovalar, ko‘rgazmalar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi shart.

Ikkinchidan, o‘zatiladigan ma’lumotning ilmiy ahamiyatli qismlarini etarli darajada soddadan murakkabga qarab tushuntirish metodikasidan tizimli foydalanilgan holda amalga oshirilishi zarur.

Uchinchidan, o‘zatiladigan kursning dasturiy ta’minoti shu kursning ilmiy va amaliy ahamiyatlilarlni va ishlatilish sohalarini har tomonlama yaxshi biladigan ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.

To‘rtinchidan,o‘zatiladigan kursning stsenariysi shu kurs yoki unga yaqin kurslar bo‘yicha katta pedagogik maxoratga ega bo‘lgan muallim - dotsent yoki professor tomonidan yozilishi shart. Bunga sabab katta pedagogik maxorat egasi o‘zining o‘zoq yillik tajribasi asosida talabaga ko‘rinmaydigan va savol- javoblarni eshita olmagan talabaga tushunarli bo‘ladigan va uning bilim darajasiga mos hamda talaba uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni soddaroq holda kelishtirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, bu ma’ruzaning ahamiyatini ochib beruvchi va talabaning esiga yaxshi saqlanib koluvchi misollar bilan boyitilgan bo‘lishi zarur. Bir so‘z bilan aytganda, stsenariyniing eng ilg‘or texnologiya asosida katta pedagogik maxorat egasi tomonidan tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.

Bundan tashqari, zamonaviy ma’ruzalar matnlarini tayyorlashda albatta «Ikki daryo oralig‘i» da yashab o‘tgan buyuk allomalarning o‘g‘itlaridan foydalanish asosida kutilgan maqsadga erishish mumkin. Xususan ta’lim tarbiya maqsadining asosini tashkil qilgan Abu Nosr Forobiyning ta’lim to‘g‘risidagi asarlarini eslab o‘tish joizdir. Forobiy o‘z zamonasidagi barcha sohadagi ilmlarni mukammal bilganligi, yunon falsafasini ta’riflab dunyoga keng tanilganligi tufayli (160 dan ortiq asar yaratgan) SHarq mamlakatlarida «Ikkinchi muallim», SHarq Arastusi nomiga muyassar bo‘ldi. Forobiyning «masalalar manbai», «kattalarning aqli haqida so‘z», «yoshlarning aqli haqida so‘z», «ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «fazilatli xulqlar» va xokazo. Forobiyning yaratgan asarlari, risolalari bugungi avlod uchun bir buyuk maktabdir. U ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanalib, ta’lim- tarbiyaning asosiy vazifasi-jamiyat talablariga javob beraoladigan, shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat, deb biladi.

Ko‘pchilik mutafakkirlar qatori Al-Xorazmiy ham bilim berishning ko‘rgazmali tajriba usullari, savol javob, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirsh, bilimlarni sinash usullaridan foydalangan.

Masalan, Xorazmiyning arifmetikaga oid risolasi uning tafakkurini rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor berganligini ko‘rsatadi.

Xorazmiy sinov-kuzatish va sinov usullariga asos soldi, zamonaviy jismlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarni algoritm usulida echishni ishlab chiqib, bilish nazariyasiga ulkan hissa qo‘shdi.

«Ta’lim» degan so‘z-insonni o‘qitish, tushuntirish asosida bilim berish; tarbiyaning nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan hulq normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deydi.

Forobiy fikricha, er yuzida faqat inson bilish qobiliyatiga ega. Haqiqatni bilish esa, insonning tabiiy rivojlanish holatidan biridir. Biri, tabiatdan berilgan xu- susiyatlar, ikkinchisi,o‘z xoxish va ixtiyori bilan ta’lim- tarbiya orqali orttirilgan xu- susiyatdir. Ma’rifat-tarbiyalanuvchining xoxish irodasini kerakli yunalishga boshqarish san’tidir, deydi Forobiy.

Forobiy bilimni yod olish usuliga nisbatan uning ma’nosini tushuntirish afzalli- gi, ta’limning muvaffakiyatli kechishi uchun tarbiya beruvchining o‘zi tarbiyali bo‘lmog‘i lozim.

O‘rta asr ijtimoiy tarakkiyoti buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega.

Abu Rayxon Beruniy ta’lim- tarbiya sohasida usha zamonlarda (X-XI asrlar), xatto xozirgi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan fikrlarni ilgari suradi. U ta’lim berish jarayonida ta’lim oluvchini zeriktirmaslik, bilim berishda bir xil narsalarni o‘rgatavermaslik, uzviylik, izchillik, mavzularni qiziqarli asoslab, ko‘rgazmali bayon etish zarurligini uqtirgan.
O‘zini-o‘zi nazorat qilish uchun savollar

  1. O‘qitish jarayonining to‘rtta bosh omilini sanab bering.

  2. Qo‘llanmada keltirilgan to‘rtta bosh omillar qiymatlari (%)ga rozimisiz.

  3. “O‘quv materiallari” bosh omilni aniqlovchi majmuny omillarini aytib bering.

  4. O‘qitishning qonunlari na qonuniyatlari o‘rtasida qanday farq bor?

  5. O‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini sanab bering.

  6. O‘qitish jarayonining xususiy (aniq) qonuniyatlarini aytib bering.


Download 48.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling