Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


-muhim ma’lumot. Suitsid haqidagi gap-so’zlar o’smirni suitsidga


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

4-muhim ma’lumot. Suitsid haqidagi gap-so’zlar o’smirni suitsidga 
boshlamaydi. O’smir bilan suitsidga oid mavzuda gaplashilsa, u buni o’zida sinab 
ko’rishni istaydi, degan qarash mavjud. Sen o’smirlar bilan narkotik haqida 
gaplashma, ular narkotikdan tatib ko’rishni xohlab qoladilar, seks haqida gaplashma, 
ular seks bilan shug’ullanadilar, degan gaplarni eshitgan bo’lsangiz kerak. Ba’zi bir 
ota-onalar, o’qituvchilar, psixologlar “suitsid” so’zidan qochadilar, chunki ular 
vasiylariga o’lim haqidagi fikrni singdirishdan qo’rqadilar. 
Aslini olganda, o’smir bilan suitsid haqida gaplashib, uni suitsidga 
undamaymiz. Aksincha, o’smirlar o’zlarini qiynayotgan, tinchlik bermayotgan 
mavzuda ochiqchasiga gaplashish imkoniga ega bo’ladilar. Agarda sening tanishing 
bexosdan o’z joniga qasd qilish haqida gapirsa, demak, u bu haqda anchadan beri 
o’ylab yuribdi, unga hech qanday yangilik ayta olmaysan. Bundan tashqari, sening bu 
“xavfli” mavzuni davom ettirishing unga ichidagilarni gapirib olish imkonini beradi. 
Shuningdek, suitsidal xulq-atvor haqida suhbatlashganda suitsidal xavfli fikr bo’lmay 
qoladi. 
5-muhim ma’lumot. Suitsid nasldan o’tmaydi. Onangdan ko’zingni rangini, 
otangdan burning ustidagi sepkilni meros qilib olasan, suitsidal g’oya nasldan 
o’tmaydi. Buning o’rniga, agar sening oila a’zolaringdan birontasi suitsid sodir etgan 
bo’lsa, sen suitsidal xavfning eng yuqori zonasida bo’lasan. Masalan, oilada ota-ona 
ko’p chekadi, spirtli ichimlik ichadi, narkotik qabul qiladi. Bunday oilada bolalar ota-
onasining zararli odatlariga taqlid qiladilar. Shu bois, bolalarga “ishontirish omili” 
ta’sir qiladi: emishki, ota-onalar yomonlikka o’rgatmaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, 
bolalar hech ham ota-onalariga taqlid qilishga majbur emaslar. Taqlid qilishlari uchun 
ijobiy misolni tanlashlari kerak. 


99 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling