Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

2-uydirma. O’z joniga qasd qilish haddan tashqari impulsiv holat bo’lib, 
bunday hollarda o’z joniga qasd qiluvchiga yordam berib bo’lmaydi. Lekin, haqiqat 
shundaki, o’z joniga qasd qilish – bu shaxsning hayotda biron noxushlik yoki 
omadsizlikka duch kelishi oqibatida ro’y beradi. Yaqinlarining muammoni hal 
qilishga yordam berishi uni bu yo’ldan qaytaradi. 
3-uydirma. Bola yaqinlarini qo’rqitadi, lekin suitsidga qo’l urmaydi. Haqiqat 
shundaki, o’z joniga qasd qilishga shaylanayotgan bola bir lahzalik jazavaga tushish 
natijasida bunga qo’l uradi. 
4-uydirma. Qutqarib qolingan bola ikkinchi marta suitsidga qo’l urmaydi. 
Haqiqat shundaki, ertami-kechmi yana takrorlanishi mumkin. Suitsidga qo’l urgan 
bola, ko’p hollarda (50% voqealarda) yana takrorlaydi. O’z o’rnida 50% qaytarilgan 
suitsid “muvaffaqiyatli” yakunlanadi. 
5-uydirma. 
Depressiyaga 
moyil 
bolalar 
oldida 
suitsid 
mavzusida 
gaplashmaslik kerak, bunday so’zlashuvlar bolani suitsidga undaydi. Suitsidal 
fikrdagi bolalar o’z o’ylari haqida so’zlashganda ancha engil tortadilar. 


58 
6-uydirma. O’z joniga qasd qilishdan avval bola bu haqda gapiradi, lekin 
atrofidagilar buni hazil, deb qabul qiladilar. Ko’p hollarda, agar jazava suitsidini 
e’tiborga olmaganda, bevosita bola yaqinlarini o’z niyatidan har doim ogohlantiradi. 
7-uydirma. OAV orqali qanday va nima uchun o’z joniga qasd qilish sodir 
bo’lgani haqidagi maqolalar o’z joniga qasd qilish darajasini kamaytirishga yordam 
beradi. OAVda odatdagidek, faqat o’z joniga qasd qilish dalili chop etiladi, bu turli 
yosh guruhidagilarning o’z joniga qasd qilishlarini miqdoriga ta’sir qilmaydi. 
8-uydirma. Spirtli ichimlik iste’moli suitsidal kechinmalarni bartaraf etadi. 
Ammo bu aks ta’sirni beradi, ya’ni xavotirlik oshadi, nizolar keskinlashadi.
9-uydirma. Shunday o’z joniga qasd qilishga moyil odamlar borki, bu ularga 
nasldan o’tadi. Buni hech kim tasdiqlamagan. 
Ma’lumki, bolaning individual psixofiziologik va ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Uning xulqidagi hamma o’zgarishlar to’g’rilanishi 
lozim. Ayniqsa, bolalar qovog’i soliqmi, ta’sirchanmi yo kamgapmi, yoki aksincha
ortiqcha ta’sirchanlik – xavotirlanishga sabab mavjudligini oldindan aytib bo’lmaydi. 
Eng muhimi, ota-onalar o’z bolalarining ruhiy holatidagi muammolarni sezishlari 
bilan yordam so’rab murojaat qilishga qo’rqmasliklari lozim. Ayniqsa, bolani uydan 
ajratish, yana unga “Qaytib kelma” deyish mumkin emas. Bunday “qo’rqinchli 
so’zlar” ota-onalar tomonidan oxirini o’ylamay, ko’p marta aytiladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling