9-muhim ma’lumot. Suitsidal o’smirlar o’z muammolarini jiddiy deb
hisoblaydilar. Hamma odamlar bir xil vaziyatga, bir xil muammoga boshqa-boshqa
qaraydilar. Ba’zilarga arzimasdek tuyulsa, ba’zilarga dunyo ostin-ustun bo’lgandek.
Balki qo’shilarsan, bolalar va kattalar ko’pincha hayotga boshqa-boshqa
qaraydilar. Sen uchun dahshatli narsa, ular uchun arzimas va, aksincha. Sen eng
yaxshi do’sting bilan urishib qolganing uchun kayfiyating bo’lmasa, ota-onang
“Nima bo’libdi? U siz ham do’stlaring etarli” deyishadi. Hayotga nafaqat ota-onalar
va bolalar, balki eng yaqin do’stlar ham turli qarashlarga egalar: sen uchun zo’r narsa,
do’sting uchun yomon, boshqalar uchun o’rtacha bo’lib tuyulishi mumkin.
10-muhim ma’lumot. Suitsid – bitta emas, ko’p noxushliklar natijasi. Sen
“Sabr-kosani to’ldirgan, oxirgi tomchi” degan iborani eshitganmisan? Suitsidga olib
keluvchi sabab tomchilab sabr-kosani to’ldirishdir. Har bir tomchi hech narsa emas,
ikkitalab tomchi, o’ntalab tomchi hech qachon kosani liq to’ldirmaydi. Tasavvur
qilgin, tomchilar o’nta, yuzta emas, minglab. Qachondir sabr kosasi to’ladi.
Odatda, bittagina noxushlik uchun o’z joniga qasd qilmaydi. Ko’pchilik bitta
omadsizlik uchun emas, balki bir qator omadsizliklar uchun hayotdan voz kechadilar.
11-muhim ma’lumot. Har bir odam o’z joniga qasd qilishi mumkin.
Agarda ma’lum o’smirlar suitsidga qo’l ursalar, suitsidni to’xtatish mumkin.
Afsuski, “suitsid xavfli o’smir” tipini belgilashning iloji yo’q.
Suitsidal kayfiyatdagi boy oilalardan bo’lgan o’smirlar, muhtoj oilalardagi
o’smirlardan kam emas. Nafaqat yomon o’qiydigan, hech kim bilan chiqishmaydigan
o’smirlar, balki maktabda ham, uyda ham muammosi yo’q yoshlar ham suitsidga qo’l
urishadi. Bir qaraganda, dugonangizga suitsid tahdid solmagandek, chunki uning
hamma narsasi bor: pul, mashina, do’stlar, yangi urfdagi “latta-puttalar”. Lekin
farovonlik umuman, suitsiddan kafolat bera olmaydi. Muhimi, do’stlaring nima
deyayotgani va nima qilayotgani, ularning qancha puli bor, nimani his qilayotgani
emas.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |