Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


O’z joniga qasd qilish darajasini baholang


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

10.O’z joniga qasd qilish darajasini baholang. O’z joniga qasd qilish 
imkoniyatlari jiddiyligini aniqlashga harakat qiling. Chunki, birdaniga xayolga 
kelgan fikr bilan zaharlanish, yuqoridan o’zini tashlash, o’t ochuvchi qurol yoki 
arqondan foydalanish kabi rejalashtirilgan suitsidning farqi bor. Boshqa omillarni 
ko’rsatish ham muhim, ya’ni spirtli ichimliklar, narkotik iste’moli, emotsional 
buzilishlar darajasi va xulqdagi buzg’unchilik, umidsizlik va nochorlik va boshqalar. 
Rad qilib bo’lmaydigan dalil shundaki, o’z joniga qasd qilish uslubi qanchalik puxta 
ishlab chiqilgan bo’lsa, uning potentsial xavfi shunchalik katta bo’ladi. Vaziyatning 
jiddiyligiga shubha qoldirmaydigan holat, masalan, depressiyaga tushgan o’smir hech 
kimdan bekitmasdan, hech qachon ajralishni istamagan o’zining sevimli 
magnitofonini kimgadir sovg’a qilib yuboradi. Bunday hollarda dori, qurol yoki 
pichoqlarni ko’zdan nari qilish kerak. 
11. Yuqori suitsidal xavfli vaziyatlarda odamni yolg’iz qoldirmang. U bilan 
toki inqiroz o’tmaguncha yoki yordam kelmaguncha ko’proq qoling yoki kimdandir 
iltimos qiling. Balki tez yordamga qo’ng’iroq qilish yoki poliklinikaga murojaat 
qilish kerak bo’lar. Yodda tuting, unga madad bo’lish sizga ma’lum javobgarlikni 
yuklaydi. 
Atrofdagilarning unga g’amxo’rligini ko’rsatish va hayotga intilish hissini 
uyg’otish uchun u bilan suitsidal shartnoma tuzishingiz mumkin. Kelajakda suitsidal 
harakatga qo’l urishidan oldin yana bir marta ikkilanishlarini muhokama qilish 
imkoniyati tug’ilishi uchun sizga ma’lum qilsin. Qanchalik g’ayritabiiy tuyulmasin, 
bunday kelishuv samarali ta’sirga ega. 
12.Mutaxassislardan yordam so’rang. Suitsidentlarning qarashlari tor bo’lib, 
o’ziga xos “tunnel” ongga egalar. Juda og’ir muammolarni qanday hal qilish 
mumkinligini tasavvur ham qilolmaydilar. Birinchi iltimos ularga yordam 


96 
berilishidan iborat. Do’stlarning niyatlari yaxshi bo’lishi mumkin, lekin ularda tajriba 
etishmaydi hamda ular ortiqcha his-tuyg’ularga berilishga moyil bo’ladilar. 
Suitsidal tahdidda psixiatr yoki klinik psixologlarning yordamlariga hech 
qachon etarlicha baho bermasligi mumkin emas. Hozirgi kunda xususiy va davlat 
muassasalari mavjud bo’lib, ular milliy yoki hududiy jamg’armalar tomonidan 
ta’minlanadi va ular juda past narxlarda turli ko’rinishdagi yordamlar ko’rsatadilar. 
O’z bilimlari va qobiliyatlari va psixoterapevtik nufuzlariga tayangan mutaxassislar 
insonning ko’nglida sir saqlangan hissiyotlarini tushunadilar. Psixoterapevtik 
maslahatlar davomida qizishib ketgan odamlar o’z tashvish va xavotirlarini fosh 
qiladilar. Agar depressiyaga uchragan odam hamkorlikni va mutaxassisning 
yordamini xohlamasa, unda yana bir boshqa uslub oilaviy terapiya hisoblanadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling