Mutaxasislik fanlarni o‘qitish metodikasi


O‘quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil


Download 48.86 Kb.
bet5/8
Sana02.01.2022
Hajmi48.86 Kb.
#197849
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Махсус фан 4 (2)

4.4. O‘quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil

qilishning usul va uslublari.

Insonning boshqa mavjudotlardan farqi - oldiga ma’lum bir maqsad quyib, so‘ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishi maqsadi sari qiladigan harakati (faoli- yati) jarayonida muayyan tabiiy va sun’iy to‘siqlarni engib o‘tadi. Bu to‘siqlarni bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi.

Maqsadga etishda muayyan to‘siqni engib o‘tish uchun qo‘llaniladigan tadbir va choralar majmui usul deyiladi.

Maqsadga etishda bir necha, goho o‘nlab-yuzlab to‘siqlarni engishga to‘g‘ri keladi. Bu to‘siqlarni engish uchun tegishli usullar ma’lum bir tizimda qo‘llaniladi.

Maqsadga etishda qo‘llaniladigan usullar tizimi uslub (yo‘l) deyiladi.

Usullarni ma’lum bir uslubda qo‘llash jarayonida har bir harakat maqomi muay­yan maqsad ko‘rsatkichlariga buysundiriladi. Undan tashkari, kishi maqsadga etish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.

Kishi maqsad sari qilgan harakatida uning uchun tamoyil vazifasini bajaruvchi maqsad ko‘rsatkichlari bilan harakati davomida amal qilinishi shart bo‘lgan qonuni­yatlar majmui metodologiya deyiladi.

Har bir shaxsni, ijtimoiy guruhni va butun jamiyatni eng umumiy, umumiy va xususiy maqsadlari bo‘ladi, inchunin ularning eng umumiy, umumiy va xususiy metodologik asoslari mavjud.

  1. Jamiyat oldiga qo‘ygan eng umumiy maqsad ko‘rsatkichlari bilan falsafan- ing umumiy qonuniyatlari hamma uchun eng umumiy metodologik asosdir.

  2. Har bir sohada mavjud maqsad ko‘rsatkichlari bilan faqat shu sohada xukm suruvchi qonuniyatlar shu sohada faoliyat ko‘rsatuvchilar uchun umumiy metod­ologik asos hisoblanadi.

  3. Muayyan faoliyatning eng umumiy, umumiy maqsad ko‘rsatkichlari va qonuniyatlari bilan birga shu faoliyatning ichida qisqa muddatli maqsad ko‘rsatkichlari va tarmoq qonuniyatlari ham bo‘ladi. Ularga amal qilish xususiy metodologiya deyiladi.

Odamlar faoliyat ko‘rsatish jarayonida o‘z ishlarini eng umumiy, umumiy va xu­susiy metodologiyalardan birday kelib chiqqan holda amalga oshiradilar.

Maqsad va uning ko‘rsatkichlari aniq bo‘lganidan keyin, unga etishish, ya’ni usullarining tizimi izlab topiladi va harakat boshlanadi. Maqsad ko‘rsatkichlari bilan harakat paytida o‘z mavjudligini namoyon qiluvchi qonuniyatlar yig‘indisi ushbu faoliyatning metodologik asosini, tamoyillar majmuini tashkil qiladi.

Har qanday jamiyatning eng umumiy maqsadi bo‘ladi. U milliy g‘oya deyiladi.

Pedagogik jarayonning umumiy metodologiyasi soha oldiga qo‘ygan maqsad ko‘rsatkichlari bilan didaktikaning umumiy tamoyillaridir. Pedagogika sohasining umumiy maqsadi jamiyatning eng umumiy maqsadi, ya’ni g‘oyasidan kelib chiqib, uning ajralmas qismidir.

Ta’limning umumiy maqsadi huquqiy demokratik davlat hamda odil fuqarolik jamiyatining talablariga javob beruvchi kishilarni tarbiyalab berishdan iborat.

O‘zbekistonda erkin, ma’rifatli va demokratik davlat fuqarolarining ijtimoiy si- fatlariga quyidagilar kiradi:

aqlli-mustaqil fikr yurita oladigan; odobli-millatimiz to‘plagan barcha fazilatlarga ega; mehnatsevar-mehnat kishining ijtimoiy extiyojiga aylanganligi; bilimli-diniy, dunyoviy va fazoviy bilimlarni ko‘p va chuqur egallab olib, ularni hayotda qo‘llay olishi;

sog‘lom-jismoniy, ruhiy va ijtimoiy salomat;

milliy g‘ururga ega-ajdodlarimizning moddiy va ma’naviy merosini egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyitishga xissa qo‘shuvchi;

vatanparvar-Vatan uchun, xalq uchun fidokorona mehnat qiluvchi, ularni muxofaza qila oluvchi va zarur bo‘lsa, ular uchun jonini qurbon qiluvchi; baynalminal-o‘z millati qatorida boshqa millatlarni xurmat qiluvchi; insonparvar-inson zotiga faqat yaxshiliklar o‘ylovchi va ular uchun ezgu ishlar qiluvchi;

jasur va shijoatli-har bir ishga mardona kirishib, uni shijoat bilan oxiriga et- kazuvchi.

Bu o‘nta ijtimoiy sifatdan ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir inson ulardan umumiy metodologik asosi tarzida foydalanishi kerak. Bu umumsohaviy metodologiyaning birinchi qismi hisoblanadi.

Umumiy metodologiyaning ikkinchi qismini hamma o‘qituvchi (pedagog)larga yaxshi tanish bo‘lgan didaktika tamoyillari tashkil qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchi diqqatini berilayotgan bilimga qaratib, uni jarayon oxirigacha saqlab turish; har bir bilimni ilmiy asoslab berish; bilim berishda o‘quvchi (talaba)ning im- koniyati va yosh xususiyatidan kelib chiqish; bilim berishda mumkin qadar ko‘prok ko‘rgazmali vositalardan foydalanish; bilim berishda muntazamlik va davomiylikni saqlash; o‘quv jarayonini mehnat jarayoni bilan qo‘shib olib borish; ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchi (talaba)larning faolligi va ongliligini ta’minlash; ta’lim va tarbi- yaning tizimli, izchil bo‘lishi va uning birligi tamoyillari kiradi.

Har bir faoliyatning eng umumiy, umumiy metodologik asoslari bilan bir qator- da xususiy metodologiyasi ham mavjud. Bizning misolda, bu muayyan o‘quv predmeti, muayyan mavzu va muayyan darslarni o‘tishda kutilgan maqsad ko‘rsatkichlari bilan pedagogik texnologiyaning bosh tamoyillari hisoblanadi.

Pedagogik jarayonda amal qilinishi shart bo‘lgan uch turdagi metodologik asosni ko‘rib chiqdik. O‘quv jarayoni bilan shug‘ullanuvchi har bir o‘qituvchi (pedagog), tarbiyachi va boshqalar ushbu uch metodologik asosning hammasiga birday amal qi- lishi shart. F aqat shundagina ular kutilgan natijaga erishishi mumkin.

Ta’lim-tarbiya uslub va usullari to‘g‘risida umumiy ma’lumot. Ta’lim uslu- bi-o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchi(talaba)lar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tad- birdir. Ta’lim faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni o‘zatish, qabul qi- lish, anglash, esda saqlash va amalda qo‘llay olishni nazarda tutadi.

O‘qitish usullari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli usullarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Usullar bilimlarni o‘zatish va qabul qilish harakteriga qarab so‘z orqali ifoda- lash, ko‘rgazmali va amaliyga bo‘linadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchi(talaba)larning bilim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi usullar: tushuntirish-illyustrativ (informatsion retseptiv), produktiv (maxsuldor), muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqkiqot uslublari qo‘llanilishi mumkin.

Ta’limning og‘zaki usullariga: hikoya, ma’ruza, suxbat va boshqalar kiradi. Bu usullarni qo‘llashda o‘qituvchi (pedagog) so‘z vositasida o‘quv materialini bayon qi­ladi, tushuntiradi, o‘quvchi(talaba)lar esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladilar.

Hikoya. Ushbu usulda o‘quvchi (talaba)larga beriladigan bilim mazmunini og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi.

Hikoyaning bir necha turi mavjud: hikoya-muqaddima, hikoya-bayon, hikoya- xulosa. Birinchisining maqsadi-o‘quvchi (talaba)larni suxbat orqali yangi bilimni qabul qilishga tayyorlash. Hikoyaning bu turi bayonning nisbatan qisqaligi, yorqin- ligi, qiziqarliligi va xissiyotga boyligi bilan ajralib turadi, yangi bilim olishga qiziqish, uni faol o‘zlashtirishga extiyoj uyg‘otadi.

Hikoya-muqaddima vaqtida o‘quvchi (talaba) faoliyatining vazifalari to‘g‘risida tushunarli shaklda xabar beriladi.

Hikoya-bayon davrida o‘qituvchi (pedagog) yangi mavzu mazmunini ochib beradi, muayyan rivojlanuvchi reja asosida bilim berib, ichidan muximlarini ajratib, ko‘rgazmali va ishonarli misollar bilan izchil bayon qilib beradi.

Hikoya-xulosa, odatda, mashg‘ulotning oxirida keltiriladi. O‘qituvchi (pedagog) ushbu usul orqali asosiy fikrni yakunlaydi, xulosalaydi va umumlashtiradi. Mazko‘ur mavzu yuzasidan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar beradi.

Hikoya usulini qo‘llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Bular: diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlardir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o‘ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, misol va ko‘rgazmalarni muvaffaki- yatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish.

Suxbat usuli atroflicha uylangan savollar yordamida o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchi (talaba)larning fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi.

Suxbat usulini qo‘llanishda savollarni kuyish (asosiy, kushimcha, yulovchi va x.k.), o‘quvchi (talaba)larning javob va muloxazalarini muxokama qilish, suxbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni to‘zatish usullaridan joydalaniladi.

Savollar yaxshi kabo‘l qilinishi uchun etarlicha xajmdor bo‘lishi lozim.

Suxbat uslubi va unga tarkibiy qism bo‘lib kiruvchi usullardan foydalanishda o‘qituvchi (pedagog)ning samimiyligi chexrasining ochiqligi, ruhining ko‘tarinqiligi etakchi o‘rin egallaydi.

Ta’limning ko‘rgazmali usulini shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin; ko‘rgazmali va namoyish qilish usullari.

Ko‘rgazmali usuli, o‘quvchi(talaba)larga namoyish etiladigan qo‘llanmalar- harita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, alomalarning surati va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.

Namoyish qilish usuli, odatda, qurilma, asboblar, tajribalar, turli tipdagi appa- ratlarni namoyish qilish bilan bog‘lik. Namoyish qilish usuliga, shuningdek, diafil’m, kinofil’m ko‘rsatishni ham kiritishgan. Ko‘rgazmali usullarni qo‘llashda quyidagi usullardan foydalaniladi; ko‘rsatish, yaxshi ko‘rinishni ta’minlash, o‘tkazilgan ko‘rsatuv, namoyish va xokazolar natijalarini muxokama qilish. O‘qitish amaliyotiga shaffof plyonkada tayyorlangan rasm, chizmalar sinfni qorong‘ulashtirmasdan ko‘rsatuvchi LETI apparati, kodoskoplar va komp’yuterlar kirib keldi. Darslarda vatman kog‘oziga keng flamasterlar yordamida chizilgan, o‘rganilayotgan narsa va hodisaning tadrijini birin-ketin ochib berish imkonini beruvchi chizma va suratlar qo‘llanila boshlandi.

O‘quv kinosini qullash usuli ta’lim amaliyotida odatdagi hodisa bo‘lib qoldi.

O‘quv jarayonida fil’mlardan foydalanishga tayyorlanishda o‘qituvchi (pedagog) uni oldindan ko‘rishi, namoyish qilish davomida o‘quvchi(talaba)lar oldiga qo‘yiladigan asosiy savollarni tuzishi, tegishli laxzasida ko‘rsatiladigan parchalarni, savollarini tuzishi, alohida parchalarning ajratishi lozim. Nihoyat, fil’m bo‘yicha ya- kuniy suxbat rejasini belgilashi kerak.

SHunday qilib, so‘z va ko‘rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ularning birontasiga ustunlik berish hato bo‘lar edi, chunki ta’lim vazifasining o‘ziga xos xususiyati, mavzuning mazmuni, mavjud ko‘rgazmali vositalarning harakteri, shuningdek o‘quvchi (talaba)lar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, har bir konkret holatda ularning eng oqilona qo‘shiluvi tanlanadi.

Amaliy uslublar tarbiya faoliyatining xilma-xil turlari keng doirasini qamrab oladi. Amalda quyidagi usullar qo‘llaniladi: vazifa (maqsad)ni qo‘yish, uni bajarish usulini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kamchiliklar saba- bini aniqlash, maqsadga to‘liq erishish uchun ta’lim jarayoniga tuzatish kiritish.

Amaliy mashqlarning konkret turlaridan biri mashqni sharxlash hisoblanadi. Uni bajarishda o‘quvchi (talaba) bo‘lajak xatti-harakatini faol mushoxada qiladi, o‘ziga o‘zi eshittirib gapiradi, bo‘lajak voqeani sharxlaydi. Harakatni sharxlash o‘quvchi (talaba)ga o‘zining tipik hatosini anglashga va harakatiga tuzatishlar kiritishiga ko‘maklashadi.

Amaliy tarbiya uslublarning ikkinchi guruhini laboratoriya tajribalari tashkil qi­ladi. SHuningdek, amaliy usullarga ustaxonalarda, o‘quv-ishlab chiqarish tsexlari, o‘quvchi (talaba)lar brigadasida mehnat topshiriqlarini bajarish ham kiradi. Bu top- shiriqlar o‘quv-mashq harakteriga ega bo‘lishi mumkin.

Tarbiya uslublariga, shuningdek, o‘quvchi (talaba)lar ovoz yozish va ovozni qayta ishlash apparatlari bilan bajaradigan ishlar ham kiritiladi.

Amaliy usullar tarbiyani so‘z orqali ifodalash va uni ko‘rgazmali uslublar bilan mustaxkamlash jarayoni bilan chambarchas bog‘liklikda qo‘llaniladi, mashq, tarbiya, mehnat operatsiyasini bajarishdan oldin o‘qituvchi (pedagog) tushuntirish beradi, ko‘rsatadi. Og‘zaki tushuntirish va ko‘rgazmani ko‘rsatish, odatda, mashqni bajarish jarayonining o‘zi bilan bir vaqtda olib boriladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarni faollashtirish. Agar ta’lim- tarbiya jarayonlari o‘quvchi (talaba)larda faol harakat, bilim va ko‘nikmalar orttirish ishtiyoqini uyg‘otsagina, bu jarayon samarali kechadi va sifatli natijalar beradi.

O‘quv faoliyatini bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullari-og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, reproduktiv, qidiruv, induktiv hamda deduktiv, shuningdek mustaqil ish usullaridan foydalaniladi.

Bu jarayonda o‘quv faoliyati, uning mazmuni, shakli va amalga oshirish usullar- iga bo‘lgan munosabatda ijobiy xissiyotning yuzaga kelishini ta’minlash muximdir. SHuning uchun ham bunday xolatda diqqat, eslab qolish, anglash jarayonlariga o‘quvchi (talaba) larning chuqur ichki kechinmalari qo‘shiladiki, bu jarayonni qizgin kechadigan qiladi va maqsadga erishish ma’nosida ancha samarali bo‘ladi.

Rag‘batlantirish usullaridan biri ayrim tabiat hodisalarini o‘quvchi (talaba)larga avvaldan yaxshi ma’lum bo‘lgan qonuniyatlardan, ya’ni ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tushuntirishdir.

O‘quv faoliyatiga qiziqishning asosiy manbai, avvalo, uning mazmunidir. Bu mazmun kuchli rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi uchun ta’lim printsiplarining qator talablariga javob berishi lozim. Bunda ta’lim mazmunining rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirishdagi ayrim maxsus usullar ham mavjuddir. SHu maqsadda o‘qituvchi (pedagog) mamlakat jamoatchiligida alohida qiziqish uyg‘otayotgan, vaqtli mat- buotda e’lon qilinayotgan, televidenie va radio orqali berilayotgan faktlar, rasmlarni maxsus tanlaydi.

Ta’limning rag‘batlantirish va asoslash usullariga bilish baxsi ham kiradi. CHunki o‘quv baxsi o‘qishga qiziqishni rag‘batlantiruvchi usul rolini uynaydi.

O‘quvchi (talaba)larning o‘quv jarayoni davridagi burch va mas’uliyati.

O‘quvchi (talaba)larning o‘qishdagi burch va mas’uliyati butun bir guruh usullarni qo‘llash natijasida shakllanadi. O‘quvchi (talaba)larga bilimning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish, ularni bajarishga o‘rgatish, o‘z majburiyatlarini muvaffa- qiyatli, vijdonan bajarganliklari uchun taqdirlash, topshiriqlar bajarilishini nazorat qi­lish va zarurat tug‘ilgan hollarda, o‘qishga mas’uliyat bilan yondashishdagi kam- chiliklarni ko‘rsatish, tanbex berish shular jumlasiga kiradi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qishda burch va mas’uliyatni shakllantirish ta’lim va tarbiya jarayonining birligini taqkozo etadi.

O‘quvchi (talaba)larga qo‘yiladigan talablar axloq qoidalari, fanlar bo‘yicha bilimni baholash mezonlari, ichki tartib-qoidalar, umumta’lim maktab, akademik litsey, kollej va oliy o‘quv yurti nizomlari bilan belgilanadi. SHuni unutmaslik kerak- ki, o‘quv mas’uliyatini rag‘batlantirish o‘quvchi (talaba)larga qo‘yiladigan talablarni bajarishga o‘rgatish usullari bilan birgalikda olib borilishi shart, chunki bunday ko‘nikmalarning bo‘lmasligi intizomning bo‘zilishiga va qoloqlikning kelib chiqishi- ga sabab bo‘lishi mumkin.


Download 48.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling