Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Suitsidal metodikalar to\'plami
9.Umid uyg’oting. Depressiv o’zini xarob qilishga moyillar bilan ishlash jiddiy
va mas’uliyatli hisoblanadi. Psixoterapevtlarning xulosalariga ko’ra, ular nimalarni gapirishayotgani va his qilishlarini aniqlash muhimdir. Ichki kechinmalar yuzaga chiqqach, kulfatlar taqdirga bitilgandek yoki hal qilish mumkindek tuyuladi. Qiynalib xavotirga tushgan odam shunday fikrga kelishi mumkin: “Bu vaziyatdan qanday chiqish yo’lini bilmayapman. Lekin hozir mening qiyinchiliklarim ayon bo’lgach, qandaydir umid uchqunlari bordek ko’rinyapti”. Kelajakka umid yo’qligi o’z joniga qasd qiluvchining qoldirgan xatida aks etadi. Agar odam oxirgi umidini ham yo’qotsa, yaqinlari umid yo’qligini tasdiqlashsa, u o’zini xarob qiladi. Kimdir buni oqilona fahmlaydi: “Umid qilayotgan odamlar ustidan kulamiz, umidini yo’qotganlarni kasalxonalarga jo’natamiz”. Nima bo’lganda ham, umid voqelikdan paydo bo’ladi. Qachonki hammasi yaxshi bo’lishi mumkin bo’lmasa, “Xavotirlanma, hammasi yaxshi bo’ladi”, deyishdan ma’no yo’q. Umid quruq taskinlardan iborat bo’lmasligi kerak. Umid istak va erishish mavjud layoqatdan kelib chiqadi. O’lgan sevimli kishisini qanchalik umid qilmasin, qanchalik zorlanmasin qaytarib bo’lmaydi. Lekin uning yaqinlari uchun yangicha hayotiy tushunchalarni ochib berishlari mumkin. Umid asosli bo’lishi kerak: Kema xarsangtoshga borib urilsa, yaqin qirg’oqqacha suzib borish o’rtasida farq bor. Agarda odam kelajakka umidini yo’qotsa, unga madad beruvchi maslahatlar va takliflarga muhtoj bo’ladi. “Vaziyatni qanday o’zgartirishing mumkin?”, “Kimga yordam so’rab murojaat qilishing mumkin?”. Modomiki, suitsidal shaxs ichki emotsional noxushliklardan azob chekayotgan bo’lsa, atrofidagilar unga qayg’uli qo’rinadi. Ularga hislarning bir joyda turib qolishidan ma’no yo’qligini ochish muhim. Inson sevishi mumkin, ba’zida esa, ochiqchasiga nafratni his qiladi; ruhiy 95 zarbalar olib kelsa ham yashashdan ma’no yo’qolmaydi. Inson mavjudligida qorong’ilik va yorug’lik, quvonch va qayg’u, baxt va azob to’r iplar bilan inson vujudiga ajralmas bo’lib singadi. Eng muhimi, inson kuch va imkoniyatlarini mustahkamlab, unga inqirozli muammolar, odatda, o’tkinchi ekanligi, o’z joniga qasd qilish uzil-kesilligini singdirish kerak. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling