Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


o’smirlardan birining hayoti, shuningdek, o’smirlar o’rtasida taqlid qilish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

o’smirlardan birining hayoti, shuningdek, o’smirlar o’rtasida taqlid qilish, 
yuqtirish, norozilik mexanizmi bo’yicha takrorlanishi mumkin. 
1-muhim ma’lumot. Suitsid – bugungi yoshlar o’limida asosiy sabab.
Suitsid 15 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan yoshlarning №2 qotili hisoblanadi. 
Qotil №1 baxtsiz hodisa, shuningdek, narkotikning me’yordan ortiq iste’moli, yo’l 
hodisalari, ko’prikdan va binodan tushib ketish, o’zini zaharlash hisoblanadi. 
Mutaxassislarning fikricha, bunday baxtsiz hodisalarning ko’pi baxtsiz hodisa niqobi 
ostida haqiqatan suitsidga qo’l urilgan. Agar mutaxassislar haq bo’lsa, unda asosiy 
o’smirlarning “qotili” suitsid hisoblanadi. 
Ba’zida o’lim hodisalarida o’limoldi xati qoldirilgan bo’lsa, suitsid, deb tan 
olinadi, odatda, o’lishni xohlovchi xat qoldirmaydi. Ba’zida qasddan o’ldirilgan o’z 
joniga qasd qilish deb hisoblanadi, shuning uchun “suitsid” grafasiga hech qanday 
shubha uyg’otmaydigan voqealar kiradi. 
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’zini halok qilish haqidagi jiddiy fikr har 
beshinchi o’smirda paydo bo’ladi. Yillar o’tgan sayin suitsid “yosharib” bormoqda, 
juda yosh bolalar o’z jonlariga qasd qilishmoqda.
2-muhim ma’lumot. Odatga ko’ra suitsid ogohlantirishsiz sodir bo’lmaydi. 
Ko’pchilik o’smirlar o’z jonlariga qasd qilishdan oldin o’z maqsadlaridan 
ogohlantiradilar: shamali gapiradilar, chigal vaziyatga tushib qolganlarini va o’lim 
haqida o’ylayotganlarini bildiradilar. Hayotni tark etmoqchi ekanliklarini ba’zilar 
atrofdagilar bilan bo’lishmaydilar. Lekin qaysidir do’sti hammasidan xabardor 
bo’ladi.
3-muhim ma’lumot. Suitsidni to’xtatish mumkin. O’smir hayot bilan 
vidolashishga qaror qildimi, uni to’xtatib bo’lmaydi, degan fikr mavjud. Yana 


98 
shunday fikr borki, o’smir birinchi marta o’zini o’ldirolmasa, ikkinchi, uchinchi 
marta toki maqsadiga erishmaguncha suitsidga qo’l uradi. 
Haqiqatan esa, yoshlar o’z jonlariga qasd qilishga bir marta urinadilar. Ulardan 
ko’pchiligi o’zlari uchun xavfni 24 soatdan 72 soatgacha bo’lgan oraliqni tasavvur 
qiladilar. Agarda kimdir ularning rejalarini barbod qilib, yordam bersa, yana qaytadan 
bu ishga qo’l urmaydilar. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling