102
Ana endi tasavvur qil, do’stlaringdan bittasi senga sirlarini aytdi – masalan,
o’zini o’ldirmoqchi ekanligini.
Agar u senga ishonmaganda, sen bilan sirlarini
o’rtoqlashmagan bo’lardi. Do’stingni
senga aytishidan maqsad, aynan o’lishni
xohlamaganligidandir. U senga ishongani uchun murojaat qilgan: uni faqat sen
tushunasan.
Ota-onalar nimalarni ko’rishlari mumkin – birinchi o’rinda
kayfiyat,
ovqatlanish, uyqu, o’z tashqi ko’rinishiga munosabatning o’zgarishi, yolg’izlanish,
o’lim mavzusiga qiziqish (shu mavzuda uyda adabiyotlarning paydo bo’lishi,
internetdagi yozishuvlar), to’garaklarga, maktabga (shuningdek, sayrlarga) borishni
istamaslik, sog’liqning jiddiy o’zgarishi (tez-tez shamollash, bosh og’rig’i).
Pedagoglar nimani ko’rishadi – tashqi ko’rinishdagi o’zgarish,
doimiy va
sinfdan tashqaridagi faoliyatda yakkalanib qolish,
qobiliyatining pasayishi, maktab
anjomlarini ayamasdan munosabatda bo’lish (ilgari boshqacha bo’lgan),
tez-tez
sayrga chiqish (belgilangan darslarga qatnashmaslik), keskin va bekordan-bekorga
tutaqib ketish, yolg’izlik, inqirozga oid erkin mavzudagi
insholar yoki gumanitar
yo’nalishdagi darslarda mulohaza yuritish va boshqalar.
Tengdoshlari nimani ko’rishadi – yolg’izlanish, kayfiyatning birdan tushib
ketishi,
yuqori agressivlik, autoagressiya, tashqi ko’rinishdagi o’zgarish, o’lim
mavzusiga qiziqish, ma’yuslik, qiziqishlarning o’zgarishi va boshqalar.
Yuqorida aytib o’tilganlardan tashqari o’smirning kundaligi, insholari, she’rlari
internetdagi jonli jurnal ma’lumotlar manbai bo’lishi mumkin.