Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi
O’zaro mehribonlik munosabatlarini o’rnating
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Suitsidal metodikalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.E’tiborli tinglovchi bo’ling.
- 5.Bahslashmang.
3. O’zaro mehribonlik munosabatlarini o’rnating. O’z joniga qasd qilish
qandayligi haqidagi bunday jiddiy muammoni har tomonlama qamrab oluvchi javob topish qiyin. Agarda siz tushkunlikka tushgan odamni ishonch bilan qabul qilsangiz, juda katta qadam tashlagan bo’lasiz. Keyin ko’p narsa sizning o’zaro munosabatlaringizga bog’liq. Buni faqat so’zlar bilan aks ettirmang, unga madad bo’ling. Vahimaga tushgan odam o’zini muhokama qilish va boshqa kechinmalardan azob chekish o’rniga o’z hislarini tushunishga harakat qilishi kerak. O’zini keraksiz, hech kimga yoqmaydigan, deb his qiluvchi odam uchun mehribonlik ko’rsatish uni qo’llab-quvvatlovchi vosita hisoblanadi. Aynan shu yo’l bilan o’z qobig’iga o’ralib qolgan odamning qalbiga yo’l ochasiz. 91 4.E’tiborli tinglovchi bo’ling. Suitsidentlar, ayniqsa, begonalashish hislaridan azob chekadilar. Buning natijasida sizning maslahatlaringizni qabul qilish kayfiyatidan yiroqlar. Ular ko’proq o’z dardlarini muhokama qilishga muhtojlar, ularning aytishicha: “Biron narsa uchun yashashga, menda hech narsa yo’q”. Agar odam depressiyadan azob chekayotgan bo’lsa, suhbatlashgandan ko’ra, ko’proq uning o’zi gapirishi kerak. Agarda o’sha odam sizning talab va o’ylaringizga darrov javob bermasa, balki sizda xafagarchilik yoki nafrat uyg’onadi. Uni tushunish kerak, u, ya’ni siz g’amxo’rlik qilayotgan odam suitsidal kayfiyatda, unda hech narsa xohlamaslik, hech kimga kerakmaslik, kuchsizlik hislari ustun bo’lishi tabiiy. Shunga qaramasdan, yodda tuting, bu odamga o’zining bir to’xtamga kelishi qiyin. U darddan qutulishni istaydi, lekin davo topolmayapti. Agarda kimdir sizga o’z joniga qasd qilish haqida o’ylayotganini aytsa, uning gaplarini muhokama qilmang. Imkoniyatga qarab xotirjam va tushunadigandek ko’rining. Unga shunday deyishingiz mumkin: “Sizning ochiqchasiga gapirishingizni hurmat qilaman, axir his-tuyg’ularingiz bilan o’rtoqlashishingiz uchun sizdan mardlik talab qilinadi”. Siz uning so’zlarini, ichki kechinmalarini tinglab, bahosiz yordam ko’rsatgan bo’lasiz. Ba’zida indamay birga yonida o’tirsangiz ham bu sizning qiziqishlaringiz va g’amxo’rligingizdan dalolat beradi. Mutaxassis bo’lmaganlar, xuddi psixologlardek “uchinchi quloq bilan tinglash” san’atini o’zlarida rivojlantirishlari kerak. Bunda o’z fikrini so’zsiz singdiriladi: xulq-atvori, ishtahasi, kayfiyati va mimikasi, harakati, uyquning buzilishi, o’tkir inqirozli holatlarda impulsiv harkatlarga tayyorlik. 5.Bahslashmang. Suitsidal tahdidga duch kelgan do’stlar, qarindoshlar ko’pincha shunday javob beradilar: “O’ylab ko’r, sen boshqalarga qaraganda yaxshi yashayapsan, taqdiringdan nolimasliging kerak”. Bu gaplarni eshitgach, suitsident yanada tushkunlikka tushadi. Qarindoshlarning ko’rsatgan bunday yordami teskari ta’sir qiladi. Ko’pincha, yana boshqa bir tanishning tanbehi quloqqa chalinadi: “Sen oilangga qanday baxtsizlik va isnod keltirayotganingni tushunyapsanmi?” O’z joniga 92 qasd qilishga oid so’zlashuvlarda ishtirok etganingizda hech qachon agressiv bo’lmang, ichki hayajoningizni yuzaga chiqarmaslikka harakat qiling. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling