90
1.Suitsidni echishga kalit toping. Suitsidal profilaktika nafaqat g’amxo’rlik va
do’stlarning
ishtirokidan iborat, balki yaqinlashayotgan xavf belgilarini aniqlash
imkonini beradi. Sizning bilimlaringiz va bu ma’lumotlarga ega bo’lishingiz kimnidir
hayotini saqlab qoladi. Buni boshqalar bilan bo’lishib, ko’pgina suitsidga sabab
bo’lgan uydirma va xatoliklarga putur etkazishga qodir bo’lasiz.
Ehtimoli bor xavf belgilarini qidiring:
suitsidal tahdidlar, o’z joniga qasd
qilishga urinish, depressiya, inson shaxsidagi xulq-atvorning muhim o’zgarishlari,
shuningdek, oxirgi xohish-istakka tayyorgarlik. Umidsizlik va yordamga muhtojlikni
payqab, u odam yolg’iz va hammadan ajralganmi yo’qmi aniqlang. Qanchalik ko’p
odam ehtiyotkorlik
choralarini anglab etsa, shunchalik o’z joniga qasd qilishlar
ro’yxati kamayib boradi.
2.Suitsidentni shaxs sifatida qabul qiling. Faraz qiling,
odam haqiqatan ham
suitsidal shaxs hisoblanishi ehtimoli mavjud. U o’z joniga qasd qilolmaydi, deb
hisoblamang. Ba’zida yo’ldan ozdiradigan ehtimollarni rad etib,
odamni suitsiddan
kimdir to’xtatib qoladi. Agarda biron kimsaga o’z joniga qasd qilish xavfi tahdid
solayotgan bo’lsa, shaxsiy ishonchingizga muvofiq harakat qiling. O’zingizni
yo’qotib qo’yishingiz xavfli, tahdid imkoniyatini bo’rttirib, bunga hech narsa teng
kelmaydi, kimdir sizning aralashmaganingiz sababli halok bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: