Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi
Amaliy munosabatlarni taklif qiling
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Suitsidal metodikalar to\'plami
8.Amaliy munosabatlarni taklif qiling. Suitsidentga: “O’ylab ko’r, sening
o’liming yaqinlaringga qanday g’am keltiradi”, deyish o’rniga, undan xayoliga kelmagan puxta alternativ qarorlar o’ylab ko’rishni so’rang. Suitsid profilaktikasining muhim vazifalaridan biri shundaki, ruhiy noxushlik sabablarini aniqlashga yordam berish. Bu qiyin kechishi mumkin, chunki suitsid “rivojlanadigan muhit” maxfiy hisoblanadi. Ayniqsa, munozara uchun sabab bo’ladigan savollar shunday bo’lishi mumkin: “Oxirgi vaqtlarda senga nima bo’ldi?”, “Bunday o’zgarishlardan so’ng sening hayotingda qanday o’zgarishlar ro’y berdi?”, “Qachon sen o’zingni yomon his qilding?”, “Atrofdagilarning qaysi biriga bular tegishli?” Maxfiy ravishda o’z joniga qasd qiluvchining muammolarini chuqurlashmasdan turib mumkin darajada aniqlashga undash lozim. Qizishib turgan odam o’z his-tuyg’ularini uyalmasdan gapirishi zarur, hatto salbiy hislargacha, ya’ni nafrat, o’ch olish kabi. Agar odam o’z tuyg’ularini oshkor qilgisi kelmasa, unda: “ Menimcha, sen juda xafasan” yoki “Menimcha, sen hozir yig’lab yuborasan” kabi javob qaytarishingiz mumkin. Yana shunday deyish mumkin: “Sen baribir bezovtasan. Menga o’z muammolaringni aytsang, seni tushunishga harakat qilardim”. Muhim psixik jarohatlanish vaziyati turmush o’rtog’i yoki bolalari bilan o’zaro aloqa uzilganda ro’y berishi mumkin. Odam hal bo’lmaydigan g’am-tashvish yoki bironta somatik kasalliklardan aziyat chekadi. Shuning uchun uning barcha his- tuyg’ulari va tashvishlariga e’tibor qaratish zarur. Agarda inqirozli vaziyat va tuyg’ular aks etgan bo’lsa, unda ilgari bunday vaziyatni qanday hal qilganini aniqlashtirish kerak. Bu “mavjud muammolarni echish uchun vositalarni baholash” deb nomlanadi. Bunday savollar berish mumkin: “Ilgari senda bunga o’xshash muammolar bo’lganmi?” Ilgari bunday muammoni qanday hal qilganini bilish, ya’ni buni birga hal qilish yagona imkoniyat sanaladi. Bu mavjud mojarolarni hal qilishning uchun ham foydalidir. 94 Odam uchun ijobiy muhim narsani, u yana nimalarni qadrlashini aniqlashga urining. Uning hayotidagi eng yaxshi damlar haqida gap ketganda, undagi jonlanishga, ayniqsa, ko’zidagi o’zgarishlarga e’tibor bering. Uning uchun erishganlarining qaysinisi ahamiyatli? Uni hayajonlantirayotgan odamlar kimlar? Hayotiy vaziyatlar tahlil qilingach, bironta imkoniyat tug’ilmadimikan? Umid uchqunlari paydo bo’lmadimi? Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling