89
SUTSIDIAL XULQ-ATVORNI OLDINI OLISHNING TARBIYAVIY
IMKONIYATLARI
Bolalar va daryo
Daryo bo’ylab ketayotgan yo’lovchi bolalarning nochor ovozlarini eshitib
qolibdi. Qirg’oqqa
yugurib borib, daryoda cho’kayotgan bolalarni ko’rdi va ularni
qutqarishga otlandi. Yaqinlashayotgan odamni ko’rgach, uni ham yordamga chaqirdi.
O’zi esa, qo’liga ilinganlarni qutqara boshladi. Uchinchi yo’lovchini ko’rgach, uni
ham
yordamga chaqira boshlashdi, lekin u e’tibor bermay, qadamini tezlatdi.
“Bolalarning hayoti seni qiziqtirmaydimi?”– so’rashdi qutqaruvchilar. Uchinchi
yo’lovchi shunday javob berdi. “Qarasam ikkalangiz qutqaryapsiz. Men
muyulishgacha yugurib borib, bolalar nimaga daryoga
tushib ketayotganini aniqlab,
buni to’xtatishga harakat qilaman”.
2-hikoyat
Taqdir qo’lida
Nobunaga ismli buyuk yapon jangchisi raqibiga hujum qilishga qaror qildi.
Vaholanki, dushman tomon o’n barobar ko’p edi. U g’alaba qozonishini bilardi, lekin
askarlari shubhalanishardi. Yo’lda bir ziyoratgohda to’xtadi va o’z odamlariga
shunday dedi:
Ziyoratgohni
aylanib chiqqach, tanga tashlayman. Agar burgut chiqsa, biz
g’alaba qozonamiz, panjara tushsa, mag’lub bo’lamiz. Taqdir bizning qo’lidamiz.
Nobunaga ziyoratgohga kirdi va ovoz chiqarmay duo qildi. U ziyoratgohdan
chiqqach, tanga tashladi. Burgut tushdi. Uning askarlari shiddat bilan jang qildilar va
jangda yutib chiqdilar.
Taqdirni hech kim o’zgartira olmaydi, – dedi jangdan so’ng uning xizmatchisi.
Albatta yo’q, –javob berdi Nobunaga va ikki yoqlama burgut surati bo’lgan
tangani ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: